Niyozmetov Doniyor Rejabbaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt1794
Ilmiy rahbar: Qulmetov Mansur Ro‘zmatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Xo‘jamurodov Asqar Jalolovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida sof foyda hajmini “qoniqarli” (0 < Sf ≤ 1 yil), “yaxshi” (1 yil < Sf ≤ 3 yil), “a’lo” (3 yil < Sf ≤ 5 yil va undan ortiq)  toifalariga tasniflash asosida “a’lo” toifasidan olinuvchi dividend ajratmalarining muayyan darajasida bank aksiyalarining bozor bahosini ko‘tarish orqali qo‘shimcha kapital hajmini oshirish imkoniyatlari asoslangan;
tijorat banklarining brutto aktivlari tarkibida investisiyalarning ulushini o‘rtacha 10 foiz o‘sish darajasini bankning yalpi aktivlari yillik o‘rtacha o‘sish sur’atini 10 foiz ko‘rsatkichda mutanosib holda saqlash zarurligi ilmiy asoslangan; 
tijorat banklarida yuqori likvidli investisiyalar hajmini ko‘paytirish hamda tijorat banklari aktivlarining diversifikatsiya darajasini barqaror daromad manbalari hisobiga kengaytirishda qimmatli qog‘ozlar turlarini “yuqori” (0,75 – 1,0), “o‘rta” (0,45 – 0,74) va “past” (0 – 0,44) toifalariga ajratgan holda yondashish taklifi asoslangan;
O‘zbekistondagi tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar  bozori faoliyatini samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida tijorat banklari qimmatli qog‘ozlari ulushining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tijorat banklarida sof foyda hajmini “qoniqarli” (0 < Sf ≤ 1 yil), “yaxshi” (1 yil < Sf ≤ 3 yil), “a’lo” (3 yil < Sf ≤ 5 yil va undan ortiq)  toifalariga tasniflash asosida “a’lo” toifasidan olinuvchi dividend ajratmalarining muayyan darajasida bank aksiyalarining bozor bahosini ko‘tarish orqali qo‘shimcha kapital hajmini oshirish taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha 2024-yil biznes rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki 2024-yil 14-avgustdagi № 04-16/23385-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning o‘z mablag‘lari tarkibida qo‘shimcha kapital manbasining summasi 2024-yil 30-mayda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga oshishi ta’minlangan;
tijorat banklarining brutto aktivlari tarkibida investisiyalarning ulushini o‘rtacha 10 foiz o‘sish darajasini bankning yalpi aktivlari yillik o‘rtacha o‘sish sur’atini 10 foiz ko‘rsatkichda mutanosib holda saqlash taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining strategik rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki 2024-yil 14-avgustdagi №04-16/23385-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Mikrokreditbank”ning investisiyalari (davlat va xususiy korxonalarning hamda boshqa qimmatli qog‘ozlari) hajmining 2024-yil 30-iyun holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 145,5 mlrd. so‘mga oshishiga erishilgan;
tijorat banklarida yuqori likvidli investisiyalar hajmini ko‘paytirish hamda tijorat banklari aktivlarining diversifikatsiya darajasini barqaror daromad manbalari hisobiga kengaytirishda qimmatli qog‘ozlar turlarini “yuqori” (0,75 – 1,0), “o‘rta” (0,45 – 0,74) va “past” (0 – 0,44) toifalariga ajratgan holda yondashish taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha 2024-yil biznes rejasida o‘z aksini topgan (“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki 2024-yil 14-avgustdagi № 04-16/23385-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023-yil birinchi yarim yillikda jami investisiya portfeli tarkibida yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarning ulushi 62,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil birinchi yarim yillikda ushbu ko‘rsatkichni 81,3 foizga, ya’ni 215 mlrd. so‘mga etkazish imkonini bergan;
O‘zbekistondagi tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar  bozori faoliyatini samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida tijorat banklari qimmatli qog‘ozlari ulushining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 2030-yilga mo‘ljallangan bank umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaliyotga joriy qilingan (“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki 2024-yil 14-avgustdagi № 04-16/23385-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi “Mikrokreditbank” ATBning uzoq muddatli istiqboldagi depozitlari hajmi hamda u bilan bog‘liq asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish hamda o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish