Raximova Sitora Xikmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Semizlikning morbid turida metabolik jarrohlikning jigar holatiga ta’siri” 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3013.
Ilmiy rahbar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Alieva Anna Valerevna, tibbiyot fanlari doktori; Karimov Mirvosit Mirvosikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: semizlikning morbid turi bo‘lgan bemorlarda bariatrik jarrohlik aralashuvlarining jigar holatiga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tana vazni indeksi va vaznning maksimal pasayishi slivrezeksiya va gastroshuntlash jarrohlik amaliyotlaridan keyingi dastlabki 6 oy ichida mos ravishda 36,7% va 37,4% ga, keyingi muddatlarda TVI operatsiyadan keyingi oldingi davrga nisbatan 2 baravarga pasayishi hamda gastroshuntlashda TVI kamaishi barqaror bo‘lib, operatsiyadan bir va 2 yildan keyin ham kuzatilganligi asoslangan;
Fib 4 ko‘rsatkichini hisoblash va jigarni fibroskanirlash jigar fibrozi va NAYoJKning yanada aniqroq ko‘rinishini aks ettirishi, semizlik va NAYoJK bilan og‘rigan bemorlarda bariatrik operatsiyalarni o‘tkazish 12 oydan keyin jigarning holatini sezilarli yaxshilanishiga olib kelishi hamda jigar fibrozi va steatozi ko‘rsatkichlari jarrohlik amaliyotidan oldingi ko‘rsatkichlarga nisbatan sezilarli darajada kamayishi isbotlangan;
morbid semizlikni davolashda bariatrik operatsiyalarni o‘tkazishda turli xil jarrohlik aralashuvlarida (slivrezeksiya, gastroshuntlash) tana vazni va TVI ishonchli pasayishi va jigar holatini yaxshilanishiga erishish mumkinligi aniqlangan;
o‘tkazilgan bariatrik jarrohliklarning (slivrezeksiya, gastroshuntlash) turidan qat’i nazar, lipoproteidlarning aterogen fraksiyalari va aterogen koeffisientining pasayishi, lipoproteinlarning antiaterogen fraksiyalarining oshishi hamda leptin va adiponektin ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Semizlikning morbid turida metabolik jarrohlikning jigar holati o‘zgarishlarini baholash va davolash samaradorligi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tana vazni indeksi va vaznning maksimal pasayishi slivrezeksiya va gastroshuntlash jarrohlik amaliyotlaridan keyingi dastlabki 6 oy ichida mos ravishda 36,7% va 37,4% ga, keyingi muddatlarda TVI operatsiyadan keyingi oldingi davrga nisbatan 2 baravarga pasayishi hamda gastroshuntlashda TVI kamaishi barqaror bo‘lib, operatsiyadan bir va 2 yildan keyin ham kuzatilgaligi RIEIATM Qashqadaryo filiali klinikasi 05.07.2024 yildagi 121-T-sonli hamda Buxoro viloyati endokrinologiya dispanseri 05.07.2024 yildagi 96-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: morbid semizlikni davolashda bariatrik jarrohlik amaliyotidan so‘ng tana vazni va tana massasi indeksini pasaytirish erta nogironlik va o‘limga sabab bo‘lgan jigar fibrozi va sirrozi rivojlanishining oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: semizlik bilan og‘rigan bemorlarni qayta kasalxonaga yotqizish xavfini o‘z vaqtida aniqlash vazn yo‘qotadigan dori vositalariga sarflanadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi. Xulosa: gastroshuntlash amaliyotidan keyin samarali vazn yo‘qotish 1 va 2 yil ichida barqaror bo‘lib qoladi, bu steatogepatit, jigar sirrozi va gepatotsellyulyar karsinoma kabi asoratlarni rivojlanish ehtimolini kamaytirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Fib 4 ko‘rsatkichini hisoblash va jigarni fibroskanirlash jigar fibrozi va NAYoJKning yanada aniqroq ko‘rinishini aks ettirishi, semizlik va NAYoJK bilan og‘rigan bemorlarda bariatrik operatsiyalarni o‘tkazish 12 oydan keyin jigarning holatini sezilarli yaxshilanishiga olib kelishi hamda jigar fibrozi va steatozi ko‘rsatkichlari jarrohlik amaliyotidan oldingi ko‘rsatkichlarga nisbatan sezilarli darajada kamayishi isbotlanganligi RIEIATM Qashqadaryo filiali klinikasi 05.07.2024 yildagi 121-T-sonli hamda Buxoro viloyati endokrinologiya dispanseri 05.07.2024 yildagi 96-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Fib 4 ni hisoblash asosida NAYoJK ni erta tashxislash va jigarni fibroskanerlash yordamida amalga oshiriladigan fibroz bosqichini aniqlash bilan jigarni batafsil o‘rganish NAYoJK ni o‘z vaqtida davolash va siroz rivojlanishining oldini olish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, semizlik bilan og‘rigan bemorlarga oyiga o‘rtacha vazn yo‘qotadigan dori vositalariga sarflanadigan 180 ming so‘mni tejash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: semizlik va 2-toifa qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda gastroshuntlash amaliyoti tejamkorligi har bir bemor uchun 166 ming so‘mni tashkil etgan. Xulosa: Fib 4 ni hisoblash NAYoJK ni o‘z vaqtida tashxislash va jigarni to‘liqroq o‘rganish, fibrozning bosqichini erta aniqlash hamda jigarni fibroskanerlash yordamida NAYoJK ni o‘z vaqtida davolash va siroz rivojlanishining oldini olish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: morbid semizlikni davolashda bariatrik operatsiyalarni o‘tkazishda turli xil jarrohlik aralashuvlarida (slivrezeksiya, gastroshuntlash) tana vazni va TVI ishonchli pasayishi va jigar holatini yaxshilanishiga erishish mumkinligi aniqlanganligi RIEIATM Qashqadaryo filiali klinikasi 05.07.2024 yildagi 121-T-sonli hamda Buxoro viloyati endokrinologiya dispanseri 05.07.2024 yildagi 96-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bariatrik jarrohlikdan so‘ng ishonchli vazn yo‘qotish jigar holatini yaxshilashga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida asoratlarning rivojlanishiga va jigar patologiyasining o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: bariatrik aralashuvlarni o‘tkazgan semizligi bor NAYoJK bilan og‘rigan bemorlarda bariatrik jarrohlik paytida vazn yo‘qotish jigar holatining sezilarli yaxshilanishiga olib keldi; operatsiyadan keyingi 12 oydan so‘ng, jigar fibrozi va steatoz ko‘rsatkichlari operatsiyadan oldingi ko‘rsatkichlarga nisbatan sezilarli darajada kamaydi. Bu, o‘z navbatida, morbid semizlik bilan og‘rigan bemorlarga oyiga o‘rtacha 180 ming so‘m vazn yo‘qotadigan dori vositalarini tejash imkonini bergan. Xulosa: bariatrik jarrohlik ishonchli vazn yo‘qotish imkonini beradi, bu jigarning funksional holatini yaxshilashga yordam bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan bariatrik jarrohliklarning (slivrezeksiya, gastroshuntlash) turidan qat’i nazar, lipoproteidlarning aterogen fraksiyalari va aterogen koeffisientining pasayishi, lipoproteinlarning antiaterogen fraksiyalarining oshishi hamda leptin va adiponektin ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi aniqlanganligi RIEIATM Qashqadaryo filiali klinikasi 05.07.2024 yildagi 121-T-sonli hamda Buxoro viloyati endokrinologiya dispanseri 05.07.2024 yildagi 96-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 3-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: morbid semizlikni davolashda bariatrik jarrohlikdan so‘ng leptin va adiponektin kabi gormonal ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi TVIning pasayishiga olib keladi, to‘yinganlik hissi kuchayadi va adeponektin to‘qimalarning insulinga sezgirligini oshiradi, bu ham qandli diabetning kechishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va bilvosita ateroskleroz xavfini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: morbid semizlik bilan og‘rigan bemorlarga vazn yo‘qotish va qandli diabet kasalligini davolash uchun dori-darmonlarni har oyda o‘rtacha 350 ming so‘m tejash imkonini beradi. Semizlik va 2-toifa qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda gastroshuntlash amaliyotining tejamkorligi har bir bemor uchun 175 ming so‘mni tejas imkonini bergan. Xulosa: bariatrik jarrohlik qandli diabetning kechishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi va lipid profilini yaxshilaydi, aterogen lipid fraksiyalarini kamaytirishga imkon bergan.