Asqarova Mavluda Turabovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston iqtisodiyotida inklyuziv o‘sishni ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.02 - “Makroiqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Nasirxodjaeva Dilafruz Sabitxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston iqtisodiyotida inklyuziv o‘sishni ta’minlash metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy o‘sish mazmuniga zamonaviy yondashuvlar asosida inklyuziv o‘sishning real darajasini baholashning maxsus uslubiyotining uch komponenti, ya'ni, aholi jon boshiga YaIM, ishsizlik hamda ijtimoiy tabaqalanish darajasi va aholining barcha qatlamlariga teng imkoniyatlar yaratilishining inklyuziv rivojlanish koeffisientiga bog‘liqligi asoslangan;
global inflyasiya darajasining ko‘tarilishi, yuqori foiz stavkalarining saqlanib qolishi va oltin narxi keskin tebranishining makroiqtisodiy rivojlanishga ta’sirini inobatga olgan holda makro-fiskal xatarlarni barqaror samarali boshqarish taklifi asoslangan;
aholi turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillar qatorida norasmiy band bo‘lgan aholining daromadlarini legallashtirish maqsadida yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha kamaytirish taklifi ishlab chiqilgan;
iqtisodiy o‘sish sur'atlari barqarorligini ta’minlashda yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish uchun soliq to‘siqlarini bartaraf etish maqsadida xufyona daromadlar darajasini pasaytirishda biznes uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda soxta tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchilarga nisbatan fiskal va monetar ta’sir choralarini kuchaytirish lozimligi asoslangan; 
inklyuziv o‘sishning omillari va indikatorlari - aholi jon boshiga YaIM, eksport hajmi va transport xizmatlarini bir tizimga bog‘lash asosida inklyuziv iqtisodiy rivojlanish modelining 2030 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
iqtisodiy o‘sish mazmuniga zamonaviy yondashuvlar asosida inklyuziv o‘sishning real darajasini baholashning maxsus uslubiyotining uch komponenti, ya'ni, aholi jon boshiga YaIM, ishsizlik hamda ijtimoiy tabaqalanish darajasi va aholining barcha qatlamlariga teng imkoniyatlar yaratilishining inklyuziv rivojlanish koeffisientiga bog‘liqligi asoslangan nazariyadan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Inklyuziv o‘sish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 29 sentyabrdagi 314-sonli buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida inklyuziv o‘sishning ilmiy va uslubiy asoslari mustahkamlandi hamda iqtisodiy qonunchilik va me'yoriy-xuquqiy bazadagi, amaliyotdagi uslubiy ko‘rsatma va yo‘riqnomalarga aniqliklar va qo‘shimchalar kiritilmoqda;
global inflyasiya darajasining ko‘tarilishi, yuqori foiz stavkalarining saqlanib qolishi va oltin narxi keskin tebranishi makroiqtisodiy rivojlanishga ta’sirini inobatga olgan holda makro-fiskal xatarlarni samarali boshqarish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston-2030” Strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni asosida ishlab chiqilgan “2025-2027 yillar uchun Fiskal strategiya”si talablarida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 18 dekabrdagi  01/00-03/07-12897-son va Toshkent shahar Bektemir tumani hokimligining 2025 yil 21 yanvardagi 01/03-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning inobatga olinishi natijasida, global inflyasiya darajasining ko‘tarilishi, yuqori foiz stavkalarining saqlanib qolishi, oltin narxining keskin tebranishi, global ta’minot zanjiridagi uzilishlar, valyuta kursidagi tebranishlar kabi xatarlar makroiqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga ta’sir o‘tkazishi oldindan hisobga olinishi orqali zarur choralar yordamida 2024-2027 yillarda YaIM yillik o‘sish sur'atini 6,2-6,5 foiz darajasida ta’minlanishiga, aholi jon boshiga YaIM qiymatining 2023 yildagi 2496 AQSh dollaridan, 2027 yilda 3200 AQSh dollariga etkazilishiga erishiladi;
aholi turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillar qatorida norasmiy band bo‘lgan aholining daromadlarini legallashtirish maqsadida yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha kamaytirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 noyabrdagi PQ-366-son “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 18 dekabrdagi  01/00-03/07-12897-son va Toshkent shahar Bektemir tumani hokimligining 2025 yil 21 yanvardagi 01/03-son ma’lumotnomalari). Natijada yakka tartibdagi tadbirkorlar sohasida norasmiy band bo‘lgan aholining daromadlarining oshirishi va ularni legallashtirilish darajasini o‘sishiga erishildi;
iqtisodiy o‘sish sur’atlari barqarorligini ta’minlashda yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish uchun soliq to‘siqlarini bartaraf etish maqsadida xufyona daromadlar darajasini pasaytirishda biznes uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda soxta tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchilarga nisbatan ta’sir choralarini kuchaytirish bilan bog‘liq taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 18 dekabrdagi  01/00-03/07-12897-son va Toshkent shahar Bektemir tumani hokimligining 2025 yil 21 yanvardagi 01/03-son ma’lumotnomalari) soliq solish tizimini soddalashtirish tadbirlarining amalga oshirilishi natijasida mahsulot ishlab chiqaruvchi, eksport va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalarini joriy qilish qo‘llanilgan. Natijada 2023 yil mobaynida mamlakat miqyosida 172 holat 3,84 milliard so‘m moliyaviy jarimalar qo‘llanilgan;
inklyuziv o‘sishning omillari va indikatorlari sifatida jamiyatdagi tengsizlik muammolari, barcha jamiyat a’zolari va ijtimoiy qatlamlar uchun teng imkoniyatlar yaratish, inson kapitali taraqqiyoti, uzoq muddatli inklyuziv o‘sish va ijtimoiy farovonlik darajasini oshirishda moliyaviy inklyuzivlik traektoriyasi milliy iqtisodiyot tizimini isloh qilish hamda 2025-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish konsepsiyasining maxsus modeli (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 18 dekabrdagi  01/00-03/07-12897-son va Toshkent shahar Bektemir tumani hokimligining 2025 yil 21 yanvardagi 01/03-son ma’lumotnomalari) O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi uslubiy boshqarmasi amaliyotiga joriy etilishi natijasida, 2024 yilda Jahon Banki vakillari va mustaqil ekspertlardan tashkil topgan guruh tomonidan mamlakat moliya tizimini PEFA mezonlari asosida baholash yuzasidan texnik ko‘makni amalga oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish