Abdunazarova Zaynab Almurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imitatsion modellar asosida ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (ona tili darslari misolida)” (ona tili) (pedagogika fanlari) 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2024.3.PhD/Ped4695
Ilmiy rahbar: Nurullaeva Shahlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasa) nomi, IK raqami: Termiz davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.07.2024.Ped.180.01  raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:  Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich - pedagogika fanlari doktori, professor,
Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich - pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning ijtimoiy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikka oid  ko‘nikmalar (muloqot jarayonini loyihalash, ijtimoiy refleksiya)ni rivojlantirishda obektiv va subektiv omillar ta’sir darajasining ustuvorligi o‘quvchilarning ijtimoiy munosabatlar tizimiga oid vitagenik tajribalarini tahlil qilish orqali aniqlashtirilgan
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik modeli mazmuni muloqot jarayonini loyihalash va ijtimoiy refleksiyani shakllantirishga xizmat qiluvchi imitatsion mashqlarni tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim ona tili darslarida o‘quv maqsadlarini identifikatsiyalash hamda “Imitatsion dastur”ning produktivligini ta’minlash orqali o‘quvchilarda ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning metodik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;  
boshlang‘ich ta’lim ona tili darslarida diagnostik metodikalarni modifikatsiyalash orqali o‘quvchilarda ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik modeli va faoliyat metodikasining samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida imitatsion modellardan foydalanib o‘quvchilar ijtimoiy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishi natijalari asosida: 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikka oid  ko‘nikmalar (muloqot jarayonini loyihalash, ijtimoiy refleksiya)ni rivojlantirishda obektiv va subektiv omillar ta’sir darajasining ustuvorligini o‘quvchilarning ijtimoiy munosabatlar tizimiga oid vitagenik tajribalarini tahlil qilish orqali aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Pedagoglik kasbiga kirish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i, №391213 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni shaxslararo munosabatlarga doir psixologik-pedagogik tajribalar bilan boyitilishiga erishilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik modeli mazmuni muloqot jarayonini loyihalash va ijtimoiy refleksiyani shakllantirishga xizmat qiluvchi imitatsion mashqlarni tatbiq etish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i, №391215 raqamli nashr guvohnomasi) Natijada, pedagogik ta’lim mazmuni ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga doir ilmiy va metodik tavsiyalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich ta’lim ona tili darslarida o‘quv maqsadlarini identifikatsiyalash hamda “Imitatsion dastur”ning produktivligini ta’minlash orqali o‘quvchilarda ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning metodik imkoniyatlarini aniqlashtirish, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim ona tili  darslarida diagnostik metodikalarni modifikatsiyalash orqali o‘quvchilarda ijtimoiy-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik modeli va faoliyat metodikasining samaradorligini oshirishga oid xulosalardan pedagogik eksperiment davomida foydalanilgan va samarador ekanligi aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 2-dekabrdagi 01/11-6-1047-son ma’lumotnomasi). Natijada, imitatsion paradigma asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy-kommunikativ kompetentligining rivojlantirilishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish