Mamajonov O‘tkirbek Tojiddinovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish (Umumiy pedagogika fani misolida)”,  13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4581
Ilmiy rahbar: Atakulova Nargizaxon Alijonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Ma’murov Baxodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini metodik takomillashtirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ma’naviy kompetentlik” tushunchasining mazmun-mohiyati bo‘lajak o‘qituvchilardagi kasbiy faoliyat mexanizmlarini hamda ma’naviyat va madaniyat uyg‘unligidagi shaxsiy, kasbiy, ma’naviy kompetentlik, ma’naviy bilimdonlik, ma’naviy qadriyatlarga egalik darajalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnologiyalarni metodik takomillashtirishning emotsional psixologik o‘ziga xosliklari asosida ochib berilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy kompetensiyalari insonparvarlik omillarini belgilovchi talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmuomalalik shaxsiy hamda ma’naviy bilimdonlik, pedagogik layoqat va erudisiyaga egalik sifatlarini o‘zida namoyon etuvchi ta’lim modeli pedagogik akmeologiya, aksiologiya va deontologiya tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy kompetentlik darajasini rivojlantirishning maqsadli ta’lim texnologiyalari aksiologik va deontologik yondashuvlar vositasida va integrativ metodlardan uzviy, uzlyuksiz, tizimli foydalanishga yo‘naltirilgan pedagogik-psixologik imkoniyatlar tafakkur, hissiyot, ijtimoiy faoliyat, muomala jarayonlarini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy etuklik darajasini oshirishning metodik tavsiyalari muloqot tamoyillarini ta’minlovchi ilmiylik, faollik, ijodiylik, sheriklik (subekt-subektlik) o‘zida aks ettirgan shaxsning idrok etish, tushunish, faoliyatni tahlil etish, ijtimoiy maqsadga muvofiqlikni qat’iy belgilash kabi kompetensiyalarini baholash mezonlari hamda muloqotning ijtimoiy-perseptiv uslubini faollashtiruvchi texnologiyalardan foydalanishga yo‘naltirilgan ma’naviy bilimdonlik, qadriyatlarga egalik imkoniyatlari bilan bog‘liq omillarga asoslanib takomillashtirilgan.
 IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini metodik takomillashtirishga oid ilmiy natijalar asosida:
“ma’naviy kompetentlik” tushunchasining mazmun-mohiyati bo‘lajak o‘qituvchilardagi kasbiy faoliyat mexanizmlarini hamda ma’naviyat va madaniyat uyg‘unligidagi shaxsiy, kasbiy, ma’naviy kompetentlik, ma’naviy bilimdonlik, ma’naviy qadriyatlarga egalik darajalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnologiyalarni metodik takomillashtirishning emotsional psixologik o‘ziga xosliklari asosida ochib berilgan taklif va tavsiyalardan 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i, №232-716 guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish jarayonida talabalarda ma’naviy kompetensiyalarni rivojlantirishni ta’minlovchi didaktik ta’minotning sifatini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy  etuklik darajasini oshirishni ta’minlovchi ilmiylik, faollik, ijodiylik, sheriklik (subekt-subektlik) muloqoti tamoyillarini o‘zida aks ettirgan metodik tavsiyalar shaxsning idrok etish, tushunish, faoliyatni tahlil etish, ijtimoiy maqsadga muvofiqlikni qat’iy belgilash kabi kompetensiyalarini baholash mezonlari hamda muloqotning ijtimoiy-perseptiv uslubini faollashtiruvchi texnologiyalardan foydalanishga yo‘naltirilgan ma’naviy bilimdonlik, qadriyatlarga egalik imkoniyatlari bilan bog‘liq omillarga asoslanib takomillashtirishga doir metodik tavsiyalardan Andijon davlat universitetida 2017-2019 yillarda bajarilgan OT-F-1-17- raqamli “Ma’naviy begonalashuvining oldini olishda shaxs faolligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda keng foydalanilgan. (Andijon davlat universitetining 2024-yil 5-dekabrdagi 04-2729-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy kompetensiyalarini rivojlantirishni ta’minlovchi ta’lim-tarbiya mazmuni interfaol metodikalar bilan boyitilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarda innovatsion, aksiologik va deontologik yondashuvlar vositasida o‘qitish orqali ma’naviy kompetentlik va bilimdonlikni maqsadli ta’lim texnologiyalari va integrativ metodlardan uzviy, uzlyuksiz, tizimli foydalanishga yo‘naltirilgan pedagogik-psixologik imkoniyatlar tafakkur, hissiyot, ijtimoiy faoliyat, muomala jarayonlarini ta’minlash asosida takomillashtirishgan metodik tavsiyalardan 5111700-Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i, №232-716 guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish