Narkabulova Nargiza Chorshammievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi texnik uzum nav-namunalarini tanlash va birlamchi sharobchilik texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T344.
Ilmiy rahbar: Radjabov Abduraxmon, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jamshed Madjidovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaraxmetova Dilbar Toxtamuratovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «O‘zsharobsanoat» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uzumning yangi sharobbop texnik nav namunalarini tanlash va ular asosida birlamchi sharobmaterial ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda uzumning yangi texnik nav namunalari g‘ujumining mexanik va kimyoviy tarkibi aniqlangan;
uzumning yangi texnik nav namunalari g‘ujumi va po‘stidagi organik kislotalar va biologik faol moddalarning sifat tarkibi aniqlangan;
xomashyoga sharobmaterial sifatini yaxshilash va oqim sharbati chiqishini ko‘paytirish imkonini beruvchi elektrofizik ishlov berish usuli ishlab chiqilgan;
impul`s ishlovberish jarayoni parametrlari va sharobbop xomashyoning shikastlanish darajasi va uni yuzaga keltiruvchi omillar orasidagi funksional bog‘liqlikni grafik va analitik ifodasi asoslangan;
uzumning mahalliy texnik navlari asosida yangi yorqin pushti sharob turi olish texnologik jarayoni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uzumning mahalliy yangi texnik nav namunalariga asoslangan birlamchi sharobmaterial ishlab chiqarish texnologiyasi samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yaratilgan yangi uzumning texnik «Gavhar» va «Istiqlol» navlari O‘zbekiston Respublikasi hududida etishtirish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reestriga istiqbolli texnik nav sifatida kiritilgan («O‘zsharobsanoat» AJning 2018 yil 5 sentyabrdagi TU-02-09-1/2707-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navlar sifatli sharob olish imkonini bergan;
mezgaga elektroimpul`s ta’sir ko‘rsatish usuli «MEHNAT AGROFIRMASI» OAJ korxonasi birlamchi sharobchilik punktida amaliyotga joriy etilgan («O‘zsharobsanoat» AJning 2018 yil 5 sentyabrdagi TU-02-09-1/2707-son ma’lumotnomasi). Natijada 1tonna ishlov berilgan mezgadan xomashyo navlariga bog‘liq ravishda 3% qo‘shimcha oqim sharbat olish imkonini bergan;
uzumning yangi texnik navidan foydalanilgan holda sharob ishlab chiqarish texnologiyasi «MEHNAT AGROFIRMASI» OAJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O‘zsharobsanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 5 sentyabrdagi TU-02-09-1/2707-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik faol moddalarga boy yangi «COMPLIMENT» sharobini ishlab chiqarish imkonini bergan.