Matkarimova Sayyora Shavkatbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Adabiy-nazariy tushunchalar ustida ishlash orqali o‘quvchilarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi” (differensial adabiy ta’lim misolida) 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (O‘zbek adabiyoti)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5059
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Shermatova Umida Sapaevna
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Safo Murodovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Komiljon Abduganievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsenti.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijod maktablarida adabiy-nazariy tushunchalar vositasida o‘quvchilarning kreativ kompetensiyasini differensial yondashuv asosida shakllantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
adabiy-nazariy tushunchalar ustida ishlash orqali o‘quvchilarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasining pedagogik imkoniyatlari adabiy-nazariy tushunchalarning didiktik mazmunini o‘qitish vazifalarining texnologik texnologik tuzilmasiga transduktiv singdirish orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirishning metakognitiv mexanizmlari zamonaviy ta’lim texnologiyalarining amaliy usullarini innovatsion o‘qitish yo‘nalishlariga gradual integratsiyalashni kontekstual muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi adabiy-nazariy tushunchalar ustida ishlash vazifalarini kreativlik mezonlari va uyg‘unlik tamoyillariga motivatsion hamda qadriyatga yo‘naltirilgan elementlar orqali semiotik-assotsiativ strukturalashtirish asosida takomillashtirilgan;
differensial adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirish modeli adabiy-nazariy tushunchalarning ijodiy fikrlashni rivojlantiruvchi bilim va ko‘nikmalarini ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan va amaliy tamoyillari orqali evristik modulyasiya talabiga muvofiq arxitektonik tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Adabiy ta’lim jarayonida adabiy-nazariy tushunchalar ustida ishlash orqali o‘quvchilarning kreativ kompetensiyasini shakllantirish metodikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar asosida:
differensial adabiy ta’lim jarayonida adabiy-nazariy tushunchalarning innovatsion mazmunli elementlarini o‘qitish vazifalariga amaliyotga yo‘naltirilgan pedagogik tahlil asosida transduktiv singdirish orqali aniqlashtirilgan o‘quvchilarda kreativ fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishning mezon va ko‘rsatkichlariga oid taklif va ilmiy xulosalardan Jizzax politexnika instituti ilmiy tadqiqot rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021-yy) mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan. (Jizzax davlat politexnika institutining 2024-yil 13-sentyabrdagi № 03-1821-1810 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, adabiy ta’lim tizimida adabiy-nazariy tushunchalar ustida mustaqil ishlashga oid ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish mexanizmi axborotni mustaqil izlash bo‘yicha shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim metodlari asosida boyitilgan;
zamonaviy ta’lim texnologiyalarining amaliy va mulohazaviy usullarini innovatsion o‘qitish yo‘nalishlariga maqsadli va bosqichma-bosqich gradual integratsiyalash orqali takomillashtirilgan o‘quvchilarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirishning metakognitiv mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2024-yil 28-avgustdagi № 831-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiy ta’lim jarayonida fanlararo integratsiyadan foydalanishga oid tajribalarning tadrijiy takomili va ko‘p qirrali imkoniyatlari ko‘lamdorligini oshirish metodlarini takomillashtirishga erishilgan;
adabiy-nazariy tushunchalar ustida ishlash vazifalarini kreativlik mezonlari va uyg‘unlik tamoyillariga motivatsion hamda qadriyatga yo‘naltirilgan elementlar orqali semiotik-assotsiativ strukturalashtirish va garmonizatsiyalash asosida takomillashtirilgan adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi, adabiy-nazariy tushunchalarning ijodiy fikrlashni rivojlantiruvchi bilim va ko‘nikmalarini ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan, amaliy va o‘sishga qaratilgan tamoyillari orqali evristik modulyasiya talabiga muvofiq arxitektonik tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan differensial adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirish modeliga oid taklif va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ–4199-son “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qarori hamda boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024-yil 20-maydagi 02-12/2-815-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, differensial ta’lim misolida ijod maktablarida o‘quvchilarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligiga erishish imkoniyati ortgan.