Ortiqov Umirillo Mamadiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o‘lkasining Ettisuv viloyatiga aholinini ko‘chirish siyosati va uning oqibatlar (XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asr boshlari)” 07.00.01– O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1035.
Ilmiy rahbar: G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Urakov Dilshodbek Jamoliddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Xolikova Raxbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning maqsadi: Rossiya imperiyasining Ettisuv viloyatiga aholini ko‘chirish siyosati mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Rossiya imperiyasining harbiy-ma’muriy boshqaruv tizimi doirasida XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Ettisuv viloyatiga aholini ko‘chirish siyosati nafaqat demografik muvozanatni o‘zgartirish, hududda sanoat obektlari, zavod-fabrikalar qurish, kambag‘al qatlamni mehnat bilan band qilishning kompleks maqsadlariga xizmat qilganligi, imperiya markaziy hokimiyatining iqtisodiy siyosati va mintaqaviy boshqaruv strategiyasi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib berilgan;
Ettisuv viloyatini mustamlakaga aylantirish jarayonida ko‘chirish siyosati Rossiya imperiyasi uchun strategik vosita bo‘lib, mintaqaning demografik tarkibini o‘zgartirish, iqtisodiy resurslar ustidan nazoratni kuchaytirish va mahalliy aholining siyosiy-iqtisodiy faolligini cheklashda muhim rol o‘ynaganligi, mazkur siyosat ijtimoiy ziddiyatlarni kuchaytirib, viloyatdagi madaniy hamda iqtisodiy muvozanatning izdan chiqishiga olib kelganligi isbotlangan;
Imperiya hukumati tomonidan XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Ettisuv viloyatiga ko‘chirilgan aholi viloyatning ijtimoiy tuzilmasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi, ularning hududga rejasiz faqat mustamlakachilik maqsadlarda joylashtirilishi natijasida mahalliy aholi bilan ijtimoiy-iqtisodiy raqobat kuchayganligi, viloyatda resurslar taqsimotida nomutanosiblik yuzaga kelganligi ijtimoiy barqarorlikka tahdid tug‘dirganligi asoslangan;
Turkiston o‘lkasi hududini ma’muriy-hududiy jihatdan qayta taqsimlash choralari Ettisuv viloyatida strategik ahamiyatga ega bo‘lib, bunda aholini viloyatga ko‘chirish jarayonlari tizimli ravishda amalga oshirilgan imperiya rasmiy ish yuritish hujjatlarida bayon etilgan sivilizatsiya tarqatish uchun amalga oshirilgan ko‘chirish siyosati amalda mahalliy aholini itoatda saqlab turishga qaratilgan mustabid boshqaruvini mustahkamlashga xizmat qilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rossiya imperiyasi tomonidan Ettisuv viloyatida olib borilgan aholini ko‘chirish siyosati mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Rossiya imperiyasining harbiy-ma’muriy boshqaruv tizimi doirasida XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Ettisuv viloyatiga aholini ko‘chirish siyosati nafaqat demografik muvozanatni o‘zgartirish, balki hududda sanoat obektlari, xususan, zavod-fabrikalar qurish, kambag‘al qatlamni mehnat bilan band qilishning kompleks maqsadlariga xizmat qilganligi, imperiya markaziy hokimiyatining iqtisodiy siyosati va mintaqaviy boshqaruv strategiyasi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik bo‘lganligiga oid ilmiy natijalardan O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023-yil 22-mayda efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 29-maydagi 06-30-837 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar keng jamoatchilikka Turkiston o‘lkasining Ettisuv viloyati aholisining ijtimoiy va milliy tarkibi hamda mustamlaka milliy siyosat mohiyatiga oid ma’lumotlarni etkazishga xizmat qilgan;
Ettisuv viloyatini mustamlakaga aylantirish jarayonida ko‘chirish siyosati Rossiya imperiyasi uchun strategik vosita bo‘lib, mintaqaning demografik tarkibini o‘zgartirish, iqtisodiy resurslar ustidan nazoratni kuchaytirish va mahalliy aholining siyosiy-iqtisodiy faolligini cheklashda muhim rol o‘ynaganligi, mazkur siyosat ijtimoiy ziddiyatlarni kuchaytirib, viloyatdagi madaniy hamda iqtisodiy muvozanatning izdan chiqishiga olib kelganligi haqidagi ilmiy natijalardan O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023-yil 22-mayda efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 29-maydagi 06-30-837 sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy natijalar keng jamoatchilikka Turkiston o‘lkasining Ettisuv viloyati aholisining demografik holati va aholining etnik munosabatlari tarixga doir ma’lumotlarni etkazishga xizmat qilgan;
Imperiya hukumati tomonidan XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Ettisuv viloyatiga ko‘chirilgan aholi viloyatning ijtimoiy tuzilmasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi, ularning hududga rejasiz faqat mustamlakachilik maqsadlarda joylashtirilishi natijasida mahalliy aholi bilan ijtimoiy-iqtisodiy raqobat kuchayganligi, viloyatda resurslar taqsimotida nomutanosiblik yuzaga kelganligi va bu ijtimoiy barqarorlikka tahdid tug‘dirganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi fondini boyitishda, jumladan, Samarqand davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ekspozisiyasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2023-yil 29-maydagi 142-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosalar Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi bo‘limi ma’lumotlarini to‘ldirishga xizmat qilgan;
Turkiston o‘lkasi hududini ma’muriy-hududiy jihatdan qayta taqsimlash choralari Ettisuv viloyatida strategik ahamiyatga ega bo‘lib, bunda aholini viloyatga ko‘chirish jarayonlari tizimli ravishda amalga oshirilgan imperiya rasmiy ish yuritish hujjatlarida bayon etilgan sivilizatsiya tarqatish uchun amalga oshirilgan ko‘chirish siyosati amalda mahalliy aholini itoatda saqlab turishga qaratilgan mustabid boshqaruvini mustahkamlashga xizmat qilganligi haqidagi ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi fondini boyitishda, jumladan, Samarqand davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ekspozisiyasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2023-yil 29-maydagi 142-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosalar Ettisuv viloyatiga aholini ko‘chirish siyosati, imperiya hukumatining mustamlakachilik siyosatini mustahkamlashga qaratilganligi haqidagi ma’lumotlarining to‘ldirilishiga xizmat qilgan.