Raximjonov Ziyovuddin Qahramon o‘g‘lining
doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Avtomobil ko‘priklarini seysmik himoyalash uchun tebranishlarni dinamik so‘ndiruvchilarning parametrlarini tanlash”, 05.09.02 – “Geotexnika” (Ko‘priklar, transport tonnellari va metropolitenlar) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T4021.
Ilmiy rahbar: Nishonov Ne’matilla Asatillaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Yuvmitov Anvar Sayfullaevich, texnika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tebranishlarning dinamik so‘ndirgichlari parametrlarini tanlash hisobiga avtomobil yo‘llaridagi transport inshootlarining seysmik mustahkamligini oshirish va seysmik ta’sirlarga hisoblash usulini takomillashtirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklarni oraliq qurilmalari og‘ir va tayanchlari engil bo‘lishini hisobga olgan holda, oraliq qurilma tayanchning tebranishlarni dinamik so‘ndirgichi rejimida ishlashini ta’minlashining konstruktiv texnik echimi ishlab chiqilgan;
seysmik ta’sirlar shkalasi asosida tebranishlarning dinamik so‘ndirgichlari rejimida ko‘priklarni hisoblashda, qurilish maydonida seysmik xavfini hisobga olgan holda, zamin grunti tezlanishlarini son ko‘rinishida kiritish imkonini beruvchi spektral usuli ishlab chiqilgan;
dempferlash va real tezlanishlarni inobatga olish hisobiga, tebranishlarni dinamik so‘ndirgichli ko‘prik inshootlarini seysmik ta’sirlarga chiziqli-spektral hisoblash usuli takomillashtirilgan;
seysmik ta’sirlarda oraliq qurilmalarning xarakterli nuqtalarini tebranishlarning ikkinchi shakli bo‘yicha aniqlash orqali, tebranishlarning dinamik so‘ndirgichlari sifatida oraliq qurilmalarini qo‘llash hisobiga ko‘priklar ishonchliligini oshirilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtomobil ko‘priklarini seysmik himoyalash uchun tebranishlarni dinamik so‘ndiruvchilarning parametrlarini tanlash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishi natijalari asosida:
seysmik ta’sirlar shkalasi asosida tebranishlarning dinamik so‘ndirgichlari rejimida ko‘priklarni hisoblashda zamin grunti tezlanishlarini son ko‘rinishida kiritish imkonini beruvchi spektral usuli “Oʻzyoʻlkoʻprik klasteri” davlat muassasasida loyihalash jarayonida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 13 fevraldagi №4/E227-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari, seysmik himoyali tayanchlardan foydalanilganda tayanchning eguvchi moment qiymatini 2.33 marta kamaytirishga erishish mumkinligi ko‘rsatilgan;
tebranishlarning dinamik so‘ndirgichlari sifatida oraliq qurilmalarini qo‘llash hisobiga, seysmik ta’sirlarda oraliq qurilmalarning xarakterli nuqtalarini tebranishlarning ikki shakli bo‘yicha aniqlash usuli Transport bo‘yicha Bosh loyiha-qidiruv instituti AJ da «Jizzax shahridagi 4K253a “Islom Karimov shoh ko‘chasiga” shahobcha avtomobil yo‘lidan M39 “Toshkent-Termez” avtomobil yo‘liga ulanuvchi yangi yo‘nalishdagi umumiy foydalanishdagi 4 km avtomobil yo‘li va 700 pm uzunlikdagi yo‘l o‘tkazgich qurish» ob’ektini loyihalash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025 yil 20 fevraldagi №06/2009 -sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari hisob-loyihalash ishlari muddatini hamda oraliq qurilma tezlanishlarini 1.2 marta kamaytirish imkonini bergan.