Ganiev Erpolat Jamilevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Toʻlov xizmatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Yu534.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Paluaniyazov Xalmuxammed Aytjanovich – yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Madumarov Talantbek Tolibjonovich – yuridik fanlar doktori, professor; Xolboev Sobir Baratovich – yuridik fanlar nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘lov xizmatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, bank ustav kapitalining eng kam miqdori bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va lisenziya berish to‘g‘risidagi ariza beriladigan paytgacha bank muassislari tomonidan shakllantirilgan bo‘lishi lozimligi asoslangan;
to‘lovlar xavfsizligini ta’minlash zaruratidan hamda iste’molchilar huquqlari ustuvorligidan kelib chiqqan holda to‘lov hujjatining rekviziti sifatida indentifikatsiya raqamlari ko‘rsatilishi tizimi amal qilish zarurligi asoslantirilgan;
to‘lovlar amalga oshirilishini yanada soddalashtirish va aniqlashtirish maqsadida yuridik shaxslarning to‘lovchi sifatidagi identifikatsiya raqami uning soliq to‘lovchi sifatidagi, jismoniy shaxslarda esa shaxsiy identifikatsiya raqami hisoblanishi asoslangan;
to‘lov operatsiyalarini amalga oshirishda qo‘shimcha qulaylik yaratish uchun mijoz tomonidan tegishli to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari tegishli kartotekadan chaqirib olinishi mumkinligi asoslantirilgan;
ortiqcha byuroktatik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida mablag‘larni to‘lovchining tugatilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar muddatida to‘lanmagan to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraqdan chaqirib olinishiga olib kelishi mumkinligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan: 
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, bank ustav kapitalining eng kam miqdorini shakllantirishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 19-apreldagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida” O‘RQ-831-son Qonunining 1-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2024-yil 1-apreldagi 04/1-13-4-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif bank ustav kapitalini shakllantirishning aniq muddatini belgishlashga imkon yaratgan;
to‘lovlar xavfsizligini ta’minlash zaruratidan hamda iste’molchilar huquqlari ustuvorligidan kelib chiqqan holda to‘lov hujjatining rekvizitida identifikatsiya raqamlari tizimini joriy etish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 21-fevraldagi 2/8-son qaroriga ilova sifatida tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarnining 1-bandi o‘n uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki To‘lov tizimlari departamenti direktorining 2023-yil 29-avgustdagi 38-06/1108-son dalolatnomasi). Ushbu taklif to‘lov hujjatlari rekvizitlarini va uning ishonchliligini ta’minlashga xizmat qilgan;
to‘lovlar amalga oshirilishini yanada soddalashtirish va aniqlashtirish maqsadida yuridik shaxslarning to‘lov hujjatlarida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, jismoniy shaxslarda esa jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami to‘lov hujjatining rekviziti hisoblanishi lozimligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 21-fevraldagi 2/8-son qaroriga ilova O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarnining 1-bandi o‘n uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki To‘lov tizimlari departamenti direktorining 2023-yil 29-avgustdagi 38-06/1108-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi yuridik va jismoniy shaxslarning to‘lovchi sifatida to‘lov hujjatlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
to‘lov operatsiyalarini amalga oshirishda qo‘shimcha qulaylik yaratish uchun mijoz tomonidan taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomalari tegishli kartotekadan chaqirib olinishi mumkinligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 21-fevraldagi 2/8-son qaroriga ilova “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizomga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning 35-bandi beshinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki To‘lov tizimlari departamenti direktorining 2023-yil 29-agustdagi 38-06/1108-son dalolatnoma). Ushbu taklif mijoz tomonidan to‘lov topshiriqnomalarini taqdim etish majburiyat bajarilishi uchun asos sifatida tan olinishiga xizmat qilgan;
ortiqcha byuroktatik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida mablag‘larni to‘lovchining tugatilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar muddatida to‘lanmagan to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraqdan chaqirib olinishiga olib kelishi mumkinligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 21-fevraldagi 2/8-son qaroriga ilova “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizomga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning 35-bandi beshinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki To‘lov tizimlari departamenti direktorining 2023-yil 29-agustdagi 38-06/1108-son dalolatnomasi). Ushbu taklif muddatida to‘lanmagan to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraqdan to‘lovchining to‘lov topshiriqnomalarini chaqirib olish asosi bo‘lishi mumkinligini bilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish