Aminov Alijon Axtamovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi (molekulyar fizika fani misolida)”.
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).(pedagogika fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7402.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.FM.70.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Abduqahhor Gadoevich pedagogika fanlari doktori, professor. Axmedov Axad Axrorovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat (molekulyar fizika fani misolida).
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalari fizika ta’limi yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligi, amaliy bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish raqamli ta’lim texnologiyalarning emulyasion va simulyasion dasturiy vositalariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
molekulyar fizika fanini nazariy va amaliy mashg‘ulotlarida talabalarni kasbiy kompetentligi raqamli ta’lim texnologiyalariga asoslangan Web-sayt va mobil ilova algoritmi asosida fizik jarayonlarni modellashtirish mazmunan takomillashtirilgan;
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining molekulyar fizika fanidan kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi fizik masalalar va jarayonlarni sonli usullardan foydalanib matematik modellashtirish usulidan foydalanib o‘quv materiallarini o‘zaro integrasiyalash asosida takomillashtirilgan;
molekulyar fizika fanidan kasbiy kompetentligini rivojlantirishning takomillashtirilgan modeli motivasion, kognitiv, qisman izlanuvchilik va faoliyatli mezonlari raqamli ta’lim texnologiyalarga asoslangan web-sayt va mobil ilovalarga ustuvorlik berish metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari asosida raqamli ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda, fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi (molekulyar fizika fani misolida) bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fizika ta’lim yo‘nalishi talabalariga Molekulyar fizika fani mavzularini o‘qitishda va kasbiy kompetentligini rivojlantirishda o‘qitish shakli, tamoyillari, tatbiq etish holati, loyihalash bosqichlari (tahlil qilish, integrativlik, kompetensiyaviylik, ijodiy)ga doir taklif hamda tavsiyalardan “Umumiy fizika, 1-qism” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 21 oktyabrdagi 556-sonli buyrug‘i, 556-37 raqamli guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida Molekulyar fizika fanini o‘qitish samaradorligiga erishilgan.
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga mo‘ljallangan modeli tashkiliy-tuzilmaviy blok komponentlari, yangi ma’lumotlarni topish, tajribalarni tekshirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib rivojlantirish metodikasi, baholash natijalari blogi sinxron aloqadoligiga doir taklif va tavsiyalar “Umumiy fizika 2-qism” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6 noyabrdagi 491-sonli buyrug‘i, 491230 raqamli guvohnomasi). Natijada, fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi shakillanib borgan.
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining Molekulyar fizika fanidan kasbiy kompetentligini rivojlantirish mezonlari mavzularga mos innovatsion texnologiayalarni tasniflash, zamonaviy o‘quv materiallarni fan modullariga variativ qo‘llash imkoniyatlariga doir taklif va tavsiyalar “AIF1/4 “Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish (2020-2023 yy.)” mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2023-yil 12-dekabrdagi 03-2771-2759 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassalari fizika ta’lim yo‘nalishi talabalarining Molekulyar fizika fanidan kasbiy kompetentligini rivojlantirishga erishilgan. 
Tadqiqot ishi bo‘yicha “Molekulyar fizika” fanini o‘qitish uchun web sayt va mobil ilova ishlab chiqilgan. Natijada oliy ta’lim muassasalarida “Molekulyar fizika” fani bo‘yicha talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga erishilganligi haqida Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktorining 2023-yil 23-noyabrdagi 02/01-01-173 sonli ma’lumotnomasida ko‘rsatib o‘tilgan. Hamda tadqiqot ishi bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari Buxoro davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti, Termiz davlat universitetlarining tegishli ma’lumotnomalari bilan tasdiqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish