Jo‘raeva Manzura Axronqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy o‘zbek nasrida yangi inson konsepsiyasi (Abduqayum Yo‘ldoshev va Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalari asosida)», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.III.PhD/Fil.524.
Ilmiy rahbar: Solijonov Yo‘ldoshxo‘ja, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar:Mirzaeva Salimaxon Rayimjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Boltaboev Hamidulla, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: Istiqlol davri o‘zbek nasrida yangi inson obrazining shakllanishi, o‘ziga xos qirralari va yangi inson konsepsiyasiga xos ijtimoiy-psixologik jihatlarini Abduqayum Yo‘ldoshev va Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson konsepsiyasi adabiyotshunoslikning o‘zak masalalaridan biri sifatida uzoq tarixiy asosga ega ekanligi o‘zbek xalq og‘zaki ijodi va mumtoz adabiyot namunalari asosida isbotlangan;
o‘zbek badiiy-estetik tafakkurida inson konsepsiyasining taraqqiyot yo‘li o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, mumtoz Sharq adabiyoti, G‘arb adabiyoti va yozuvchilarning badiiy-estetik fikrlashlari misolida asoslangan;
zamonaviy o‘zbek hikoyachiligidagi yangi inson konsepsiyasi sobiq tuzum davrida yaratilgan inson konsepsiyasidan tubdan farq qilishi, uning ijobiy qahramon sifatida bir yoqlama obrazlar bilan taqqoslanganligi aniqlangan;
yozuvchilar badiiy nutqning mualif, personaj, roviy kabi ko‘rinishlari yordamida jamiyatimizda yuz berayotgan evrilishlar, insonlarning badiiy-estetik idealidagi o‘zgarishlar asoslangan;
zamonaviy hikoyalarda diniy, mistik an’analari bilan birga badiiylik konsepsiyasi asosida yangicha xayoliy, fantastik qarashlarga ega inson obrazi shakllanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy o‘zbek hikoyalaridagi yangi inson konsepsiyasi Abduqayum Yo‘ldoshev va Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalari misolidagi tadqiqi, badiiyat muammolarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yozuvchilar badiiy nutqning mualif, personaj, roviy kabi ko‘rinishlari yordamida jamiyatimizda yuz berayotgan evrilishlar, insonlarning badiiy-estetik idealidagi o‘zgarishlarni to‘g‘risidagi xulosalardan F1-02 raqamli fundamental tadqiqotda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 dekabrdagi 89-03-4168-son ma’lumotnomasi). Natijada, “XX-XXI asrlar bo‘sag‘asida o‘zbek adabiyotshunosligi” bo‘limi zamonaviy o‘zbek hikoyalaridagi yangi inson konsepsiyasi masalalari bilan boyitilgan;
zamonaviy o‘zbek hikoyachiligidagi yangi inson konsepsiyasi oid qarashlardan OT-A1-46 raqamli grant loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 1 dekabrdagi 89-03-4158-son ma’lumotnomasi). Natijada “Adabiyot nazariyasi asoslari” darsligini yaratishda hikoyalardagi yangi inson obrazi va ularning tahliliga oid qarashlar bilan boyitilgan;
“Zamonaviy o‘zbek nasrida yangi inson konsepsiyasi (Abduqayum Yo‘ldoshev va Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalari asosida)” tadqiqi bo‘yicha erishilgan natijalardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2017–2018 yillarda “Ziyo sari”, “Boringizga shukr”, “Interv`yu” ko‘rsatuvlari senariysini yaratishda keng foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 24 oktyabrdagi 645-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.