Urazbaeva Ilmira Konisbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
       Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy kontrollingni shakllantirishning nazariy va uslubiy jihatlari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit ixtisosligi (iqtisodiyot fanlari).
       Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
       Ilmiy rahbar: Kurbanov Xayrilla Abdurasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
       Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
       IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvisora Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshquvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy kontrolling tizimini shakllantirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi  
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “moliyaviy kontrolling” tushunchasining iqtisodiy mazmuni aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ma’lumotlarini axborot va tahlil qilish asosida uning bozor qiymatini oshirishga va moliyaviy  qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan munosabatlar majmuiga iqtisodiy funksiyani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan va yuqori lavozimli xodimlar tomonidan to‘g‘ri strategik va tezkor qarorlar qabul qilishga qaratilgan korxonalarda alohida faoliyat sifatida yondashish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
«Nukus vino zavodi» aksiyadorlik jamiyatining ijobiy moliyaviy holatini ta’minlovchi moliyaviy kontrolling tizimini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar tarkibini: rentabellik (R = 0,26), to‘lovga qobiliyatlilik (TQ = 0,23), o‘z va qarz mablag‘lari nisbati barqarorligi (MB = 0,28), aksiyadorlik jamiyatining investision jozibadorligini oshirish (IJ = 0,23) o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash orqali takomillashtirish taklifi asoslangan; 
aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy kontrolling texnologiyalaridan foydalangan holda aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy siyosati hamda strategik va taktik qarorlar qabul qilish imkoniyatlarining moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini rejalashtirish va baholashda nazoratning yangi usullarini joriy etish orqali kengaytirish taklifi asoslangan; 
 aksiyadorlik jamiyatlariga moliyaviy kontrollingni joriy etish asosida moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining optimal intervaldan og‘ishi va undagi risk ko‘rsatkichlarining tahlili asosida 2026-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tartibga solishda moliyaviy kontrollingni shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida: 
uslubiy yondashuvga, “moliyaviy kontrolling” tushunchasining iqtisodiy mazmunini aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ma’lumotlarini axborot va tahlil qilish asosida uning bozor qiymatini oshirishga va moliyaviy  qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan munosabatlar majmuiga iqtisodiy funksiyani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan va yuqori lavozimli xodimlar tomonidan to‘g‘ri strategik va tezkor qarorlar qabul qilishga qaratilgan korxonalarda alohida faoliyat sifatida yondashish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy  materiallardan  oliy o‘quv yurtlarining 60410500 – “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” bakalavriat yo‘nalishi, 70410501 – “Moliya” magistratura mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan “Korporativ moliya” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan. Natijada ushbu qo‘llanma, mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi bilan  talabalarda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati, uning operatsiyalari, o‘z mablag‘lari salmog‘ini oshirib borishga rag‘batlantiruvchi moliyaviy kontrolling tizimini yo‘lga qo‘yish orqali uning faoliyatini tartibga solish bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
«Nukus vino zavodi» aksiyadorlik jamiyatining ijobiy moliyaviy holatini ta’minlovchi moliyaviy kontrolling tizimini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar tarkibini rentabellik (R = 0,26), to‘lovga qobiliyatlilik (TQ = 0,23), o‘z va qarz mablag‘lari nisbati barqarorligi (MB = 0,28), aksiyadorlik jamiyatining investision jozibadorligini oshirish (IJ = 0,23) o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash orqali takomillashtirish taklifidan “Nukus vino zavodi” aksiyadorlik jamiyatida moliyaviy kontrolling faoliyatini tartibga solish va iqtisodiy samaradorligini oshirishda foydalanilgan (“Nukus vino zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 15 avgustdagi 124-1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, “Nukus vino zavodi” AJ ishlab chiqarish faoliyatiga kreditlar va investisiyalarni jalb etishda moliyaviy kontrollingni qo‘llash imkoni yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy kontrolling texnologiyalaridan foydalangan holda aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy siyosati hamda strategik va taktik qarorlar qabul qilish imkoniyatlarining moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini rejalashtirish va baholashda nazoratning yangi usullarini joriy etish orqali kengaytirish taklifi iqtisodiyotning dinamik rivojlanishi sharoitida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tartibga solishda moliyaviy kontrolling tizimi asosida korxona faoliyatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Nukus vino zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 15-avgustdagi 124-1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, “Nukus vino zavodi” AJ faoliyatini tartibga solish va unga moliyaviy kontrolling tizimini joriy etish asosida uzoq muddatli istiqbol ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish hamda rivojlanishning asosiy parametrlariga muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan;
 aksiyadorlik jamiyatlariga moliyaviy kontrollingni joriy etish asosida moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining optimal intervaldan og‘ishi va undagi risk ko‘rsatkichlarining tahlili asosida 2026-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Nukus vino zavodi” AJ faoliyatini tartibga solishning moliyaviy  holatini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Nukus vino zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 15-avgustdagi 124-1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Nukus vino zavodi” AJ moliyaviy barqarorligi uzoq muddatli istiqbol ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish va rivojlanishning asosiy parametrlariga muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish