Abdujabborov Muslimbek Zohidjon o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Paxta tolasidan ip yigirish va ulardan mato to‘qish texnologik jarayonlarida ularning cho‘ziluvchanlik xossalarini o‘zgarishini tadqiq etish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4481 
Ilmiy rahbar: Karimov Rahim Karimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Qayumov Juramirza Abdiramatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Doniyorova Matluba Adashalievna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta tolasidan ip yigirish va iplardan mato to‘qish texnologik jarayonlarida ularning cho‘ziluvchanlik xossalarini o‘zgarishini tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxtani quritish jarayonida energiya va resurs tejashni ta’minlash va ish unumdorligini 6 t/soatdan kam bo‘lmasligi shartidan barabanli quritgichning diametri 2 m, uzunligi 6 m ga teng, rolikli yuritmali konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
barabanli quritgichning rolikli yuritmasini sirpanishsiz xarakatini ta’minlash shartidan zanjirli uzatmani etaklovchi va etaklanuvchi yulduzchalarni parametrlari va xarakatni uzatish nisbatlarini nazariy qonuniyatlari olingan;
barabanli quritgichni ish unumdorligini maksimal 6 t/soat bo‘lishini inobatga olib, paxtadan kerakli namlikni olish uchun quritish agentining miqdori 9000 m3/soatga teng bo‘lishi nazariy asoslangan.
maksimal ish unumdorligida barabanli quritgichning korpusi ichida doimiy bo‘luvchi paxta miqdorini hisobga olgan holda zanjirli uzatmani elektr dvigatelini o‘rnatilgan quvvati 7,5 kVt ga teng bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Halqa tukli matolarda tanda iplarining taranglik farqini va iplarning mustahkamlik koeffisientlari ularning sinov jarayonidagi uzunliklariga bog‘liqligini aniqlash usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli xil rusumdagi to‘quv dastgohlarida ishlatiladigan oxorlanmagan turli halqa tanda iplarining fizik-mexanik xossalarini muqobillashtirish usulini “ArsoftTex” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 18-martdagi №03/25-570 sonli ma’lumotnomasi). Natijada halqa tukli matolarda tanda iplarining deformatsion ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, olingan tolalarning uzulishdagi cho‘zilishi 33,3% ga kamayganligi, iplarning uzilish kuchlari manfiy qiymatlarda 2,04; 2,87 va 4,0 marta kamayganligi, musbat qiymatlarda esa 1,82 va 2,24 marta ko‘payganligi aniqlangan, oxorlangan halqa tanda iplarini oxorlanmagan halqa tanda iplariga almashtirilishi natijasida korxonada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 300 tonna ip uchun 570 mln 105 ming (besh yuz etmish million bir yuz besh ming) soʻmni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish