Mamatov Avaz Muxiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8913.
Ilmiy rahbar: Mahmanov Orifjon Qudratovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01
Rasmiy opponentlar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlar doktori, professor; Shermanova Feruza Djumaboeva, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari axborot kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari axborotlar bilan ishlash kompetentligiga uyg‘unlashtirilgan ijodiy faol muhitni yaratish, o‘quv faoliyati axborot-metodik ta’minotini kengaytirish va nazorat qilishni avtomatlashtirish hamda o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish maqbulligini tahliliy tasniflash asosida aniqlashtirilgan;
raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish modeli xalqaro baholash tadqiqot talablariga moslikni ta’minlashga yo‘naltirilgan amaliyot bilan bog‘liqlik, ko‘rgazmalilik, tarbiya va rivojlantiruvchi ta’lim kabi tamoyillarini tizimli-integrativ, innovatsion-faoliyatli yondashuvlarga uyg‘unlashtirish hamda mavjudlik, intensiv, ijodkorlik ko‘rsatkichlarini dasturiy ta’minot mazmuni va vositalari didaktik mazmuniga izchil integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
raqamlashtirish sharoitida dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish metodikasi fundamental xalqaro baholash dasturlari malaka talablarini kasbiy-axborot bilimdonlik, faollik va o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish elementlariga ko‘ra yaxlitlash hamda yakka, guruhli va jamoaviy darslarni tashkil etish va og‘zaki, muammoli, interaktiv, innovatsion metodlar ta’sirchanligini oshirish asosida takomillashtirilgan;
raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish samaradorligi baholashning motivatsion, nazariy, kognitiv, kreativ va jarayonli integrativ mezonlariga ko‘ra yuqori, o‘rta va quyi darajalariga proporsiognal moslashtirish, fanlararo uzviylikni ta’minlash hamda axborotni yig‘ish, saqlash, uzatish va qayta ishlash funksiyalarining dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari:
raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari axborot kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari axborotlar bilan ishlash kompetentligiga uyg‘unlashtirilgan ijodiy faol muhitni yaratish, o‘quv faoliyati axborot-metodik ta’minotini kengaytirish va nazorat qilishni avtomatlashtirish hamda o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish maqbulligini tahliliy tasniflash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabardagi 11-05-7587/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari axborot kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari aniqlangan;
raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish modeli xalqaro baholash tadqiqot talablariga moslikni ta’minlashga yo‘naltirilgan amaliyot bilan bog‘liqlik, ko‘rgazmalilik, tarbiya va rivojlantiruvchi ta’lim kabi tamoyillarini tizimli-integrativ, innovatsion-faoliyatli yondashuvlarga uyg‘unlashtirish hamda mavjudlik, intensiv, ijodkorlik ko‘rsatkichlarini dasturiy ta’minot mazmuni va vositalari didaktik mazmuniga izchil integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabardagi 11-05-7587/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish modeli mazmuni intensivlashtirilgan;
raqamlashtirish sharoitida dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish metodikasi fundamental xalqaro baholash dasturlari malaka talablarini kasbiy-axborot bilimdonlik, faollik va o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish elementlariga ko‘ra yaxlitlash hamda yakka, guruhli va jamoaviy darslarni tashkil etish va og‘zaki, muammoli, interaktiv, innovatsion metodlar ta’sirchanligini oshirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabardagi 11-05-7587/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish metodikasi mazmuni boyitilgan;
raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish samaradorligi baholashning motivatsion, nazariy, kognitiv, kreativ va jarayonli integrativ mezonlariga ko‘ra yuqori, o‘rta va quyi darajalariga proporsional moslashtirish, fanlararo uzviylikni ta’minlash hamda axborotni yig‘ish, saqlash, uzatish va qayta ishlash funksiyalarining dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabardagi 11-05-7587/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada raqamlashtirish sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligini rivojlantirish samaradorligi oshgan.