Kamilov Oybek Hamidjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston Respublikasining migratsiya sohasidagi xalqaro-huquqiy hamkorligi” 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Yu1602.
Ilmiy rahbar: Umarxanova Dildora Sharipxanovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04.
Rasmiy opponentlar: Isoqov Luqmonjon Xolboevich, yuridik fanlar doktori, professor; Raximova Muattara Abdusattarovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining migratsiya sohasidagi xalqaro-huquqiy hamkorligiga doir masalalarni o‘rganish, mavjud muammolarni tahlil qilish va ularning echimiga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Migratsiya jarayonlarida davlatlar o‘rtasida o‘zaro ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Migratsiya agentligining vakillik instituti joriy qilish lozimligi asoslantirilgan;
mamlakatda migratsiya siyosatini amalga oshirishda va bu sohani raqamlashtirish va davlat boshqaruvini tartibga solishda ierarxik tarzda tashkillashtirilgan davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish kerakligi asoslab berildi;
migratsiya harakatining barcha shakllari, turlari va yo‘nalishlarini, uning kelib chiqish aspektlari, omillari, sabablari va shart–sharoitlarini tizimli o‘rganish bo‘yicha vazifalarni ta’minlash maqsadida ilmiy-akademik organ yoki boshqa aloqador vazirliklar, idoralar yoki tashkilotlar tarkibida migratsiya sohasida ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish lozimligi asoslantirildi;
davlatlar o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirishda xalqaro munosabatlarning muhim yo‘nalishi sifatida «migratsiya diplomatiyasi» asoslarini kompleks ilmiy–tadqiq etish asosida ishlab chiqish kerakligi asoslantirildi;
migrantlar uchun «Xulq-atvor kodeksi» va «Tashrif buyirilgan mamlakat haqida atlas» loyihalarini ishlab chiqish kerakligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
migratsiya jarayonlarida davlatlar o‘rtasida o‘zaro ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasining tegishli hududlarida Migratsiya agentligining vakillik instituti joriy qilishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–149-son qarorining 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalla ettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamentining 2024-yil 18-noyabrdagi 30/1-1126-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirilishi, xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi;
mamlakatda migratsiya siyosatini amalga oshirishda va bu sohani raqamlashtirish va davlat boshqaruvini tartibga solishda ierarxik tarzda tashkillashtirilgan davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi PF-59-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2024-2025-yillarda migratsiya sohasidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»”ning 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalla ettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamentining 2024 yil 18-noyabrdagi 30/1-1126-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif mamlakatda amalga oshirilayotgan ochiqlik siyosatini amalga oshirishda va fuqarolarning huquqlarini har tomonlama himoya qilishda davlat organlarining faoliyatining ochiqligini ko‘rsatishga xizmat qiladi;
migratsiya harakatining barcha shakllari, turlari va yo‘nalishlarini, uning kelib chiqish aspektlari, omillari, sabablari va shart–sharoitlarini tizimli o‘rganish bo‘yicha vazifalarni ta’minlash maqsadida ilmiy-akademik organ yoki boshqa aloqador vazirliklar, idoralar yoki tashkilotlar tarkibida migratsiya sohasida ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etishga oid taklifi “O‘zbekiston Respublikasining 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan migratsiya siyosati Strategiyasi” VI bandi “Migratsiya siyosatining yo‘nalishlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 13-noyabrdagi 33-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif mamlakatda va jahonda migratsiya jarayonlarini amalga oshirish siyosatini belgilashda unda inson huquqlarini ta’minlashda, zamonaviy texnologiyalarning migratsiya jarayonlariga ta’sirini o‘rganish hamda prognoz qilishda ilmiy yondashuvini yaratish maqsadida fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga xizmat qiladi;
davlatlar o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirishda xalqaro munosabatlarning muhim yo‘nalishi sifatida «migratsiya diplomatiyasi» asoslarini kompleks ilmiy–tadqiq etish asosida ishlab chiqishga oid taklifi “O‘zbekiston Respublikasining 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan migratsiya siyosati Strategiyasi”da ko‘zda tutilgan “O‘zbekiston Respublikasining 2025-2027-yillar davomida migratsiya siyosati Strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ning “Migratsiya salohiyatidan foydalanishning barqaror tizimini shakllantirish” deb nomlangan II bobini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 13-noyabrdagi 33-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif davlatlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi;
migrantlar uchun “Xulq-atvor kodeksi” va “Tashrif buyirganlar uchun mamlakat haqida atlas” loyihalarini ishlab chiqishga oid taklifi “O‘zbekiston Respublikasining 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan migratsiya siyosati Strategiyasi” bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining 2025-2027-yillar davomida migratsiya siyosati Strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ning “Migrantlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish hamda xavfsiz va tartibli migratsiya uchun axborot ko‘magi” deb nomlangan VI bobini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 13-noyabrdagi 33-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif fuqarolar va mamlakatga tashrif buyiruvchi barcha shaxslarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.