Sherg‘oziev Qilichbek Marufjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Anabasis aphylla L. o‘simligi hamda ushbu o‘simlik endofit zamburug‘larining kimyoviy tarkibi va biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K897.
Ilmiy rahbar: Jalolov Iqboljon Jamolovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon, kimyo fanlari doktori, professor; Siddiqov G‘opurjon Usmanovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: A. aphylla L. o‘simligi kimyoviy tarkibini aniqlash, endofit zamburug‘idan ikkilamchi metobolitlarini ajratib olish, ularning tuzilishi, fizik-kimyoviy va biologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor A. aphylla L. o‘simligi endofit zamburug‘idan 2-(3,4-digidroksifenil)-5,7-digidroksi-4H-xromen-4-on), 3-metilkatexol, dezoksixol kislota va di-(2-etilgeksil)ftalat ikkilamchi metabolitlari ajratib olingan, tuzilishi va kimyoviy xossalari aniqlangan;
A. aphylla L. o‘simligi spirtli ekstarktidan apigenin 5-galaktozid va luteolin 5-galaktozidlari ajratib olingan, tuzilishi va kimyoviy xossalari aniqlangan; 
A. aphylla L. o‘simligining aminokislota va vitaminlar tarkibi isbotlangan hamda neytron-aktivatsion tahlili usuli yordamida tarkibida 38 ta makro- va mikroelement miqdori aniqlangan;
birinchi marotaba anabazin sulfat tuzi, A. gypsophiloides va X. campestris ekstraktlari, askorbin kislota asosida o‘simlik zararkunandalariga qarshi preparat ishlab chiqilgan;
A. aphylla L. o‘simligining endofit zamburug‘ining yangi shtammi aniqlangan va uning ekstraktini mikrobga qarshi faolligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. A. aphylla L. o‘simligi va  uning endofit zamburug‘idan ajratib olingan ikkilamchi metobolitlarini tuzilishi va biologik faolliklarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
A. aphylla L. oʻsimligidan ajratib olingan Clonostachys aranearum endofit zamburugʻining nukleotidlar ketma ketligi Milliy biotexnologiya ma’lumotlar markazida (National center for biotechnology information, https://www.ncbi.nlm.nih.gov/nuccore/2929818510) ro‘yxatga olingan va PV290627 raqami berilgan. Natijada, endofit zamburugʻ shtammi genetik materiali ma’lumotlaridan soha olimlarini foydalanishiga imkon yaratilgan;
Anabazin alkaloidi sulfat kislotali tuzi asosida olingan o‘simlik zararkunandalari (shira, o‘rgimchakkana, kapalak lichinkalari, tripislar)ga qarshi preparat Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Zilxa Istiqol Fayz”, “Muzaffar Muxtor Zamini” hamda “Sardor Saxovat Fayz” paxta-g‘allachilik fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 10 maydagi 05/06-02-449-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxta o‘simligini zararkunandalardan himoya qilish va hosildorlikni 3-4% oshirish imkonini bergan;
A. aphylla L. o‘simligining endofit zamburug‘i  kimyoviy tarkibini aniqlash natijalaridan “Tabiiy manbaalardan biologik faol moddalarni ajratish, tozalash va tahlil qilish” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi №429-sonli buyrug‘i). Natijada, oliy o‘quv yurtlarida bioorganik kimyo bo‘yicha mutaxassislarning bilimlarini mustahkamlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish