Yulchiev Karimjon Salimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda ko‘krak qafasi kilsimon deformatsiyasining xirurgik korreksiyalash samaradorligini oshirish», 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2017.1.PhD/Tib143.
Ilmiy maslahatchi: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Axparov Nurlan Nurkinovich, tibbiyot fanlari doktori; Xamraev Abdurashid Djurakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘krak qafasi kilsimon deformatsiyasi bilan bolalarda deformatsiya turiga ko‘ra xirurgik korreksiyaning kam invaziv usullarini ishlab chiqish va qo‘llash yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar yoshi, jinsi va antropometrik ma’lumotlariga bog‘liq holda ko‘krak qafasi kilsimon deformatsiyasining turli shakllari rivojlanishi va jadallashuv xususiyatlari aniqlashtirilgan;
ko‘krak qafasi kilsimon deformatsiyalari aniqlangan bolalarda markaziy gemodinamik va funksional kardioko‘rsatkichlarning elektrofiziologik va rentgenologik mezonlari belgilangan;
ko‘krak qafasi kilsimon deformatsiyalarining turli ko‘rinishlari aniqlangan bolalarda jarohatlanish darajasini kamaytirish va jismoniy faollikni tez tiklash maqsadida torakoplastikaning kam invaziv va rekonstruktiv usuli ishlab chiqilgan;
to‘sh orti boylamini to‘sh orti yuzasining 1/3 qismiga tikish va fiksatsiyalash orqali qisqartirish operatsiyadan keyingi uzoq muddatlarda residivlanish extimolini oldini olishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ko‘krak qafasi kilsimon deformatsiyasi bo‘lgan bolalarni davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ko‘krak qafasi kilsimon deformatsiyasi aniqlangan bolalarda torakoplastika usuli» va «Ko‘krak qafasi kilsimon deformatsiyasi bor bolalarning yurakdagi kichik anomaliyalarni aniqlashda elektrofiziologik usullarning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomalar tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 maydagi 8N-d/132-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan tavsiyalar KQKD ni xirurgik davolash sifatini yaxshilash, operatsiyadan keyin tiklanish muddatlarini qisqartirish imkonini bergan;
KQKD bilan bemor bolalarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqotning olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Andijon va Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari jarroxlik bo‘limlari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 maydagi 8N-d/132-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalari asosida KQKD aniqlangan bolalalarga ixtisoslashgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘lami sezilarli darajada kengaygan, shuningdek asoratlanish ko‘rsatkichlarini 23,2% dan 2,52% gacha kamaytirishga erishilgan. Taklif qilingan usulning qo‘llanilishi kasallikni residivlanish darajasining kamayishi, shuningdek ijobiy funksional va estetik natijalar evaziga bolalarning xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.