Ismadiyarova Zulayho Dilmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tog‘-kon sanoatida mehnat gigienasi, kasbiy koxlear nevritda serebral o‘zgarishlarni davolash, profilaktika usullarini ishlab chiqish», 14.00.07 – Gigiena, 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2715.
Ilmiy rahbarlar: Xamroqulova Muqaddasxon Asqarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirdjuraev El`bek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Tojikiston profilaktik tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasi (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tog‘-kon sanoati ishchilarida kasbiy sensonevral karlikning rivojlanish mexanizmining ayrim jihatlarini aniqlash, tashxislash, davolash va profilaktika usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘-kon sanoati ishchilari mehnat sharoitlarini gigienik xususiyatlarini o‘zgarishi, mikroiqlim parametrlari, kimyoviy omillar shovqin ta’sirini inobatga olgan holda mehnat sharoitining og‘irligi va keskinligi hisobiga sanoat shovqini asab-ruhiy zo‘riqishi natijasidagi eshitish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
tog‘-kon sanoati korxonalari ishchilarida sensonevral karlik rivojlanish xavfi yosh va jins xususiyatlari, ish stajining ortishi, turli mehnat sharoitlarida konlar kesimidagi burg‘ulash qurilmasi mashinistlari va laxmchilarda shovqin va tebranishning yuqori darajasi, shuningdek, tabiiy va sun’iy yoritilganlikning past darajada bo‘lishi shikastlanishlarga olib kelishi isbotlangan
sanoat shovqinining bosh miya qobig‘ining neyrofiziologik jarayonlariga, serebral qon oqimini boshqarishga va vegetativ asab tizimining balansiga ta’sir ko‘rsatishi tufayli eshitish tizimining pasayishi natijasida yuzaga keladigan karlik darajasining keskin ortishi bilan korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
sensonevral karlik bilan xastalangan bemorlarni davolashda shovqin darajasini pasaytirish, shaxsiy himoya vositalarini davriy o‘zgartirish, ish vaqtini qisqartirish, mehnat sharoitini o‘zgartirish, kun tartibini yaxshilash, noan’anaviy tibbiyot usullaridan girudoterapiyani qo‘llash natijasida qon suyilishi tufayli qon aylanishini yaxshilash va ruhiy emotsional zo‘riqishlarni kamaytirish tizimli tartibining o‘rni isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tog‘-kon sanoatida mehnat gigienasi, kasbiy koxlear nevritda serebral o‘zgarishlarni davolash, profilaktika usullarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tog‘-kon sanoati ishchilari mehnat sharoitlarini gigienik xususiyatlarini o‘zgarishi, mikroiqlim parametrlari, kimyoviy omillar shovqin ta’sirini inobatga olgan holda mehnat sharoitining og‘irligi va keskinligi hisobiga sanoat shovqini asab-ruhiy zo‘riqishi natijasidagi eshitish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 8 mayda 33-son bilan tasdiqlangan «Metodi netradisionnogo kompleksnogo podxoda k lecheniyu i profilaktike rabotnikov gornodobivayushhey promishlennosti s professional`noy tugouxost`yu» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinati tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.07.2024 yildagi 33-son, Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha 05.09.2024 yildagi 60-son hamda “DONOMED” xususiy shifoxonasi bo‘yicha 07.06.2024 yildagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/97-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tog‘-kon sanoati ishchilarining mehnat sharoitlarining gigienik xususiyatlarini tahlili asosida shovqin ta’sirini inobatga olgan holda mehnat sharoitining og‘irligi va keskinligi darajasi bo‘yicha sanoat shovqini eshitish organlari va asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini isbotlash orqali, salbiy o‘zgarishlarning oldini olishga qaratilgan tartibining o‘rnini baholash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni shifoxona sharoitida davolash uchun sarflanadigan 671400 so‘m byudjet mablag‘lari tog‘-kon sanoati ishchilarining mehnat sharoitlarining gigienik xususiyatlarini tahlili asosida shovqin ta’sirini inobatga olgan holda mehnat sharoitining og‘irligi va keskinligi darajasi bo‘yicha sanoat shovqini eshitish organlari va asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini oldini olish orqali shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: tog‘-kon sanoati korxonalari ishchilarida sensonevral karlik rivojlanish xavfi yosh va jins xususiyatlari, ish stajining ortishi, turli mehnat sharoitlarida konlar kesimidagi burg‘ulash qurilmasi mashinistlari va laxmchilarda shovqin va tebranishning yuqori darajasi, shuningdek, tabiiy va sun’iy yoritilganlikning past darajada bo‘lishi shikastlanishlarga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 8 mayda 33-son bilan tasdiqlangan «Metodi netradisionnogo kompleksnogo podxoda k lecheniyu i profilaktike rabotnikov gornodobivayushhey promishlennosti s professional`noy tugouxost`yu» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinati tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.07.2024 yildagi 33-son, Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha 05.09.2024 yildagi 60-son hamda “DONOMED” xususiy shifoxonasi bo‘yicha 07.06.2024 yildagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/97-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tog‘-kon sanoati korxonalari ishchilarida sensonevral karlik rivojlanish xavfi yosh va jins xususiyatlari, ish stajining ortishi, turli mehnat sharoitlarida konlar kesimidagi burg‘ulash qurilmasi mashinistlari va laxmchilarda shovqin va tebranishning yuqori darajasi, shuningdek, tabiiy va sun’iy yoritilganlikning past darajada bo‘lishi xastalikning rivojlanishga ustunlik qilishini asoslash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni shifoxona sharoitida davolash uchun sarflanadigan 671400 so‘m byudjet mablag‘lari tog‘-kon sanoati korxonalari ishchilarida sensonevral karlik rivojlanish xavfi yosh va jins xususiyatlari, ish stajining ortishi, turli mehnat sharoitlarida konlar kesimidagi burg‘ulash qurilmasi mashinistlari va laxmchilarda shovqin va tebranishning yuqori darajasi, shuningdek, tabiiy va sun’iy yoritilganlikning past darajada bo‘lishini oldini olish orqali shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: sanoat shovqinining bosh miya qobig‘ining neyrofiziologik jarayonlariga, serebral qon oqimini boshqarishga va vegetativ asab tizimining balansiga ta’sir ko‘rsatishi tufayli eshitish tizimining pasayishi natijasida yuzaga keladigan karlik darajasining keskin ortishi bilan korrelyasion bog‘liqlik isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 8 mayda 33-son bilan tasdiqlangan «Metodi netradisionnogo kompleksnogo podxoda k lecheniyu i profilaktike rabotnikov gornodobivayushhey promishlennosti s professional`noy tugouxost`yu» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinati tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.07.2024 yildagi 33-son, Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha 05.09.2024 yildagi 60-son hamda “DONOMED” xususiy shifoxonasi bo‘yicha 07.06.2024 yildagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/97-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sanoat shovqinining bosh miya qobig‘ining neyrofiziologik jarayonlari, serebral qon oqimini boshqarish va vegetativ asab tizimining balansiga ta’sir ko‘rsatishi natijasida eshitish tizimining buzilishi va uning natijasida yuzaga keladigan karlik darajasi bilan korrelyasion bog‘liqlikni isbotlash natijasida nogironlik asoratlarini oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni shifoxona sharoitida davolash uchun sarflanadigan 671400 so‘m byudjet mablag‘lari sanoat shovqinining bosh miya qobig‘ining neyrofiziologik jarayonlari, serebral qon oqimini boshqarish va vegetativ asab tizimining balansiga ta’sir ko‘rsatishi natijasida eshitish tizimining buzilishi va uning natijasida yuzaga keladigan karlik asortlarini kamaytirish orqali shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sensonevral karlik bilan xastalangan bemorlarni davolashda shovqin darajasini pasaytirish, shaxsiy himoya vositalarini davriy o‘zgartirish, ish vaqtini qisqartirish, mehnat sharoitini o‘zgartirish, kun tartibini yaxshilash, noan’anaviy tibbiyot usullaridan girudoterapiyani qo‘llash natijasida qon suyilishi tufayli qon aylanishini yaxshilash va ruhiy emotsional zo‘riqishlarni kamaytirish tizimli tartibining o‘rni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 8 mayda 33-son bilan tasdiqlangan «Metodi netradisionnogo kompleksnogo podxoda k lecheniyu i profilaktike rabotnikov gornodobivayushhey promishlennosti s professional`noy tugouxost`yu» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinati tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.07.2024 yildagi 33-son, Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha 05.09.2024 yildagi 60-son hamda “DONOMED” xususiy shifoxonasi bo‘yicha 07.06.2024 yildagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/97-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sensonevral karlik bilan xastalangan bemorlarni davolashda shovqin darajasini pasaytirish, shaxsiy himoya vositalarini davriy o‘zgartirish, ish vaqtini qisqartirish, mehnat sharoitini o‘zgartirish, kun tartibini yaxshilash, noan’anaviy tibbiyot usullaridan girudoterapiyani qo‘llash natijasida qon suyilishi tufayli qon aylanishini yaxshilash va ruhiy emotsional zo‘riqishlarni kamaytirish organizmda yuzaga keladigan o‘zgarishlarni oldini olish tartibi hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini tahlil qilish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni shifoxona sharoitida davolash uchun sarflanadigan 671400 so‘m byudjet mablag‘lari sensonevral karlik bilan xastalangan bemorlarni davolashda shovqin darajasini pasaytirish, shaxsiy himoya vositalarini davriy o‘zgartirish, ish vaqtini qisqartirish, mehnat sharoitini o‘zgartirish, kun tartibini yaxshilash, noan’anaviy tibbiyot usullaridan girudoterapiyani qo‘llash natijasida qon suyilishi tufayli qon aylanishini yaxshilash va ruhiy emotsional zo‘riqishlarni kamaytirish orqali shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish