Umarov Abdumannon Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Talabalarda mustaqil ta’limni tashkil etishda multimedia vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (AKT sohasida kasb ta’limi yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha, (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2123.
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Mattiev Ilhom Begmatdulobovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarining mustaqil ta’limida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va ta’lim samaradorligini oshirish uchun multimedia vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’limda talabalar mustaqil ta’limini multimedia vositalarida tashkil etishning tizimli yondashuviga kognituv yuklama, dual kodlash, ta’limning generativ va ijtimoiy ta’lim nazariyalarini didaktik umumlashtirish asosida ustuvorlik berish orqali multimediali kontent platformalarini yaratish usuli takomillashtirilgan;
talabalarda multimedia vositalaridan foydalanishning motivatsion va refleksiv kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik jarayon modeli nazariy bashoratlash imkonini beruvchi maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan komponentlar uyg‘unligini “Ilmiy ta’lim” fanidan mustaqil ta’limni multimedia-kvest (M-kvest) va loyiha metodikalari asosida tashkil etish orqali takomillashtirilgan;
aralash ta’lim muhitida multimedia vositalaridan samarali foydalanish orqali talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning takomillashtirilgan metodikasi tarkibida raqamli kontentni samarali loyihalashga yo‘naltirilgan “talaba–pedagog–texnologiya”, “talaba–pedagog–kontent” va “talaba–instruktor–kontent” modellariga asoslangan metodik yondashuvlar ishlab chiqilgan;
oliy ta’limda mustaqil ta’limni sinxron, asinxron, aralash tashkil etish orqali talabalarda kasbiy kompetensiyalarni tiklanish, rivojlanish, tadqiq etish darajalarda shakllanganligining motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv baholash mezonlari www.eself-study.uz multimediali elektron web-kontent yaratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Talabalarda mustaqil ta’limini tashkil etishda multimedia vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (AKT sohasida kasb ta’limi yo‘nalishi misolida)” bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’limda talabalar mustaqil ta’limini multimedia vositalarida tashkil etishning tizimli yondashuviga kognituv yuklama, dual kodlash, ta’limning generativ va ijtimoiy ta’lim nazariyalarini didaktik umumlashtirish asosida ustuvorlik berish orqali multimediali kontent platformalarini yaratish usuli kabi ilg‘or pedagogik loyihalash modellaridan foydalanishga oid takliflardan A-1-057 “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini modulli o‘qitishga pedagoglarni kompetentli tayyorlashning psixologik-pedagogik asoslari” (TATU va uning Samarqand fillialida bakalavr va magistrlar tayyorlash bazasida) nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiylari universiteti Samarqand filialining 2023 yil 17-apreldagi 230/01-01 sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimi takomillashtirilib, o‘qitish samaradorligini oshishiga erishilgan;
talabalarda multimedia vositalaridan foydalanishning motivatsion va refleksiv kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik jarayon modeli nazariy bashoratlash imkonini beruvchi maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan komponentlar uyg‘unligini “Ilmiy ta’lim” fanidan mustaqil ta’limni multimedia-kvest (M-kvest) va loyiha metodikalari asosida tashkil etishga oid takliflar “Ilmiy ta’lim” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i asosidagi №696742 nashr ruxsatnomasi). Natijada, ilmiy ta’lim o‘quv kursining imitatsion modellariga ustuvorlik berish asosida o‘qitish metodlari va texnologiyalarini aniqlashga erishilgan;
ishlab chiqilgan “talaba–pedagog–texnologiya”, “talaba–pedagog–kontent” va “talaba–instruktor–kontent” modellariga asoslangan metodik yondashuvlar multimedia vositalarini ta’lim jarayoniga integratsiyalash, raqamli kontentni samarali loyihalash va interaktiv ta’lim materiallarining yaratishga oid yondashuvlari “Ilmiy ta’lim fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv qo‘llanma” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i asosida №438524 nashr ruxsatnomasi) Natijada talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishda multimedia texnologiyalaridan samarali foydalanishninig metodik imkoniyatlari kengaytirilgan hamda talabalarning interaktiv, kreativ va reflksiv kompetensiyalari rivojlangan.