Saydullaev Azamat Jo‘raqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etishni ekonometrik tadqiq qilish”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2940.
Ilmiy rahbar: Fayziev Rabim Aliqulovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Nosir Mahmudovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xomidov Sohibmalik Olimovich, Buxoro davlat universiteti, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar barqarorligini taminlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
panel ma’lumotlar asosida qurilgan ekonometrik model orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimiga ijobiy va salbiy tavsifdagi asosiy omillarni ta’sir etish darajalarining maqbul chegaralari aniqlangan;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi logarifmik qiymatining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning hajmini oshishiga ta’siri yalpi ichki mahsolotning logarifmik qiymati (p = 0,006 < 0,05), ishizlik darajasi (p = 0,000 < 0,05), export hajmining logarifmik qiymati (p = 0,000 < 0,05), import hajmining logarifmik qiymati (p = 0,522 > 0,05), inflatsiya darajasi (p = 0,067 > 0,05) qiymatlari orqali asoslangan;
jalb etilgan xorijiy investisiyalar va yashil iqtisodiyot o‘rtasidagi munosabatni dinamik ekonometrik modellashtirish asosida 2028 yilga qadar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan karbonat angidrid gazi chiqindisi hajmining prognoz qiymatlari baholangan;
O‘zbekistonga xorijiy investisiyalarni jalb qilishni tartibga solish va rag‘batlantirish mexanizmlarining korrelyasion-regression bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
panel ma’lumotlar asosida qurilgan ekonometrik model orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimiga ijobiy va salbiy tavsifdagi asosiy omillarni ta’sir etish darajalarining maqbul chegaralari aniqlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 23-apreldagi 03-23-4406-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi ichki mahsulot miqdorining 1% ga o‘sishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimining taxminan 1,6% ga o‘sishiga olib keladi. Bu esa O‘zbekistonda aholi daromadlarining o‘sishi mamlakatga yanada ko‘proq chet el kapitali kirib kelishini ta’minlaydi;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi logarifmik qiymatining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning hajmini oshishiga ta’siri yalpi ichki mahsolotning logarifmik qiymati (p = 0,006 < 0,05), ishizlik darajasi (p = 0,000 < 0,05), export hajmining logarifmik qiymati (p = 0,000 < 0,05), import hajmining logarifmik qiymati (p = 0,522 > 0,05), inflatsiya darajasi (p = 0,067 > 0,05) qiymatlari orqali asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 23-apreldagi 03-23-4406-sonli malumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Jahon Bankining to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmining logarifmik qiymati ko‘rsatkichini 1 punktga oshishi YaIMni 0,23 ga, laglangan qiymatini esa 0,7 ga oshirishi, ishsizlik darajasini esa -0,2 ga kamaytirishi aniqlangan;
jalb etilgan xorijiy investisiyalar va yashil iqtisodiyot o‘rtasidagi munosabatni dinamik ekonometrik modellashtirish asosida 2028 yilga qadar baholangan aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan karbonat angidrid gazi chiqindisi hajmining prognoz qiymatlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 23-apreldagi 03-23-4406-sonli malumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida o‘rta muddatli davrda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan karbonat angidrid gazi chiqindisi hajmining maqbul darajasini chegaralab turuvchi investisiya parametlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonga xorijiy investisiyalarni jalb qilishni tartibga solish va rag‘batlantirish mexanizmlarining korrelyasion-regression bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirishning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 23-apreldagi 03-23-4406-sonli malumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirishning istiqboldagi asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.