Meliqo‘ziev Abrorjon Akram o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mustaqil ta’lim asosida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda hisobdorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish taxnologiyasi”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4794
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Bakirov To‘lqinjon Yunusalievich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Temirov Nabijon Solievich pedagogika fanlari doktori, professor.
Xo‘jayarova Nafisa Sultonmuradovna pedagogika fanlari nomzodi (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda hisobdorlik ko‘nikmalarini mustaqil ta’lim asosida rivojlantirishning pedagogik texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“hisobdorlik ko‘nikmalari”ning konseptual tahlili asosida oliy pedagogik ta’limda talabalarning hisobdorligi mexanizmlarini takomillashtirish, o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligiga erishishda hisobdorlik majburiyatlarini mustaqil ta’lim asosida shakllantirish, hisobdorlik motivlarining o‘z-o‘zini anglash, o‘z ustida ishlash, o‘z-o‘ziga baho berish kabi komronentlarini kiritish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning hisobdorlik fazilatlari asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil ta’lim tizimini modernizatsiyalash (pedagog va talabaning integral hisobdorligini tashkil qilish), tayanch kompetensiyalarni rivojlantiruvchi hisobdorlik ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘zini-o‘zi tahlil qilish, o‘quv-bilish faoliyati va uning natijalarini nazorat qilishning loyihaviy asoslari aniqlashtirilgan;
mustaqil ta’lim asosida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda hisobdorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli uning maqsadga yo‘nalitirilgan blokidagi vazifalar va tamoyillar, mazmunga doir blokdagi yo‘naltirish, jarayonga doir, natijaviylik bosqichlarida tashkil etiladigan mustaqil ta’limni kognitiv, tashkiliy faoliyatga doir va aksiologik mezonlar asosida baholash va darajalarni aniqlash shakllari, metodlari va vositalarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda hisobdorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimi ochiq, adolatli va shaffof tizimini yaratish, mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonini raqamlashtirish, avtonomlashtirish va mustaqil ta’lim torshiriqlarini of-layn va on-layn bajarishning individualligi, uzlyuksizligi va amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyillari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda hisobdorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
“hisobdorlik ko‘nikmalari”ning konseptual tahlili asosida oily pedagogik ta’limda talabalarning hisobdorligi mexanizmlarini takomillashtirish, o‘quv mashgu’lotlari samaradorligiga erishishda hisobdorlik majburiyatlarini mustaqil ta’lim asosida shakllantirish, hisobdorlik motivlarining o‘z-o‘zini anglash, o‘z ustida ishlash, o‘z-o‘ziga baho berish kabi komronentlarini kiritish asosida aniqlashtirilganligiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170929789-raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 13-yanvardagi 04/11-1231-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda hisobdorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda mustaqil ta’limning o‘rni va imkoniyatlari aniqlashtirishga xizmat qilgan.
talabalarning hisobdorlik fazilatlari asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil ta’lim tizimini modernizatsiyalash (pedagog va talabaning integral hisobdorligini tashkil qilish), tayanch kompetensiyalarni rivojlantiruvchi hisobdorlik ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘zini-o‘zi tahlil qilish, o‘quv-bilish faoliyati va uning natijalarini nazorat qilishning loyihaviy asoslari aniqlashtirilganligiga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 16-yanvardagi 04/11-1445-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda hisobdorlik ko‘nikmalarini mustaqil ta’lim asosida rivojlantirishning loyihaviy texnologiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan.
mustaqil ta’lim asosida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda hisobdorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli uning maqsadga yo‘nalitirilgan blokidagi vazifalar va tamoyillar, mazmunga doir blokdagi yo‘naltirish, jarayonga doir, natijaviylik bosqichlarida tashkil etiladigan mustaqil ta’limni kognitiv, tashkiliy faoliyatga doir va aksiologik mezonlar asosida baholash va darajalarni aniqlash shakllari, metodlari va vositalarini kiritish orqali takomillashtirilganligiga doir ilmiy yangiliklar O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i asosida berilgan 4146679650224625775-raqam bilan ro‘yxatga olingan nashr ruxsatnomasi asosida bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun nashrga tavsiya etilgan “Ijtimoiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Farg‘ona davlat universitening 2025-yil 17-yanvardagi 04/336-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda hisobdorlik ko‘nikmalarini mustaqil ta’lim asosida rivojlantirish tizimi samaradorligi takomillshatrishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda hisobdorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimi ochiq, adolatli va shaffof tizimini yaratish, mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonini raqamlashtirish, avtonomlashtirish va mustaqil ta’lim torshiriqlarini of-layn va on-layn bajarishning individualligi, uzlyuksizligi va amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyillari asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170929789-raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 13-yanvardagi 04/11-1231-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda hisobdorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda mustaqil ta’limning o‘rni va imkoniyatlari aniqlashtirishga xizmat qilgan.