Abdusamieva Dilrobo Abduvaxob qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar resotsializatsiyasini takomillashtirish”, 12.00.08 Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1469. 
Ilmiy rahbar: Ermatov G‘ayrat Oqmirzaevich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Abzalova Xurshida Mirziyatovna - yuridik fanlar doktori, professor; Anorboev Murodjon Raxmanqul o‘g‘li - yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar resotsializatsiyasi bilan bog‘liq  munosabatlarni ilmiy-nazariy nuqtai nazardan kompleks tadqiq etish orqali postpenitensiar tizimni takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy xavfliligi yuqori bo‘lgan shaxslarni ozodlikka chiqarish orqali jamiyatda jinoyatchilik xavfi vujudga kelayotganligi sababli Jinoyat kodeksi 
73-moddasi uchinchi qismining “v” bandidagi “shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi engilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa” degan so‘zlarni chiqarib yuborish lozimligi asoslantirilgan;
ozod etilgach sobiq mahkumlarni moddiy jihatdan ta’minlash va tenglik prinsipiga rioya etish zarurati sababli ijtimoiy soliq to‘langan davr ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblanishi kerakligi asoslantirilgan;
mahkumlarni axloqan tarbiyalash jarayonida ularning ruhiyati bilan ishlash muhim ahamiyat kasb etishi sababli tuzalish yo‘liga o‘tmagan deb topilgan mahkumlar bilan tarbiyaviy-profilaktika ishlari muassasa psixologini jalb etgan holda alohida reja asosida amalga oshirilishi kerakligi asoslantirilgan;
Yoshlar ishlari agentligi yoshlarga oid davlat siyosatini kompleks ravishda amalga oshiruvchi davlat tuzilmasi boʻlganligi sababli huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalarini kiritish kerakligi asoslantirilgan;
Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimiga kiritilganligi sababli Yoshlar ishlari agentligi huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni (yoshlarni) ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi kerakligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar resotsializatsiyasini takomillashtirish mavzusini tadqiq etish bo‘yicha olingan xulosalar natijalari asosida:
ijtimoiy xavfliligi yuqori boʻlgan shaxslarni ozodlikka chiqarish orqali jamiyatda jinoyatchilik xavfi vujudga kelayotganligi sababli Jinoyat kodeksi 
73-moddasi uchinchi qismining “v” bandidagi “shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi engilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa” degan so‘zlarni chiqarish haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi 2024-yil 7-avgustdagi “Probatsiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-938-son Qonunining 71-moddasi 3-bandi birinchi xatboshisini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 13-avgustdagi 3/08-141-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi engilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir esa, unga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llanilmasligiga xizmat qilgan;
ozod etilgach sobiq mahkumlarni moddiy jihatdan ta’minlash va tenglik prinsipiga rioya etish zarurati sababli ijtimoiy soliq to‘langan davr ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblanishi kerakligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi 2023-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-817-son Qonunning 2-moddasi 7-bandi (Jinoyat-ijroiya kodeksining 96-moddasiga kiritilgan qo‘shimcha: ikkinchi qism)ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 13-avgustdagi 3/08-141-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi mahkumlarning ijtimoiy soliq to‘lagan davri ularning umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblanishiga xizmat qilgan;
mahkumlarni axloqan tarbiyalash jarayonida ularning ruhiyati bilan ishlash muhim ahamiyat kasb etishi sababli tuzalish yo‘liga o‘tmagan deb topilgan mahkumlar bilan tarbiyaviy-profilaktika ishlari muassasa psixologini jalb etgan holda alohida reja asosida amalga oshirilishi kerakligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi 2023-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-817-son Qonunning 2-moddasi 8-bandi (Jinoyat-ijroiya kodeksining 〖97〗^1-moddasi uchinchi qismi)ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 13-avgustdagi 3/08-141-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi tuzalish yo‘liga o‘tmagan deb topilgan ahkumlar bilan tarbiyaviy-profilaktika ishlari muassasa psixologini jalb etgan holda amalga oshirilishiga xizmat qilgan;
Yoshlar ishlari agentligi yoshlarga oid davlat siyosatini kompleks ravishda amalga oshiruvchi davlat tuzilmasi boʻlganligi sababli huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalarini kiritish kerakligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 25-yanvardagi “Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-747-son Qonunning 2-moddasi 1-bandi (“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasi birinchi qismiga kiritilgan qo‘shimcha: o‘n beshinchi xatboshi)ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 13-avgustdagi 3/08-141-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalarining kiritilishiga xizmat qilgan;
Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimiga kiritilganligi sababli Yoshlar ishlari agentligi huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni (yoshlarni) ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi kerakligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 25-yanvardagi “Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-747-son Qonunning 2-moddasi 2-bandi (“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning 
〖19〗^1-moddasi birinchi qismi beshinchi xatboshi)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 13-avgustdagi 3/08-141-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Yoshlar ishlari agentligining huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishdagi vakolatini belgilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish