Zufarov Asliddin Mirzabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Har xil turdagi anion stabilizatorlar bilan stabillashgan CdS kvant nuqtalarining sintezi va ularning fotokatalitik xossalarini o‘rganish», 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K763.
Ilmiy rahbar: Muxamadiev Nurali Qurbonalievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05. 
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Davron Jumazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xalilov Qadriddin Faxriddinovich, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: turli anion stabilizatorlari bilan barqarorlashtirilgan CdS kvant nuqtalari asosida fotokatalizatorlar sintezi, ularning barqarorligiga turli omillarning ta’sirini hamda fotokatalitik reaksiyaning borishini kinetik jihatdan baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tiol guruhi saqlagan stabilizatorlar ishtirokida CdS klasterlarining strukturaviy va elektron tabiati, barqarorligi, fotokatalitik samaradorligi kvant- kimyoviy jihatdan baholangan; 
CdS kvant nuqtalar zarrachalarining barqarorligi va optik-o‘lcham xossalariga eritma pH=12 ishqoriy muhitida, 85⁰C temperaturada hamda stabilizatorlar konsentratsiyasi 10-2÷10-3 mol/l, sintez davomiyligi 60÷90 daqiqa oralig‘ida o‘rganish asosida sintezning maqbul sharoitlari  aniqlangan;
CdS kolloid kvant nuqtasi yadrosining shakllanishida gidrofil stabilizatorlarning ta’siri natijasida zarrachaning o‘rtacha o‘lchami 2,3 nm dan 10 nm gacha bo‘lishi isbotlangan;
CdS kvant nuqtalarida stabilizator turiga qarab, yorug‘lik nurini yutilish maksimumi 370÷480 nm, fotolyuminessensiya maksimumi 500÷650 nm, kvant unumi esa  20÷80% ekanligi aniqlangan;
CdS kvant nuqtalari ishtirokida organik bo‘yoqlarning fotokatalitik parchalanish reaksiyalarining tezlik konstantalari hamda degradatsiya darajalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Har xil turdagi anion stabilizatorlar bilan stabillashgan cds kvant nuqtalarining sintezi va ularning fotokatalitik xossalarini o‘rganish boʻyicha olingan natijalar asosida: 
L-sistein bilan stabillashgan CdS kvant nuqtalari fotokatalizator sifatida MChJ “ATUSh MIHNAT TEXTILE ” xorijiy korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“ATUSh MIHNAT TEXTILE” xorijiy korxonasining 2025 yil 8 yanvardagi 08/01-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi suvlardagi organik moddalarni 99,95 % unum bilan fotokatalitik tozalash imkonini bergan; 
merkaptotsirka kislota bilan stabillashgan CdS kvant nuqtalari fotokatalizator sifatida MChJ “ATUSh MIHNAT TEXTILE” xorijiy korxonasida amaliyotga joriy etilgan (MChJ “ATUSh MIHNAT TEXTILE” xorijiy korxonasining 2025 yil 8 yanvardagi 08/01-02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chiqindi suvlarni organik moddalardan 60 daqiqada 85,44 % unum bilan fotokatalitik tozalash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish