Qosimov Sunnat Hatamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashishni tashkil etishning transport-terminal tizimi samaradorligini oshirish», 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3711.
Ilmiy rahbar: Bobanazarova Jamila Xolmurodovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Temirxanov Abdulla Utebay-uli, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashishni tashkil etishning transport-terminal tizimi samaradorligini oshirishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro yuk tashishga ixtisoslashtirilgan transport-terminal xizmati samaradorligini baholash yondashuvi tashish terminallarini kengaytirish, xalqaro tashuv va logistik jarayonining o‘zaro tarkibiy elementlari mutanosibligida ehtiyojni qondirish va moddiy resurslarni uyg‘unlashtirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
transport-terminal tizimiga innovatsion texnologiyalarni qo‘llash yondashuvi texnologik tuzilmalarning muvofiq o‘zgarishi asosida transport xizmatlarini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarishni ta’minlashga ko‘ra takomillashtirilgan;
Jizzax viloyatida transport-terminal xizmatlar ko‘rsatish tizimining rivojlanishi tendensiyasi, maqsadli parametrlar bog‘liqligi korrelyasiyasi va ta’sir etuvchi omillarga ko‘ra transport-terminal xizmat ko‘rsatish hajmi, transport xizmatlar ko‘rsatish hajmi, xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashish hajmi va xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsiyalar hajmining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari asoslangan;
yagona transport tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi samarali transport-terminal tizimining modeli xususiy investisiyalarning investisiyaviy jozibadorlikni oshirish ustuvorligi asosida standartlarga javob beruvchi transport-terminal markazlari tarmog‘ini kengaytirishga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashishni tashkil etishning transport-terminal tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan olingan natijalar asosida: 
xalqaro yuk tashishga ixtisoslashtirilgan transport-terminal xizmati samaradorligini baholash yondashuvi tashish terminallarini kengaytirish, xalqaro tashuv va logistik jarayonining o‘zaro tarkibiy elementlari mutanosibligida ehtiyojni qondirish va moddiy resurslarni uyg‘unlashtirishga ko‘ra takomillashtirishi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 31 oktyabrdagi 4/10430-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif xalqaro bozorlarga chiqishda logistika samaradorligini oshirish va tizimni jadal rivojlantirish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
transport-terminal tizimiga innovatsion texnologiyalarni qo‘llash yondashuvini texnologik tuzilmalarning muvofiq o‘zgarishi asosida transport xizmatlarini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarishni ta’minlashga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 31 oktyabrdagi 4/10430-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqaviy va xalqaro transport tizimida yuk va yo‘lovchilarni tashishda yangi innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash imkoniyatlari yaratilgan;
Jizzax viloyatida transport-terminal xizmatlar ko‘rsatish tizimining rivojlanishi tendensiyasi, maqsadli parametrlar bog‘liqligi korrelyasiyasi va ta’sir etuvchi omillarga ko‘ra transport-terminal xizmat ko‘rsatish hajmi, transport xizmatlar ko‘rsatish hajmi, xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashish hajmi va xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsiyalar hajmining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 31 oktyabrdagi 4/10430-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif viloyatda xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsiyalar hajmini istiqbolda o‘rtacha 13 foizga oshirish  imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
yagona transport tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi samarali transport-terminal tizimining modelini xususiy investisiyalarning investisiyaviy jozibadorlikni oshirish ustuvorligi asosida standartlarga javob beruvchi transport-terminal markazlari tarmog‘ini kengaytirishga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 31 oktyabrdagi 4/10430-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqa va xalqaro miqyosda zamonaviy, qulay transport tizimini rivojlantirish, transport xarajatlarini qisqartirish va o‘z navbatida mintaqa orqali tashilayotgan tranzit oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish