Akramova Damira Gulomjonovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Talabalarning kasbiy faoliyat havfsizligini ta’minlashga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (texnika oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3517.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik- qurilish instituti
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/08.05.2024.A.11.02
Rasmiy opponentlar: Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muslimov Sherzod Narzulla o‘g‘li pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy faoliyat havfsizligini ta’minlashga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy faoliyat havfsizligini ta’minlashga tayyorlash mazmuni shaxsiy, psixologik, faoliyat, muhit xavfsizligi imkoniyatlarini aniqlashtirish; ijtimoiy-psixologik, kompetensiyaviy, madaniy yondashuv va kasbiy faoliyat xavfzisligini rivojlantirish prinsiplarini o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarining kasbiy faoliyat xavfsizligiga tayyorlashning tashkiliy tizimi gumanitar va texnik bilimlarni funksional integratsiyalash, kasbiy faoliyat xavfsizligi bosqichlari (konvergensiya, adaptatsiya, sinergiya)ni takomillashtirish va “Engish strategiyasi” (xavfni engish, vaziyatni engish, xavfli kurash) imkoniyatlarini interaktiv ta’lim texnologiyalari (interaktiv imitatsion o‘yin “falokatlar” xavfi, sohalararo tadqiqotchilik loyihalari, diagnostik va mustaqil-refleksiv texnologiyalar, virtual texnologiyalar) vositasida optimallashtirilgan;
talabalarning kasbiy faoliyat havfsizligini ta’minlashga tayyorlash metodikasining tarkibiy-funksional modeli diagnostik-loyihalash, konstrukriv-amalga oshirish, refleksiv-tuzatish bosqichlarida talaba shaxsning kasbiy xavfsizlik invariantlari (o‘z-o‘zini nazorat, stresslarga chidamlilik, javobgarlikni his etish, muammolarni hal etish rejasini tuzish), kasbiy muhim xususiyatlar (vijdonlilik, hissiy barqarorlik, moslashuvchanlik), motivatsion xavfsiz kasbiy yo‘naltirilganlik (maqsadlilik, ishga yo‘naltirilganlik, o‘z-o‘zini takomillashtirish istagi, xavfsiz faoliyat motivatsiyasi) ni tarkib toptirish imkoniaytlari tizimlashtirilgan;
talabalarning kasbiy faoliyat havfsizligini ta’minlashga tayyorlash metodikasi mezonli ko‘rsatkichlari kritik vaziyatlar (xavfsiz, vaziyatli, xavfli), xavf darajalari (potensial, nominal, optimal) natijaviyligi va samaradorligini fragmentar, konstruktiv, ijodiy darajalarda faoliyatli yo‘naltirish dinamikasi orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning kasbiy faoliyat havfsizligini ta’minlashga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy faoliyat havfsizligini ta’minlashga tayyorlash mazmuni shaxsiy, psixologik, faoliyat, muhit xavfsizligi imkoniyatlarini aniqlashtirish; ijtimoiy-psixologik, kompetensiyaviy, madaniy yondashuv va kasbiy faoliyat xavfzisligini rivojlantirish prinsiplarini o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtrishga oid tavsiyalaridan “Hayot faoliyati xavfsizligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’limni rivojlantirish va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023 yil 9 oktyabrdagi 02/01-01-64-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar talabalarning xavfsiz kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini insonparvarlik yondashuvi asosida takomillashtirish hamda o‘quv mazmunini texnologik integratsiyalash mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarining xavfsiz kasbiy faoliyatga shaxsiy tayyorlashning tashkiliy tizimi gumanitar va texnik bilimlarni funksional integratsiyalash, kasbiy faoliyat xavfsizligi bosqichlari (konvergensiya, adaptatsiya, sinergiya)ni takomillashtirish va “Engish strategiyasi” (xavfni engish, vaziyatni engish, xavfli kurash) imkoniyatlarini interaktiv ta’lim texnologiyalari (interaktiv imitatsion o‘yin “falokatlar” xavfi, sohalararo tadqiqotchilik loyihalari, diagnostik va mustaqil-refleksiv texnologiyalar, virtual texnologiyalar) vositasida optimallashtirishga oid takliflar “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi 391-son buyrug‘i asosida berilgan 531610 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlarini orttirishga xizmat qilgan;
talabalarning kasbiy faoliyat havfsizligini ta’minlashga tayyorlash metodikasining tarkibiy-funksional modeli diagnostik-loyihalash, konstrukriv-amalga oshirish, refleksiv-tuzatish bosqichlarida talaba shaxsning kasbiy xavfsizlik invariantlari (o‘z-o‘zini nazorat, stresslarga chidamlilik, javobgarlikni his etish, muammolarni hal etish rejasini tuzish), kasbiy muhim xususiyatlar (vijdonlilik, hissiy barqarorlik, moslashuvchanlik), motivatsion xavfsiz kasbiy yo‘naltirilganlik (maqsadlilik, ishga yo‘naltirilganlik, o‘z-o‘zini takomillashtirish istagi, xavfsiz faoliyat motivatsiyasi) ni tarkib toptirish imkoniaytlarini tizimlashtirishga oid xulosalardan “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 7-oktyabrdagi 02-07-4496/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy faoliyat xavfsizligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish imkoni oshirilgan.