Muydinjonov Ziyodjon Rafiqjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8461.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Umarov Alisher Yusubjanovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Qayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Taylaqova Guli Bekmurodovna,pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari elektron o‘qitishning didaktik tizimi yaxlitligi, mobil va smart texnologiyalari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash hamda shaxsga yo‘naltirilgan, ta’lim oluvchi mustaqilligining uslubiy-didaktik ta’minotiga maqsadli uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish modeli maqsadli, ta’lim mazmuni va o‘quv jarayonini tashkil etuvchilarining asosiy yo‘nalishlarini ta’limiy maqsadlarga uzviy uyg‘unlashtirish hamda baholash va natija komponentlari uzviyligida mobillik, kasbga yo‘naltirilganlik, axborot-kommunikativlik, uzviylik va uzlyuksizlik tamoyillariga ustuvorlik berish, elektron-ta’lim resurslaridan sinxron va asinxron foydalanish natijadorligini oshirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning dasturiy ta’minotini masofaviy ta’limning uzoqlashgan auditoriya modeliga moslashtirish, ta’lim platformalarining moslashuvchanlik, modullilik kech qamrovlilik xususiyatlarini hisobga olish hamda pedagogik dasturiy vositalar integratsiyasini tizimli ta’minlash va elektron resurslarni yaratish talablariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotini joriy etish samaradorligi “Brifing”, “SMART”, “Zinama-zina” va Web-kvest interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash, ta’lim resurslarini raqamli resurslarga bosqichma-bosqich transformatsiyalash hamda baholash mezonlari va reproduktiv, produktiv va kreativ darajalarini ta’limiy tuzilma talablariga ko‘ra o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari elektron o‘qitishning didaktik tizimi yaxlitligi, mobil va smart texnologiyalari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash hamda shaxsga yo‘naltirilgan, ta’lim oluvchi mustaqilligining uslubiy-didaktik ta’minotiga maqsadli uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Ta’limda raqamli texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-oktyabrdagi 11-05-5854 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish imkoni yaratilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish modeli maqsadli, ta’lim mazmuni va o‘quv jarayonini tashkil etuvchilarining asosiy yo‘nalishlarini ta’limiy maqsadlarga uzviy uyg‘unlashtirish hamda baholash va natija komponentlari uzviyligida mobillik, kasbga yo‘naltirilganlik, axborot-kommunikativlik, uzviylik va uzlyuksizlik tamoyillariga ustuvorlik berish, elektron-ta’lim resurslaridan sinxron va asinxron foydalanish natijadorligini oshirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Ta’limda raqamli texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-oktyabrdagi 11-05-5854 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning pedogagik shart-sharoitlarini aniqlashtirishga sharoit yaratilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning dasturiy ta’minotini masofaviy ta’limning uzoqlashgan auditoriya modeliga moslashtirish, ta’lim platformalarining moslashuvchanlik, modullilik kech qamrovlilik xususiyatlarini hisobga olish hamda pedagogik dasturiy vositalar integratsiyasini tizimli ta’minlash va elektron resurslarni yaratish talablariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ta’limda axborot texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-oktyabrdagi 11-05-5854 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotini joriy etish samaradorligi “Brifing”, “SMART”, “Zinama-zina” va Web-kvest interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash, ta’lim resurslarini raqamli resurslarga bosqichma-bosqich transformatsiyalash hamda baholash mezonlari va reproduktiv, produktiv va kreativ darajalarini ta’limiy tuzilma talablariga ko‘ra o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Ta’limda axborot texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-oktyabrdagi 11-05-5854 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning  raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minoti joriy etish samaradorligini aniqlashga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish