Madolimova Namunaxon Hasanboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Endometriozning turli shakllarida homiladorlik va tug‘ruqning patologik kechishini prognozlash va oldini olish», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.2.PhD/ Tib2610.
Ilmiy rahbar: Saidjalilova Dilnoza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Irgasheva Sevara Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi adenomiozning akusherlik va perinatal asoratlarni rivojlanishidagi rolini aniqlash, homiladorlikka tayyorlash, akusherlik va perinatal asoratlarini bashorat qilish va oldini olish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adenomioz mavjud ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarning chastotasi 62,1%ni tashkil etishi va homiladorlik davrida akusherlik asoratlarining rivojlanish ehtimoli va nisbiy xavfi yuqori bo‘lib, ularning tuzilishi: homila o‘z-o‘zidan tushishi, muddatdan oldingi tug‘ruq, juda erta va erta muddatdan oldingi tug‘ruq, platsentar disfunksiya, gipertenziv buzilishlar, homila o‘sishdan orqada qolish sindromi, yo‘ldosh oldinda kelishi va yo‘ldoshning anomal birikishi, shuningdek, tug‘ruqdan keyingi davrda qon ketish va bachadon subinvolyusiyasining yuqori ko‘rsatkichlari isbotlangan;
adenomiozda patologik o‘choqlarini so‘rilishi va residivlarni oldini olish uchun ishlab chikilgan kompleks davoni qo‘llash patologik o‘choqlarini so‘rilishiga, natijada homiladorlik soni 1,8 martaga oshishi (64,1%) va uning muvaffaqiyatli kechishi (χ2=6,37; r<0,05) isbotlangan;
adenomiozi mavjud homilador ayollarning qon zardobidagi trofoblastik β-1-glikoprotein darajasi va homiladorlik asoratlarining rivojlanishi o‘rtasida bog‘liqlik isbotlangan;
adenomiozni davolashda o‘zida dienogest saqlovchi kombinirlangan oral kontratsevtiv va epigenetik ta’sirga ega indol-3-karbinol bilan kompleks davo olib borish hamda akusherlik va perinatal asoratlarini prognozlash va oldini olish homiladorlik asoratlarini kamaytirishi, shuningdek, muddatdan oldingi tug‘ruq chastotasini 3 martaga (χ2=3,52; r<0,05) va reproduktiv yo‘qotishlarini 3,5 martaga kamaytirishi (χ2=3,69; r<0,001) isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Adenomioz bilan xastalangan ayollarda umum-klinik, biokimyoviy, morfologik tekshiruvlar orqali kasallikda homiladorlik va tug‘ruq o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish hamda patogenetik asoslangan davolash usullarini takomilashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: adenomioz mavjud ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarning chastotasi 62,1%ni tashkil etishi va homiladorlik davrida akusherlik asoratlarining rivojlanish ehtimoli va nisbiy xavfi yuqori bo‘lib, ularning tuzilishi: homila o‘z-o‘zidan tushishi, muddatdan oldingi tug‘ruq, juda erta va erta muddatdan oldingi tug‘ruq, platsentar disfunksiya, gipertenziv buzilishlar, homila o‘sishdan orqada qolish sindromi, yo‘ldosh oldinda kelishi va yo‘ldoshning anomal birikishi, shuningdek, tug‘ruqdan keyingi davrda qon ketish va bachadon subinvolyusiyasining yuqori ko‘rsatkichlari isbotlanganligini asoslovchi takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Koordinatsion-ekspert komissiyasi tomonidan 2024 yil 21 iyunda 06-24/341-t son bilan tasdiqlangan «Adenomioz mavjud ayollarni olib borish usuli: homiladorlikdan oldin tayyorlash, bashoratlash va homiladorlik asoratlarning profilaktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika perinatal markazining 2.07.2024 yildagi 141-sonli va shahar 8-sonli tug‘ruq kompleksining 27.06.2024 yildagi 245-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi №07/59-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: adenomioz mavjud ayollarni homiladorlik asoratlari rivojlanishi yuqori xavf guruhiga kiritilishi va asoratlarni oldini olish chora-tadbirlarni o‘tkazilishi homiladorlikni ijobiy kechishiga, akusherlik va perinatal asoratlarni kamayishiga, shuningdek, muddatdan oldingi tug‘ruq chastotasini 3 martaga va reproduktiv yo‘qotishlarini 3,5 martaga kamaytirishiga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: adenomioz mavjud ayollarni homiladorlik asoratlar rivojlanishi yuqori xavf guruhiga kiritilishi va ularni oldini olish chora-tadbirlarni o‘tkazilishi homiladorlikni muvaffaqiyatli kechishiga imkon bergan va gestatsiya asoratlarini tashxislashda bir tekshiruvga sarflanadigan 200000 so‘m va davolashga (o‘rtacha statsionar davo kunlarini va ovqatlanish xarajatlari) sarflanadigan 37 nafar bemorga 29458000 so‘m ortiqcha sarf harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: adenomioz mavjud ayollarni homiladorlik asoratlar rivojlanishi yuqori xavf guruhiga kiritilishi va ularni oldini olish chora-tadbirlarni o‘tkazilishi, bu esa homiladorlikni muvaffaqiyatli kechishiga imkon berishi isbotlanib, 1 nafar bemor hisobiga 796162 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: adenomiozda patologik o‘choqlarini so‘rilishi va residivlarni oldini olish uchun kompleks davo, ya’ni tarkibida dienogest saqlovchi kombinirlangan oral kontratseptiv bilan epigenetik terapiya maqsadida indol-3-karbinolni birgalikda qo‘llash patologik o‘choqlarini so‘rilishi, natijada homiladorlik soni 1,8 martaga oshishi (64,1%) va uning muvaffaqiyatli kechishi (χ2=6,37; r<0,05) isbotlanganligini asoslovchi takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Koordinatsion-ekspert komissiyasi tomonidan 2024 yil 21 iyunda 06-24/341-t son bilan tasdiqlangan «Adenomioz mavjud ayollarni olib borish usuli: homiladorlikdan oldin tayyorlash, bashoratlash va homiladorlik asoratlarning profilaktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika perinatal markazining 2.07.2024 yildagi 141-sonli va shahar 8-sonli tug‘ruq kompleksining 27.06.2024 yildagi 245-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi №07/59-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: adenomioz mavjud ayollarda o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va maqbul davolash choralarini o‘tkazilishi adenomiozni residivlar chastotasini kamayishiga olib kelishi, homiladorlik asoratlarini kamayishiga, shuningdek, bepusht ayollarni yordamchi reproduktiv texnologiyalarga murojaat qilishlar sonini kamayishiga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: adenomioz mavjud ayollarda kompleks davoda epigenetik terapiyani qo‘llash patologik o‘choqlarini so‘rilishiga va residivlar chastotasini kamayishiga hamda homiladorlik sodir bo‘lishini 1,8 martaga oshishi va uning muvaffaqiyatli kechishi imkonini beradi, shunga muvofiq 21 nafar bepusht ayol yordamchi reproduktiv texnologiyalarga murojaat qilmasligi natijasida 409500000 so‘m iqtisod qilinishiga erishilgan. Xulosa: adenomioz mavjud ayollarda kompleks davoda epigenetik terapiyani qo‘llash patologik o‘choqlarini so‘rilishiga va residivlar chastotasini kamayishiga hamda homiladorlik sodir bo‘lishini 1,8 martaga oshishi va uning muvaffaqiyatli kechishi imkonini berishi natijasida yordamchi reproduktiv texnologiyalarga murojaat qilmasligi 1 nafar bemor hisobiga 19500000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: adenomiozi mavjud homilador ayollarning qon zardobidagi trofoblastik β-1-glikoprotein darajasi va homiladorlik asoratlarining rivojlanishi o‘rtasida bog‘liqlik isbotlanganligini asoslovchi takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Koordinatsion-ekspert komissiyasi tomonidan 2024 yil 21 iyunda 06-24/341-t son bilan tasdiqlangan «Adenomioz mavjud ayollarni olib borish usuli: homiladorlikdan oldin tayyorlash, bashoratlash va homiladorlik asoratlarning profilaktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika perinatal markazining 2.07.2024 yildagi 141-sonli va Shahar 8-sonli tug‘ruq kompleksining 27.06.2024 yildagi 245-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ekspertlar kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi №07/59-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homiladorlik asoratlarini trofoblastik β-1–glikoprotein darajasiga qarab bashorat qilish va asoratlarini oldini olish, akusherlik va perinatal asoratlar chastotasini 2 barobardan ko‘proq kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: adenomioz mavjud ayollarda homiladorlik kechishini bashoratlash va profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazilishi, shunga muvofiq o‘rtacha statsionar davo kunlarini qisqartirilishi va ovqatlanish xarajatlarining kamayishi natijasida 37 nafar bemorga 29458000 so‘m mablag‘lari iqtisod qilinishiga erishilgan. Xulosa homiladorlik va tug‘ruq asoratlarini trofoblastik β-1–glikoprotein darajasiga qarab bashorat qilish va asoratlarini oldini olish, akusherlik va perinatal asoratlar chastotasini 2 barobardan ko‘proq kamaytirish imkonini berishi isbotlanib, 1 nafar bemor hisobiga 796162 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik adenomiozni davolashda o‘zida dienogest saqlovchi kombinirlangan oral kontratsevtiv va epigenetik ta’sirga ega indol-3-karbinol bilan kompleks davo olib borish hamda akusherlik va perinatal asoratlarini prognozlash va oldini olish homiladorlik asoratlarini kamaytirishi, shuningdek, muddatdan oldingi tug‘ruq chastotasini 3 martaga (χ2=3,52; r<0,05) va reproduktiv yo‘qotishlarini 3,5 martaga kamaytirishi (χ2=3,69; r<0,001) isbotlanganligini asoslovchi takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Koordinatsion-ekspert komissiyasi tomonidan 2024 yil 21 iyunda 06-24/341-t son bilan tasdiqlangan «Adenomioz mavjud ayollarni olib borish usuli: homiladorlikdan oldin tayyorlash, bashoratlash va homiladorlik asoratlarning profilaktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika perinatal markazining 2.07.2024 yildagi 141-sonli va Shahar 8-sonli tug‘ruq kompleksining 27.06.2024 yildagi 245-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ekspertlar kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi №07/59-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: adenomioz mavjud ayollarda epigenetik terapiya o‘z ichiga olgan davo, homiladorlik asoratlarini bashoratlash usulining ishlab chiqilishi va oldini olish usulini takomillashtirish adenomioz o‘choqlarini residivlarini oldini olishga, akusherlik va perinatal asoratlar chastotasini shuningdek, muddatdan oldingi tug‘ruq va reproduktiv yo‘qotishlarini kamayishiga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: adenomioz mavjud ayollarda epigenetik terapiyani o‘z ichiga olgan davo, homiladorlik asoratlarini bashoratlash usulining ishlab chiqilishi va oldini olish usulini takomillashtirish natijasida o‘rtacha statsionar davo kunlarini qisqartirilishi va ovqatlanish xarajatlarining kamayishi natijasida 66 nafar bemorga 29458000 so‘m mablag‘lari iqtisod qilinishiga erishilgan. Xulosa: adenomioz mavjud ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarning bashoratlash usulining ishlab chiqilishi va homiladorlikda asoratlarni oldini olish usulini takomillashtirish muddatdan oldingi tug‘ruq va reproduktiv yo‘qotishlarini kamayishiga olib kelishi isbotlanib, 1 nafar bemor hisobiga 446330 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.