Hikmatov Jasur Safarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bronxoektaz kasalligini kompleks xirurgik davolashda differensiyalashgan immunokorreksiya», 14.00.27 – Xirurgiya, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4345.
Ilmiy rahbar: Xudaybergenov Shuxrat Nurmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03 rakamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Umida Pulatjonovna, tibbiyot fanlari doktori; Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
bronxial daraxt adekvat sanatsiyasi bilan birga bronx suyuqligidan immunostatusni o‘rganish va immunokorreksiyalash usullaridan foydalangan holda bronxoektaz kasalligining operatsiyadan keyingi klinik natijalarni yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bronxoektaz bilan kasallangan bemorlar immun holatida chuqur morfofunksional o‘zgarishlar rivojlanishi aniqlangan;
bronxoektaz kasalligini xirurgik davolashda bronxoskopik sanatsiya, operatsiyadan oldingi, intra va operatsiyadan keyingi fibrobronxoskopiya monitoringining o‘rni aniqlanib, bronxial daraxtning bakterial (mikrobli) ifloslanish darajasi va organizm immun tizimidagi buzilishlar chuqurligining davolash natijalariga ta’siri isbotlangan;
bronxoektaz kasalligini xirurgik davolash natijalarida tabaqalashtirilgan kombinatsiyalangan immuno va antimikrob terapiyaning samaradorligi aniqlangan;
bronxoektaz kasalligida organizmning immunologik reaktivligini hisobga olingan differensiyalashgan immunokorreksiyali kompleks xirurgik davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 20 martdagi 14/05-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bronxoektaz bilan kasallangan bemorlar immun holatida chuqur morfofunksiona o‘zgarishlar rivojlanishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bronxoektaz bilan kasallangan bemorlar immun holatida chuqur o‘zgarishlar rivojlanishining aniqlanishi kasallik patogenezida immunologik omillarning asosiy rolini ahamiyatini ko‘rsatgan va bu immun o‘zgarishlarni inobatga olgan holda davolash strategiyasini ishlab chiqish imkoniyati tug‘dirgan, bu esa kasallikning surunkali kechishini nazorat qilish va davolash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (20.11.2024 y.; № 02/711-son); Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (21.02.2025 y.; № 34-son) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (27.01.2024 y.; №24-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bronxoektaz bilan kasallangan bemorlarda immun holatning chuqur buzilishi aniqlanishi asosida immunologik monitoring joriy qilinishi bemorlar orasida operatsiyadan keyingi asoratlar sonini kamaytirishga xizmat qilgan, bu esa aholining umumiy sog‘lomlashtirilishiga, nogironlik holatlarining oldini olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: bronxoektaz kasalligida operatsiyadan oldingi davrda immun holat o‘zgarishlarini erta aniqlab, mos davolash choralarini ko‘rish natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 2,5 kungacha qisqarib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 700000 so‘mga kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 280000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: bronxoektaz bilan kasallangan bemorlarda immun holatidagi chuqur o‘zgarishlarning aniqlanishi kompleks xirurgik davolashga individual yondashuv imkonini yaratib, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish orqali sog‘lomlashtirish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bronxoektaz kasalligini xirurgik davolashda bronxoskopik sanatsiya, operatsiyadan oldingi, intra va operatsiyadan keyingi fibrobronxoskopik monitoringning o‘rni aniqlanib, bronxial daraxtning bakterial (mikrobli) ifloslanish darajasi va organizm immun tizimidagi buzilishlar chuqurligining davolash natijalariga ta’siri isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bronxoektaz kasalligini xirurgik davolash jarayonida bronxoskopik sanatsiya va bosqichma-bosqich fibrobronxoskopik monitoringni qo‘llash orqali bronxial daraxtdagi bakterial ifloslanish hamda immun tizimdagi buzilishlarning davolash samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan, bu esa jarrohlik oldi va keyingi bosqichlarda bronxial muhitni yaxshilash orqali yallig‘lanishning kamayishi va operatsiya samaradorligini oshirishga olib kelgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (20.11.2024 y.; № 02/711-son); Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (21.02.2025 y.; № 34-son) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (27.01.2024 y.; №24-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bronxial daraxtdagi mikrobli ifloslanish darajasi va immun tizimdagi buzilishlarning davolash natijalariga ta’sirini inobatga olgan holda individual yondashuv qo‘llanilishi natijasida, operatsiyadan keyingi asoratlar soni kamaygan, tiklanish muddati qisqargan, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, nogironlik holatlarining kamayishiga va sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yukni engillashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bronxoektaz kasalligini kopmleks xirurgik davolashda operatsiya oldi va keyingi bosqichlarda bronxial muhitni yaxshilash orqali yallig‘lanishning tez va keskin kamayishi va operatsiya samaradorligini oshirilishi bemorlarning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 2,5 kungacha qisqarib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 700000 so‘mga kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 280000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: bronxoektaz kasalligini kompleks xirurgik davolashda bronxoskopik sanatsiya va bosqichma-bosqich fibrobronxoskopik monitoringni joriy qilish operatsiya samaradorligini oshirish, asoratlar sonini kamaytirish va bemorlarning umumiy tiklanish davrini qisqartirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlanadi.
uchinchi ilmiy yangilik: bronxoektaz kasalligini xirurgik davolash natijalarida tabaqalashtirilgan kombinatsiyalangan immuno va antimikrob terapiyaning samaradorligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bronxoektaz kasalligini xirurgik davolashda bemorning immun holati va mikrobiologik ko‘rsatkichlariga asoslangan holda tabaqalashtirilgan yondashuvda immuno va antimikrob terapiyani birgalikda qo‘llash samaradorligi isbotlangan, bu yondashuv orqali infeksion yallig‘lanish jarayonlarini nazorat ostiga olish va organizmning immun himoya mexanizmlarini tiklash imkoniyatini yaratgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (20.11.2024 y.; № 02/711-son); Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (21.02.2025 y.; № 34-son) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (27.01.2024 y.; №24-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: individual tarzda tanlangan immuno va antimikrob terapiya bronxoektaz bilan og‘rigan bemorlarning yallig‘lanish holatlarini nazorat ostiga olish, tiklanish jarayonini tezlashtirish va yallig‘lanishning qaytalanish xavfini kamaytirishga xizmat qilgan, bu esa operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifatini oshirib, bemorlarning jismoniy faolligi va hayot sifatining yaxshilanishiga zamin yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan yondashuv orqali infeksion yallig‘lanish jarayonlarini nazorat ostiga olish va organizmning immun himoya mexanizmlarini tiklash imkoniyatini tezroq yaratish natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 2,5 kungacha qisqarib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 700000 so‘mga kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 280000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: bronxoektaz kasalligini xirurgik davolashda tabaqalashtirilgan kombinatsiyalangan immuno va antimikrob terapiya qo‘llanilishi yallig‘lanishni nazorat qilish, immun reaktivlikni tiklash va bemorning tiklanish jarayonini tezlashtirish orqali yuqori klinik samaradorlikka hamda ijtimoiy-iqtisodiy foydaga erishishga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bronxoektaz kasalligida organizmning immunologik reaktivligini hisobga olingan differensiyalashgan immunokorreksiyali kompleks xirurgik davolash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bronxoektaz kasalligi bo‘yicha bemorlarning immun holatidagi o‘zgarishlarni chuqur tahlil qilish asosida ularning immunologik reaktivlik darajasini hisobga olgan holda individual tarzda tanlanadigan immunokorreksiya komponentlarini o‘z ichiga olgan kompleks xirurgik davolash algoritmi ishlab chiqilgan, ushbu algoritm bemorning immun holatiga mos ravishda davolash strategiyasini shakllantirish imkonini bergan va yuqori klinik samaradorlikni ta’minlagan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (20.11.2024 y.; № 02/711-son); Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (21.02.2025 y.; № 34-son) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (27.01.2024 y.; №24-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning immun holatini hisobga olgan holda individual tanlangan davolash yondashuvi orqali operatsiyadan keyingi asoratlar sezilarli darajada kamaygan, reabilitatsiya jarayoni soddalashgan va bemorlarning ijtimoiy hayotga tezroq qaytishi ta’minlangan, natijada bemorlar salomatligi va hayot sifatining oshishi kuzatilgan. Iqtisodiy samaradorligi: individual tanlangan davolash yondashuvi orqali operatsiyadan keyingi asoratlar sezilarli darajada kamayishi, reabilitatsiya jarayoni soddalashishi va hayot sifatining oshishi natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 2,5 kungacha qisqarib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 700000 so‘mga kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 280000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: bronxoektaz kasalligida immunologik reaktivlik darajasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan differensiyalashgan immunokorreksiyali kompleks xirurgik davolash algoritmi davolash natijalarini yaxshilash, asoratlarni kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan, bu esa bemorlar uchun individual va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi.