Nizomova Bashoratxon Begalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy fanlar integratsiyasi asosida biologiya oʻqitish jarayonini takomillashtirish (7-sinflar misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (biologiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6481.
Ilmiy rahbar: Doʻmonov Baxromjon Muxtorivich, pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Fargʻona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.06.2021.B.05.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shermatov Malikjon Raxmatjonovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Samatov Dilshodbek Toxirjonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy fanlar integratsiyasi asosida biologiya o‘qitish jarayonini takomillashtirish va samaradorligini oshirish boyicha taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida biologiya fanini turdosh tabiiy fanlar bilan integratsiyasi asosida mavzularni kolloborativ (hamkorlik) o‘qitilishi – darsning sifat jihatidan yangi turi (dinamik, informatsion) ni interpretatsiya qilish, o‘qitish metodlarini differensiyasiyalash (farqlash) hamda didaktik resurslarning difersifikatsiya (kengaytirish) qilinishi asosida boytilgan;
tabiiy fanlar integratsiyasi asosida biologiya fanini o‘qitishning metodik tizimi hamda didaktik imkoniyatlari muammoli ta’limga asoslangan ilmiy-kreativ loyihalarni va xalqaro baholash tadqiqotlarida keltirilgan tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishning konseptual jihatlarini o‘quv-metodik jarayonning tayyorlov, rejalashtirish, amalga oshirish, baholash kabi bosqichlari bilan uyg‘unligini ta’minlash mantig‘iga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
zamonaviy pedagogik yondashuvlar vositasida 7-sinf biologiya fanini o‘qitishning metodik ta’minoti integrativ ta’lim texnologiyasi asosida shakllantirilgan dars mashg‘uloti bosqichlarini o‘rganish jarayonining intevsivlik darajasini oshirish, topshiriqli-amaliy yoʻnaltirilgan loyihalash faoliyati bilan samaradorligini muntazam baholab borish asosida aniqlashtirilgan;
tabiiy fanlar integratsiyasi asosida biologiya fanini o‘qitish jarayoni metodik jihatdan o‘quvchilarning individual xususiyatlari, ehtiyojlari va motivotsional preferensiyalariga mos keluvchi pedagogik texnologiyalarni kollaborativ, situativ, eksperimental dars shakllari bilan rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy fanlar integratsiyasi asosida biologiya o‘qitish jarayonini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
mavzularni integratsiya qilish, intensiv mashg‘ulotlar hamda o‘qitish jarayonini differensiallashtirish kabi asosiy xususiyatlarini o‘quv faoliyatini tahlil qilish, maqsad va didaktik resurslarni mazmunli tavsifini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan umumta’lim maktablarida biologiya fanini turdosh tabiiy fanlar bilan integratsiyasi asosida fanni o‘qitish mazmuni, mohiyati va pedagogik shart-sharoitlariga oid fikr mulohazalar “Biologiya va turdosh tabiiy fanlar integratsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, 314-66-son nashr guvohnomasi). Natijada biologiya fanidan o‘quv mashg‘ulotlarini mavzular-aro va fanlararo integratsiyasiga asosan tashkil etishga oid uslubiy ma’lumotlarning tizimliligiga erishilgan;
muammoli ta’limga asoslangan ilmiy-kreativ loyihalar, xalqaro baholash tadqiqotlarida keltirilgan tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishning konseptual mazmunini o‘quv-metodik jarayonning tayyorlov, rejalashtirish, amalga oshirish, baholash kabi bosqichlari bilan uyg‘unligini ta’minlash mantig‘iga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan tabiiy fanlar integratsiyasi asosida biologiya fanini o‘qitishning metodik tizimi hamda didaktik imkoniyatlariga oid takliflar Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 28-avgustdagi 01/11-01/1-733-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni integrativ asosida rivojlantirish orqali biologiya o‘quv faniga doir kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatini bergan;
integrativ ta’lim texnologiyasi asosida shakllantirilgan dars mashg‘uloti bosqichlari va ketma-ketligi o‘rganish jarayonini intevsivlik darajasini oshirish, topshiriqli-amaliy yoʻnaltirilgan loyihalash faoliyatining produktivlik jihati samaradorligini muntazam baholab borish asosida takomillashtirilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar vositasida 7-sinfda biologiya fanini o‘qitishning metodik ta’minotiga oid taklif va tavsiyalar “Biologiya va turdosh tabiiy fanlar integratsiyasi” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi № DGU 27510). Natijada o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishga, ularni xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlashning uslubiy ta’minoti takomillashishiga erishilgan;
o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari, ehtiyojlari va motivotsional preferensiyalariga mos keluvchi pedagogik texnologiyalar bilan kollaborativ, situativ, eksperimental dars shakllarini rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali takomillashtirilgan tabiiy fanlar integratsiyasi asosida biologiya fanini o‘qitish jarayonini metodik ta’minoti doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi VM–997-son “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilgan vazifalarni hal etishda biologiya fanidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash uchun ochiq va yopiq javobli hamda PISA testlarini tuzishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 28-avgustdagi 01/11-01/1-733-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy fanlar integratsiyasi asosida biologiya o‘qitish jarayonini takomillashtirishning didaktik imkoniyati kengaytirilgan hamda o‘quvchilarda nazariy va amaliy kompetentlikni rag‘batlantirishga xizmat qilgan.