Qushmurotov Umurbek Ibadillaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lg‘usi muhandislarning matematik kompetensiyalarini tezaurusli yondashuv asosida shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.3.PhD/Ped1107 
Ilmiy rahbar: Turgunbaev Riskeldi Musamatovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Kudaybergenov Karimbergen Kadirbergenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Aliev Islambek Tursinbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lg‘usi muhandislarning matematik kompetensiyalarini tezaurusli yondashuv asosida shakllantirishning metodik asoslarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lg‘usi muhandislarning matematik kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari oliy matematika fanining o‘quv tezaurusi (asosiy tushunchalar va iboralar, asosiy masalalar, asosiy masalalarni echish bo‘yicha faoliyat usullari) bilan kompetensiyaviy va kasbga yo‘naltirilgan yondashuvlarni integratsiyalash orqali matematik faoliyatlar asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lg‘usi muhandislarning matematik kompetensiyalarini shakllantirish mazmuni tezaurusli yondashuvni, taksonomik darajalarni (tushunish, bilish, uddalash) kiritishni, gorizontal (fanlararo aloqalar) va vertikal (fan ichidagi aloqalar) aloqalarni didaktik uyg‘unlashtirish asosida integratsiyalashgan o‘quv faoliyati orqali takomillashtirilgan; 
bo‘lg‘usi muhandislarga oliy matematikani o‘qitish metodikasi mavzularning tezaurusli tahlilini bajarish (mavzularning o‘quv tezaurusi va uni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan talaba leksikonini aniqlash), mavzularni o‘qitishni loyihalashtirish (matematik kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladigan tezaurusli masalalarni tanlash), ta’lim shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladigan texnologik xaritalar atlasini yaratish orqali muhandislik ta’limi mazmuniga moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lg‘usi muhandislarning matematik kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligini aniqlash mezonlari tezaurusli masalalarni taksonomik darajalari (tushunish, bilish, uddalash) va muhandislarning kasbiy faoliyatining rivojlanish darajalari (quyi, o‘rta, yuqori) orqali mutonosib moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lg‘usi muhandislar matematik kompetensiyalarini tezaurusli yondashuv asosida shakllantirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
bo‘lg‘usi muhandislarning matematik kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari oliy matematika fanining o‘quv tezaurusi (asosiy tushunchalar va iboralar, asosiy masalalar, asosiy masalalarni echish bo‘yicha faoliyat usullari) bilan kompetensiyaviy va kasbga yo‘naltirilgan yondashuvlarni integratsiyalash orqali matematik faoliyatlar asosida aniqlashtirish hamda bo‘lg‘usi muhandislarning matematik kompetensiyalarini shakllantirish mazmuni tezaurusli yondashuvni, taksonomik darajalarni (tushunish, bilish, uddalash) kiritishni, gorizontal (fanlararo aloqalar) va vertikal (fan ichidagi aloqalar) aloqalarni didaktik uyg‘unlashtirish asosida integratsiyalashgan o‘quv faoliyati orqali takomillashtishga oid takliflar “Oliy matematika (Matematik analizga kirish bo‘limi)” nomli o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i 491534 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lg‘usi muhandislarning matematik kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligi oshgan;
bo‘lg‘usi muhandislarga oliy matematikani o‘qitish metodikasi mavzularning tezaurusli tahlilini bajarish (mavzularning o‘quv tezaurusi va uni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan talaba leksikonini aniqlash), mavzularni o‘qitishni loyihalashtirish (matematik kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladigan tezaurusli masalalarni tanlash), ta’lim shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladigan texnologik xaritalar atlasini yaratish orqali muhandislik ta’limi mazmuniga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy matematika (Matematik analizga kirish bo‘limi)” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i 491534 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lg‘usi muhandislarda oliy matematikani o‘qitish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lg‘usi muhandislarning matematik kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligini aniqlash mezonlari tezaurusli masalalarni taksonomik darajalari (tushunish, bilish, uddalash) va muhandislarning kasbiy faoliyatining rivojlanish darajalari (quyi, o‘rta, yuqori) orqali mutonosib moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy matematika (Matematik analizga kirish bo‘limi)” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i 491534 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lg‘usi muhandislarning matematik kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligini aniqlashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish