Dehqanova Muborak G‘ieziddin qizining
Falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Individual ta’lim sharoitida bo‘lajak maxsus pedagoglarni logopedik mashg‘ulotlarni modellashtirishga tayyorlash metodikasi”, 13.00.03 -Maxsus pedagogika.  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8863
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Achilova Sevara Djatsirkulovna, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti,  PhD.03/27.09.2024.Ped.82.05.. 
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Arslanova Madina Mansurovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi individual ta’lim sharoitida bo‘lajak maxsus pedagoglarni logopedik mashg‘ulotlarni modellashtirishga tayyorlash  metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
individual ta’lim sharoitida bo‘lajak maxsus pedagoglarni logopedik mashg‘ulotlarni modellashtirishga tayyorlash metodikasining pedagogik imkoniyatlari akademik bo‘shliqlarni tezkor diagnostika qilishning validlik, muntazamlilik tamoyillarini o‘quv muhitini faollashtiruvchi ergonomik talablar bilan uyg‘un integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan; 
talabalarni korreksion mashg‘ulotlarni modellashtirishga tayyorlashning metodik modeli nutq nuqsonining klinik-pedagogik tavsifini ochib berishga yo‘naltirilgan fonetik-korreksion ta’sirni aniqlash, lug‘at monitoringi bo‘yicha metodik bosqichlarda  determinizm tamoyilining funksional imkoniyatlarini pedagogik korreksiyalash talablariga mos izchil adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan;  
korreksion mashg‘ulotlarni modellashtirishga o‘rgatish texnologiyalari talabalarning o‘zlashtirish xususiyatlariga ko‘ra differensiyalanuvchi dedlayn topshiriqlarni ta’lim sub’etlari o‘zaro hamkorlik qirralarini hisobga olgan holda shakllantirish hamda  leksik-vizual izohli kontekstda qisqa intervalli monitoring qilishga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
talabalarni individual ta’lim paradigmalari asosida korreksion mashg‘ulotlarni modellashtirishga tayyorlashning didaktik ta’minoti diagnostika, korreksiya, avtomatizatsiya va differensiatsiya mashqlari mazmuniga mantiqiy-faollashtiruvchi elementlarini kiritish hamda real nutqiy muhit va muloqot jarayonida refleksiv, metodik va psixologik mezonlarga transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Maxsus pedagogika yo‘nalishi talabalarini korreksion mashg‘ulotlarni modellashtirishga tayyorlash  bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
    maxsus pedagogika yo‘nalishi talabalarini korreksion mashg‘ulotlarni modellashtirishga tayyorlashda individual ta’limning pedagogik-psixologik imkoniyatlari talabalarda akademik bo‘shliqlarni tezkor diagnostika qilishning validlik, muntazamlilik tamoyillarini o‘quv muhitini faollashtiruvchi ergonomik talablar bilan integratsiyasini barqaror ta’minlashga oid tavsiyalar “Logopedik texnologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 27 martdagi 68-son buyrug‘i asosida tasdiqlangan 68-771 raqamli guvohnoma). Natijada talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
     talabalarni korreksion mashg‘ulotlarni modellashtirishga tayyorlashning metodik modeli nutq nuqsonining klinik-pedagogik tavsifiga mos metodik bosqichlarda  fonetik-korreksion ta’sirni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar ustuvorligida adaptivlashtirishga oid tavsiyalari “Tiflosharhlash metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4-martdagi 68-son buyrug‘i asosida tasdiqlangan 55340-raqamli guvohnoma). Natijada talabalarni turli toifadagi nogironligi bo‘lgan bolalar nutqi ustida ishlashga tayyorlashning adaptiv metodlari takomillashtirilgan  va oliy ta’lim amaliyotiga joriy etilgan;
     korreksion mashg‘ulotlarni modellashtirishga o‘rgatish texnologiyalari talabalarning o‘zlashtirish xususiyatlariga ko‘ra differensiyallanuvchi dedlayn topshiriqlarini leksik-vizual muhitda moslashuvchan kontekstda qo‘llashga oid tavsiyalari “Daktilologiya va imo-ishora o‘rgatish metodikasi”   nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (2023 yil 27 martdagi  68-son buyrug‘i asosida tasdiqlangan 68-776 raqamli guvohnoma). Natijada talabalarning kasbiy rivojlanishini individual yondashuvlar asosida ta’minlashning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish