Klimashkin Aleksey Aleksandrovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Homila o‘sishning cheklanish sindromi: pasayish zaxirasi va o‘lik tug‘ilish holatlarini oldini olish”,14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.2.DSc/Tib681.
Ilmiy maslahatchi: Rasul`-Zade Yulduz Gulyamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaybullina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi homila o‘sishining cheklanganlik sindromi bilan bog‘liq o‘lik tug‘ilishlar holatini kamaytirish bo‘yicha boshqariladigan omillarni tahlil qilish va ularni korreksiya qilish asosida samarali profilaktika strategiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
HO‘ChS o‘lik tug‘ilishning asosiy sababi (28,4%) ekanligi aniqlangan, ReCoDe va ICD-PM tasniflarini qo‘llash, Wigglesworth tasnifi bilan solishtirganda, sababi noma’lum bo‘lgan holatlar ulushini kamaytirgani (17,9% va 27,7% ga nisbatan 34,7%) ko‘rsatilgan, shu bilan birga, ushbu tasniflarning qo‘llanilishi baholanib, ularning afzalliklari va cheklovlari isbotlangan;
HO‘ChS homilaning kompensator mexanizmlarini aks ettiruvchi o‘ziga xos metabolik o‘zgarishlar bilan birga kechishi aniqlangan bo‘lib, normal homiladorlik va HO‘ChSda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar peshobining metabolik profilini maqsadsiz tahlil qilish energiya tanqisligiga xos bo‘lgan metabolik siljishlar belgilarini aniqlash imkonini bergan, bunda mio-inozitol darajasining 8% ga, kreatinning 35,4% ga, sitratning 39,95% ga oshishi aniqlangan bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar HO‘ChSni tashxislash uchun qo‘shimcha mezon sifatida xizmat qilishi isbotlangan;
klinik oldi bosqichda aniqlangan HO‘ChSni uzoq muddatli davolashda kreatin monogidratning aspirin bilan birgalikda qo‘llanilishi samarali ekanligi aniqlangan bo‘lib, bu yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning tana vaznini o‘rtacha 379±54 grammga oshirgani, homiladorlikni 3,2 haftaga uzaytirgani, HO‘ChS chastotasini 5,7% ga, shu jumladan uning erta shaklini (32 haftagacha) 5,3% ga va og‘ir bosqichlarini (III-IV) 4,8% ga kamaytirgani, shuningdek, hayotning beshinchi daqiqasida Apgar shkalasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni yaxshilagani va ona uchun homiladorlikning salbiy oqibatlari xavfini potensial ravishda kamaytirgani isbotlangan;
HO‘ChS bo‘lgan homilalarda holatning yomonlashish dinamikasini tavsiflovchi dopplerometrik o‘zgarishlar PI UA ning ko‘tarilishi (18 kun davomida saqlangan), PI MCA ning pasayishi (taxminan 10 kun), tug‘ruqdan 6-8 kun oldin UA da yakuniy diastolik tezlikning yo‘qolgani, UA da teskari qon oqimi (tug‘ruqdan 8 kun oldin) va DV da patologik qon oqimi (4 kun oldin) ko‘rinishida tasniflangan bo‘lib, qon oqimining keskin yomonlashuvi homiladorlik muddatidan qat’i nazar, muddatidan oldin tug‘ruq qilish uchun ko‘rsatma ekanligi isbotlangan;
HO‘ChSning I bosqichi mavjud homilador ayollarda Foley kateteri yordamida tug‘ruq induksiyasi tabiiy tug‘ruq ehtimolini sezilarli darajada oshirgani (86,7% ga nisbatan 38,9%, r=0,011), kesarcha kesish chastotasini kamaytirgani (IN 0,10; 95 % IO 0,02-0,50; r=0,011), shu jumladan induksiya paytidagi operatsiyalarni ham (33,3% ga nisbatan 0%, r=0,021), taxisistoliya chastotasini pasaytirgani (11,1% ga nisbatan 6,7%), shuningdek, infeksion asoratlar, tug‘ruqdan keyingi qon ketishi va yumshoq to‘qimalar yirtilishi xavfining kamaygani kuzatilgan bo‘lib, bu esa mazkur usulning xavfsizligi va maqsadga maqsadga muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
HO‘ChSda akusherlik taktikasi, monitoringi va diagnostikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: HO‘ChS o‘lik tug‘ilishning asosiy sababi (28,4%) ekanligi aniqlangan, ReCoDe va ICD-PM tasniflarini qo‘llash, Wigglesworth tasnifi bilan solishtirilganda, sababi noma’lum bo‘lgan holatlar ulushini kamaytirgani (17,9% va 27,7% ga nisbatan 34,7%) ko‘rsatilgan, shu bilan birga, ushbu tasniflarning qo‘llanilishi baholanib, ularning afzalliklari va isbotlanganligi “RIOvaBSIATM DM” Navoiy viloyati (Navoiy shahri) va Toshkent shahri filiallari, Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining xulosasi 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/87-sonli yig‘ilish bayonnomasi) va natijalar 2024 yil 12 martdagi 82-son, 2024 yil 12 yanvardagi 34-son va 2024 yil 19 yanvardagi 62-son buyruqlariga muvofiq joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘lik tug‘ilishni tasniflashning zamonaviy tizimlarini joriy etish perinatal yo‘qotishlar darajasini pasaytiradi, profilaktika chora-tadbirlarini o‘z vaqtida ishlab chiqishga, perinatal yordam sifatini yaxshilashga, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan qonuniyatlar HO‘ChSni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish orqali perinatal yo‘qotishlar darajasini kamaytirgan, bu esa perinatal yordam resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlagan bo‘lib, jami 285 ta o‘lik tug‘ilish holati o‘rganilgan va shundan 81 tasi HO‘ChS bilan bog‘liq bo‘lgan; zamonaviy tasniflash tizimlari va profilaktika chora-tadbirlarini joriy etish iqtisodiy xarajatlarni 310636890 so‘m kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: o‘lik tug‘ilishni tasniflashning zamonaviy tizimlarini joriy etish klinik amaliyotda o‘z ahamiyatini ko‘rsatgan, xavf omillarini aniqroq baholash va profilaktika choralari samaradorligini oshirish imkonini bergan, bu esa o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va tibbiy yordamni optimallashtirish orqali sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan moliyaviy yukni kamaytirgan, HO‘ChS bilan bog‘liq har bir holat uchun o‘rtacha 3824400 so‘mni tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: HO‘ChS homilaning kompensator mexanizmlarini aks ettiruvchi o‘ziga xos metabolik o‘zgarishlar bilan birga kechishi aniqlangan bo‘lib, normal homiladorlik va HO‘ChSda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar peshobining metabolik profilini maqsadsiz tahlil qilish energiya tanqisligiga xos bo‘lgan metabolik siljishlar belgilarini aniqlash imkonini bergan, bunda mio-inozitol darajasining 8% ga, kreatinning 35,4% ga, sitratning 39,95% ga oshishi aniqlangan, bu ko‘rsatkichlar HO‘ChSni tashxislash uchun qo‘shimcha mezon sifatida xizmat qilishi mumkinligi isbotlangan va ushbu natijalar “RIOvaBSIATM DM” Navoiy viloyati (Navoiy shahri) va Toshkent shahri filiallari, shuningdek, Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining xulosasi 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/87-sonli yig‘ilish bayonnomasi) hamda 2024 yil 12 martdagi 82-son, 2024 yil 12 yanvardagi 34-son va 2024 yil 19 yanvardagi 62-son buyruqlariga muvofiq joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan HO‘ChS metabolik markerlari tashxis va prognoz aniqligini oshiradi, tibbiy taktikani o‘z vaqtida korreksiya qilish imkonini beradi. Bu perinatal asoratlar xavfini kamaytiradi, chaqaloqlar uchun natijalarni yaxshilaydi, perinatal yordam samaradorligini oshiradi va sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan moliyaviy yukni kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: HO‘ChSni tashxislash uchun metabolik markerlarni qo‘llash takroriy instrumental va laborator tekshiruvlar xarajatlarini kamaytirgan, umumiy tekshiruv xarajatlarini qisqartirgan. Natijada metabolomni o‘rganishga kiritilgan HO‘ChS mavjud 40 nafar bemor uchun 108000000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: HO‘ChSning aniqlangan metabolik markerlaridan diagnostika jarayonini optimallashtirish uchun samarali foydalanish takroriy tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirgan hamda har bir bemor uchun o‘rtacha 2700000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: klinik oldi bosqichda aniqlangan HO‘ChSni uzoq muddatli davolashda kreatin monogidratning aspirin bilan birgalikda qo‘llanilishi samarali ekanligi aniqlangan bo‘lib, bu yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning tana vaznini o‘rtacha 379 ± 54 grammga oshirgani, homiladorlikni 3,2 haftaga uzaytirgani, HO‘ChS chastotasini 5,7% ga, shu jumladan uning erta shaklini (32 haftagacha) 5,3% ga va og‘ir bosqichlarini (III–IV) 4,8 % ga kamaytirgani, shuningdek, hayotning beshinchi daqiqasida Apgar shkalasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni yaxshilagani va ona uchun homiladorlikning salbiy oqibatlari xavfini potensial ravishda kamaytirgani isbotlangan hamda “Homila o‘sishi cheklanishi sindromida hisoblash kompyuterli modellashtirish yordamida homila qon aylanishi buzilishlarini baholash usuli” nomli uslubiy qo‘llanmaga kiritilgan (ToshPTI ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 3 aprelda 03/233-son bilan tasdiqlangan) va natijalar 2024 yil 12 martdagi 82-son, 2024 yil 12 yanvardagi 34-son va 2024 yil 19 yanvardagi 62-son buyruqlarga muvofiq “RIOvaBSIATM DM” Navoiy viloyati (Navoiy shahri) va Toshkent shahri filiallari, shuningdek, Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining xulosasi 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/87-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: klinik oldi bosqichda HO‘ChSni davolashda kreatin monogidratni aspirin bilan birga qo‘llash perinatal natijalarni yaxshilashga yordam beradi, og‘ir shakllarning chastotasini, erta tug‘ilish xavfini va perinatal kasalliklarni kamaytiradi. Bu neonatal reanimatsiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning yaxshiroq moslashishiga yordam beradi va nevrologik buzilishlar xavfini kamaytiradi. Onalarda tug‘ruqdan keyingi asoratlar kamroq rivojlanadi, bu esa tiklanishni tezlashtirdi va hayot sifatini yaxshilaydi. Bundan tashqari, shifoxonada davolanish davomiyligi va sog‘liqni saqlash tizimiga yuklama kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: HO‘ChSni davolashda kreatin monogidratni aspirin bilan birgalikda qo‘llash og‘ir shakllarining chastotasini kamaytirish, uzoq muddatli kasalxonaga yotqizish va shoshilinch kesar kesish chastotasini kamaytirish imkonini bergan. 91 kunlik kreatin monogidratni kursi narxi bir bemor uchun 455000 so‘mni tashkil etgan va kasalxonada qolish muddatining qisqarishi tufayli homiladorlikni olib borish uchun o‘rtacha xarajatlar 4105000 so‘mgacha kamaygan. Ilgari HO‘ChS bilan og‘rigan bemorlar takroriy kasalxonaga yotqizish va shoshilinch jarrohlik tug‘ruqlarini o‘z ichiga olgan uzoqroq davolangan, bu esa har bir bemor uchun xarajatlarni 17300000 so‘mgacha oshirgan, tadqiqotda 191 nafar bemor ishtirok etgan va ularning davolanishi uchun umumiy iqtisod 2520245000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: olingan natijalar asosida HO‘ChSni davolashda kreatin monogidratning aspirin bilan birgalikda samaradorligi isbotlangan, bu homiladorlik va tug‘ruq xarajatlarini bitta bemor uchun 13195000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: HO‘ChS bo‘lgan homilalarda holatning yomonlashish dinamikasini tavsiflovchi dopplerometrik o‘zgarishlar PI UA ning ko‘tarilishi (18 kun davomida saqlangan), PI MCA ning pasayishi (taxminan 10 kun), tug‘ruqdan 6–8 kun oldin UA da yakuniy diastolik tezlikning yo‘qolgani, UA da teskari qon oqimi (tug‘ruqdan 8 kun oldin) va DV da patologik qon oqimi (4 kun oldin) ko‘rinishida tasniflangan bo‘lib, qon oqimining keskin yomonlashuvi homiladorlik muddatidan qat’i nazar, muddatidan oldin tug‘ruq qilish uchun ko‘rsatma ekanligi isbotlangan hamda natijalar “Homila o‘sishi cheklanishi sindromida hisoblash kompyuterli modellashtirish yordamida homila qon aylanishi buzilishlarini baholash usuli” nomli uslubiy qo‘llanmaga kiritilgan (ToshPTI ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 3 aprelda 03/233-son bilan tasdiqlangan) va natijalar 2024 yil 12 martdagi 82-son, 2024 yil 12 yanvardagi 34-son, 2024 yil 19 yanvardagi 62-son buyruqlarga muvofiq “RIOvaBSIATM DM” Navoiy viloyati (Navoiy shahri) va Toshkent shahri filiallari, shuningdek, Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining xulosasi 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/87-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: HO‘ChSda dopplerometrik o‘zgarishlar tasnifi kritik holatlarni aniq aniqlash va tug‘ruq haqida o‘z vaqtida qaror qabul qilish imkonini beradi, bu esa homila ichki o‘limi va og‘ir neonatal asoratlar xavfini kamaytiradi. O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar homiladorlikni uzaytiradi, chala tug‘ilish bilan bog‘liq asoratlarni kamaytiradi va bolada nevrologik buzilishlar chastotasini pasaytiradi. Bu bolalar nogironligini kamaytirishga va uzoq muddatli istiqbolda ularning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: HO‘ChSda dopplerometrik o‘zgarishlar tasnifini qo‘llash kritik holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va homiladorlikni boshqarish taktikasini optimallashtirish imkonini bergan. Bu shoshilinch kesar kesish operatsiyalari sonini va chaqaloqlarning intensiv terapiyaga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirgan, natijada HO‘ChS bilan og‘rigan 51 nafar bemor uchun jami 92650000 so‘m mablag‘ tejalishiga olib kelgan. Xulosa: qon oqimini an’anaviy baholashda faqat joriy dopplerometrik ko‘rsatkichlar hisobga olingan. HO‘ChS bilan bog‘liq keyingi yomonlashish muddatlari prognozlanmagan, dinamik tahlilning yo‘qligi tug‘ruq haqida o‘z vaqtida qaror qabul qilishni qiyinlashtirgan va homilaning ona qornida nobud bo‘lish xavfini oshirgan. Dopplerometrik o‘zgarishlar tasnifini joriy etish kritik holatlarni aniq prognozlash, homiladorlikni boshqarish taktikasini optimallashtirish va og‘ir neonatal asoratlar chastotasini kamaytirish imkonini bergan, natijada HO‘ChS bo‘lgan bir nafar bemor hisobiga 1816667 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: HO‘ChSning I bosqichi mavjud homilador ayollarda Foley kateteri yordamida tug‘ruq induksiyasi tabiiy tug‘ruq ehtimolini sezilarli darajada oshirgani (86,7% ga nisbatan 38,9%, r=0,011), kesarcha kesish chastotasini kamaytirgani (IN 0,10; 95 % IO 0,02–0,50; r=0,011), shu jumladan induksiya paytidagi operatsiyalarni ham (33,3% ga nisbatan 0 %, r=0,021), taxisistoliya chastotasini pasaytirgani (11,1% ga nisbatan 6,7%), shuningdek, infeksion asoratlar, tug‘ruqdan keyingi qon ketishi va yumshoq to‘qimalar yirtilishi xavfining kamaygani kuzatilgan bo‘lib, bu esa mazkur usulning xavfsizligi va maqsadga muvofiqligini isbotlagan hamda natijalar 2024 yil 12 martdagi 82-son, 2024 yil 12 yanvardagi 34-son, 2024 yil 19 yanvardagi 62-son buyruqlarga muvofiq “RIOvaBSIATM DM” Navoiy viloyati (Navoiy shahri) va Toshkent shahri filiallari, Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining xulosasi 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/87-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: HO‘ChSning I bosqichi mavjud ayollarda tug‘ruqni induksiya qilishda Foley kateterini qo‘llash kasalxonaga yotqizish muddatini qisqartiradi, tabiiy tug‘ruq chastotasini oshirishga yordam beradi, tug‘ruqdan keyingi davrda ayollarning jismoniy va psixologik tiklanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uzoq muddatli parvarish va tibbiy kuzatuvga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, reproduktiv prognozni yaxshilaydi, bachadonida chandiq bo‘lgan ayollar sonini kamaytiradi, onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: HO‘ChSning I bosqichi mavjud homilador ayollarda tug‘ruqni induksiya qilishda Foley kateterini qo‘llash kesarcha kesish chastotasini (38,9% dan 13,3% gacha) kamaytirish va kasalxonada yotish muddatini 52 kunga qisqartirish xisobga imkonini bergan va bir kunlik yotoq hamda kesarcha kesish xarajatlarini hisobga olgan holda, umumiy 137088000 so‘mni tejash imkonini bergan. Xulosa: HO‘ChSning I bosqichi mavjud ayollarda tug‘ruqni induksiya qilishda Foley kateterini qo‘llash tabiiy tug‘ruq chastotasini oshirish, reproduktiv prognozni yaxshilash va onalar hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hayot sifatini oshirishga yordam bergan va kesarcha kesish chastotasini kamaytirish, shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish orqali har bir bemor uchun 2688000 so‘mni tejash imkonini bergan