Yaqubova Yulduz Raimovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yo‘llari” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12–Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4571.
Ilmiy rahbar: Mirzanov Berdaq Joldasbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qo‘ziboev Behzod Hamidovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy va energiya resurslaridan oqilona foydalanib mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda aholi uchun mutanosib va xavfsiz bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya (QTE) manbalarining turlari, afzalliklarining klassifikatsiyasi takomillashtirilgan; 
mintaqalarda amalga oshirilayotgan qayta tiklanuvchi energiya loyihalarining real iqtisodiy samaradorligini quyosh nurlanishidagi tafovutlar hamda hududiy iqtisodiy rivojlanishdagi sinergetik ta’sirlariga ko‘ra hisoblash taklifi asoslangan; 
Xorazm viloyatida aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan QTE manbalaridan foydalanishda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantiruvchi dastaklari taklif etilgan; 
Xorazm viloyatida barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga aktiv va passiv omillarning ta’siridagi “drayverlar”larni aniqlash asosida “Suv-energetika-oziq-ovqat-turizm” ekotizimini strategik boshqarish taklifi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
tabiiy va energiya resurslaridan oqilona foydalanib mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda aholi uchun mutanosib va xavfsiz bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya (QTE) manbalarining turlari, afzalliklarining klassifikatsiyasi bo‘yicha taklif mintaqada energetika samaradorligini oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi 2025-yil 19-fevral 07-04-09/1736-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududning iqtisodiy, ijtimoiy, va hamkorlik tizimlari o‘tasida uyg‘un muvozanatni ta’minlashga qaratilgan aholi uchun mutanosib va xavfsiz bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyalar bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
mintaqadlarda amalga oshirilayotgan qayta tiklanuvchi energiya loyihalarining real iqtisodiy samaradorligini quyosh nurlanishidagi tafovutlar hamda hududiy iqtisodiy rivojlanishdagi sinergetik ta’sirlariga ko‘ra hisoblash taklifi mintaqada energetika samaradorligini oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishda foydalanilgan  (Xorazm viloyati hokimligi 2025-yil 19-fevral 07-04-09/1736 - son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida viloyatda qata tiklanuvchi energiya loyihalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarning uzoq muddatli istiqboldagi strategik samaralarini aniqlash imkonini bergan.
Xorazm viloyatida aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan QTE manbalaridan foydalanishda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantiruvchi dastaklari taklifi mintaqada energetika samaradorligini oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi 2025-yil 19-fevral 07-04-09/1736-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida viloyatda QTE manbalaridan aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan fotoelektrik stansiyalarni oʻrnatish quvvatlarini 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 16 foizga oshgan va mazkur loyixalar uchun investisiyalarni kengaytirish imkoniyati yaratilgan;
Xorazm viloyatida barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga  aktiv va passiv omillarning ta’siridagi “drayverlar”larni aniqlash asosida “Suv-energetika-oziq-ovqat-turizm” ekotizimini strategik boshqarish taklifi mintaqada energetika samaradorligini oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi 2025-yil 19-fevral 07-04-09/1736-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida viloyatda “yashil iqtisodiyotga” oʻtishning asosiy drayverlarini aniqlash imkoni yaratilib, istiqbolli strategik dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish