Turaxanov Saidkamol Valixanovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pastki jag‘ suyagi singan bemorlarni davolashda fanlararo yondashuv» 14.00.21–Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1947.
Ilmiy rahbar: Xramova Natal`ya Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Muxamedjon Ismailovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Shukparov Asilbek Bayadilovich tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Qozon davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pastki jag‘ suyagi singan bemorlarni davolashda immobilizatsiya va fanlararo yondashuvni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pastki jag‘ suyagi sinishlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rstish bosqichida bo‘lakchalarning immobilizatsiyasi uchun og‘izdan tashqari bog‘lamining qo‘llanilishi qon yo‘qotilishini kamaytirishi, transportirovkada bo‘lakchalarning siljishini oldini olishi, travmatik osteomielit rivojlanish xavfini kamaytirishi isbotlangan;
og‘izdan tashqari bog‘lamining uzoq muddat davomida qo‘llanilishida singan tarafdagi m.temporalis va m.masseter chaynov mushaklarining mushak komponenti pastki jag‘ning fiziologik tinchlik ko‘rsatkichi diapazoniga (218,1±1,7 va 209,1±1,3) yaqinlashishi isbotlangan;
pastki jag‘ suyagi singan bemorlar psixologni jalb qilgan holda fanlararo yondashuv zururligini asoslaydigan o‘zini o‘rtacha va past baholaydigan, xavotirli va qo‘zg‘aluvchan shaxslarning ustunlik qilishi G.Ayzenk va Dembo-Rubinshteyn uslublari bilan aniqlangan;
pastki jag‘ suyagi singan bemorlarni davolashda og‘izdan tashqari fiksatsiyasi va psixologni jalb qilgan holda taklif etilgan fanlararo yondashuvning qo‘llanilishi so‘yak to‘qimalarining to‘laqonli regeneratsiyasiga ko‘maklashib va psixoemotsional zo‘riqishni kamaytirgan holda, to‘laqonli ijtimoiy reabilitatsiyani, suyak bo‘lakchalarining maksimal fiksatsiyasini ta’minlashi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pastki jag‘ suyagi singan bemorlarni davolashda fanlararo yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/87-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ suyagi sinishlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rstish bosqichida bo‘lakchalarning immobilizatsiyasi uchun og‘izdan tashqari bog‘lamining qo‘llanilishi qon yo‘qotilishini kamaytirishi, transportirovkada bo‘lakchalarning siljishini oldini olishi, travmatik osteomielit rivojlanish xavfini kamaytirishi isbotlangan; Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etilishi: Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi kattalar yuz-jag‘ jarroxligi bo‘limi, Toshkent sh. Tez tibbiy yordam klinik kasalxonasi shoshilinch yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi, Qibray tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 oktyabrdagi 8n-z/373-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: standart transport bog‘lam ishonchli fiksatsiyani ta’minlaydi, bu esa bemorga asoratlar xavfini kamaytirish va davolanish jarayonini tezlashtirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: xorijdan kelayotgan analoglardan 3 barobar arzon. Investisiyalar rentabelligi koeffisienti 8,1%.
ikkinchi ilmiy yangilik: og‘izdan tashqari bog‘lamining uzoq muddat davomida qo‘llanilishida singan tarafdagi m.temporalis va m.masseter chaynov mushaklarining mushak komponenti pastki jag‘ning fiziologik tinchlik ko‘rsatkichi diapazoniga (218,1±1,7 va 209,1±1,3) yaqinlashishi isbotlangan; Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etilishi: Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi kattalar yuz-jag‘ jarroxligi bo‘limi, Toshkent sh. Tez tibbiy yordam klinik kasalxonasi shoshilinch yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi, Qibray tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 oktyabrdagi 8n-z/373-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: immobilizatsiya va davolash uchun standart bog‘lamdan foydalanganda mushak komponenti raqamli diapazonga yaqin, jag‘ning fiziologik qolgan qismi va og‘riq komponenti pasayishga intiladi. Jag‘ sinishlarini immobilizatsiya qilish va davolash uchun standart bog‘lam jag‘ singanlarida immobilizatsiya va fiksatsiyaning qo‘shimcha usuli sifatida tavsiya etilishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: O‘zbekistonning jag‘lar sinishida standart transport va davolovchi bog‘lamga bo‘lgan yillik ehtiyojining 50% ni qoplaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ suyagi singan bemorlar psixologni jalb qilgan holda fanlararo yondashuv zururligini asoslaydigan o‘zini o‘rtacha va past baholaydigan, xavotirli va qo‘zg‘aluvchan shaxslarning ustunlik qilishi G.Ayzenk va Dembo-Rubinshteyn uslublari bilan aniqlangan; Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etilishi: Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi kattalar yuz-jag‘ jarroxligi bo‘limi, Toshkent sh. Tez tibbiy yordam klinik kasalxonasi shoshilinch yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi, Qibray tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 oktyabrdagi 8n-z/373-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jag‘i singan bemorlarni to‘liq reabilitatsiya qilish uchun bemorlar va ularning qarindoshlari xamda bemorlarning individual holati va sub’ektiv hayotiy tajribasini hisobga olgan holda psixologik ish olib borish kerak. Jag‘lari singan bemorlarni to‘laqonli reabilitatsiyasi uchun ularning individual holati va sub’ektiv xayot tajribasini inobatga olgan holda bemorlar va ularning qarindoshlari bilan psixologik ishlarni olib borish lozim.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ suyagi singan bemorlarni davolashda og‘izdan tashqari fiksatsiyasi va psixologni jalb qilgan holda taklif etilgan fanlararo yondashuvning qo‘llanilishi suyak to‘qimalarining to‘laqonli regeneratsiyasiga ko‘maklashib va psixoemotsiotsional zo‘riqishni kamaytirgan holda, to‘laqonli ijtimoiy reabilitatsiyani, suyak bo‘lakchalarining maksimal fiksatsiyasini ta’minlashi isbotlangan. Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etilishi: Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi kattalar yuz-jag‘ jarroxligi bo‘limi, Toshkent sh. Tez tibbiy yordam klinik kasalxonasi shoshilinch yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi, Qibray tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 oktyabrdagi 8n-z/373-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilmiy tadqiqot ishi jag‘ning sinishini immobilizatsiya qilish va davolash uchun tavsiya etilgan standart transport bog‘lam jag‘ singan bemorlarni davolashda patogenetik jihatdan to‘g‘ri tanlovdir. Jag‘lari singan bemorlarni davolashda fanlararo yondashuv tavsiya etiladi, bu esa davolash natijalarini yaxshilaydi. Jag‘i singan bemorlarga fanlararo yondashuvni qo‘llash davolash natijalarini yaxshilaydi, bu esa bemorlarning to‘liq psixologik va fiziologik reabilitatsiyasiga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Standart transport bog‘lamga nisbatan mahalliy bozorda talab kundan-kunga ortib bormoqda. Xozirga qadar 10 million so‘mlik mahsulot sotuvi amalga oshirildi.