Maxamadxo‘jaeva Munisaxon Ne’matxo‘jaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Raqamli aktivlar va virtual mulkni moddiy va kollizion-huquqiy tartibga solish” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1232.
Ilmiy rahbar: Rustambekov Islombek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Axtam Nusratilloevich, yuridik fanlar doktori, professor v.b.; Muxitdinov Jaxongir Faxriddin o‘g‘li, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida va transchegaraviy darajada raqamli aktivlar va virtual mol-mulkni moddiy va kollizion-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalalarini ochib berib, ular bo‘yicha xulosalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborotlashtirish obekti turli darajadagi va maqsadlardagi axborot tizimlari, telekommunikatsiyalar tarmoqlari, axborotni qayta ishlashning texnik vositalari, ushbu vositalar o'rnatilgan va foydalaniladigan xonalar, kiber makon esa axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhit ekanligi isbotlandi;
kripto aktiv - bu mulk huquqi, bu taqsimlangan ma’lumotlar reestridagi raqamli yozuvlar to'plami bo‘lib, u qiymat va egasiga ega ekanligi isbotlandi;
kripto aktivining egasi emitent tomonidan chiqarilgan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan kripto aktivlariga egalik qilish huquqini olgan yuridik yoki jismoniy shaxs ekanligi isbotlandi;
kripto depozitariy o‘z faoliyatini elektron shaklda kripto depozitariyining elektron platformasi va (yoki) texnik va dasturiy vositalar to‘plami orqali amalga oshirishi haqida zarurligi isbotlandi;
kripto aktivlar egalarining huquq va majburiyatlari asoslanadi, xususan, kripto aktivining egasi shartnomada belgilangan miqdorda kripto aktivlarini tasarruf etish, foyda olish yoki boshqa imtiyozlarga ega ekanligi isbotlangan;
mayningni amalga oshirish jarayonida olingan kripto - aktivlar O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziyaga ega bo‘lgan kripto-birjalarda odob-axloq bilan sotilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot ishi bo’yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
Raqamli aktivlar va virtual mulkni moddiy va kollizion-huquqiy tartibga solishni o‘rganish asosida:
axborotlashtirish obekti turli darajadagi va maqsadlardagi axborot tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotni qayta ishlashning texnik vositalari, ushbu vositalar o‘rnatilgan va foydalaniladigan xonalar degan taklif O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 19-martdagi 0216-09-48-sonli ma’lumotnomasi) aks etgan. Ushbu taklif axborotlashtirish tushunchasini aniqlashga, axborotlashtirish obektlarining turlarini ajratishga xizmat qildi;
kiber makon-bu axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhit degan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonuni 3-moddasining to‘rtinchi xatboshida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 19-martdagi 0216-09-48-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif kiber makon tushunchasini aniqlashga, ushbu muhitning virtual xususiyatini ta’kidlashga xizmat qilgan;
kripto aktiv - bu taqsimlangan ma’lumotlar reestridagi qiymat va egasiga ega bo'lgan raqamli yozuvlar majmui bo‘lgan mulkiy huquq, degan taklif O‘zbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar Milliy agentligi direktorining 2022-yil 14-iyuldagi №32–son buyrug‘i bilan tasdiqlangan kripto aktivlari aylanmasi sohasidagi xizmat ko'rsatuvchi provayderlar faoliyatini lisenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 1-bandining huquqiy ekspertizasida qo‘llanilgan, ro‘yxat raqami №3380 (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 27-dekabrdagi №9/1-5/1298-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif kripto aktivini mulk huquqi sifatida aniqlashga xizmat qildi, uning maqomini fuqarolik huquqlari obekti sifatida aniqlab berdi;
kripto aktivining egasi degan taklif – emitent tomonidan chiqarilgan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kripto-aktivlarga egalik qilish huquqini olgan ushbu yuridik yoki jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar Milliy agentligi direktorining 2022-yil 24-noyabrdagi № 61-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 1-bandining huquqiy ekspertizasida ishlatilgan, ro‘yxat raqami № 3397 (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 27-dekabrdagi 9/1-5/1298-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif kripto-aktiv egasining huquqiy maqomini mustahkamlash uchun xizmat qilgan;
kripto-depozitariy o‘z faoliyatini elektron shaklda kripto - depozitariyning elektron platformasi va (yoki) texnik va dasturiy vositalar majmui orqali amalga oshirishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublika istiqbolli loyihalar Milliy agentligi direktorining 2022-yil 24-noyabrdagi № 61-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro'yxatdan o‘tkazish va muomalaga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 3-bandining huquqiy ekspertizasida qo‘llanilgan, ro‘yxatga olish № 3397 (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 27-dekabrdagi №9/1-5/1298-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif kripto depozitariylari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga xizmat qildi, kripto depozitariylarini boshqa depozitariylardan ajratishga yordam berdi;
kripto aktivining egasi shartnomada belgilangan miqdorda kripto aktivlarini tasarruf etish, foyda olish yoki boshqa imtiyozlarga ega bo‘lish huquqiga ega degan taklif O‘zbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar Milliy agentligi direktorining 2022-yil
24-noyabrdagi № 61-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 31-bandining huquqiy ekspertizasida qo‘llanilgan, ro‘yxat raqami №3397 (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 27-dekabrdagi №9/1-5/1298-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif kripto-aktiv egasining vakolatlarining fuqarolik-huquqiy xususiyatini belgilab berdi;
mayningni amalga oshirish jarayonida olingan kripto-aktivlar O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziyaga ega bo‘lgan kripto-birjalarda maynerlar tomonidan sotilishi kerakligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar Milliy agentligi direktorining 2023-yil 20-sentyabrdagi 68-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan mayning bo‘yicha faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 10-bandining huquqiy ekspertizasida qo‘llanildi, ro‘yxat raqami № 3461 (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 27-dekabrdagi №9/1-5/1298-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif kripto aktivlarini sotish xususiyatlarini ularning aylanishiga lisenziya talablarini hisobga olgan holda aniqlashga imkon berdi.