Abduvahobov Doston Abdumannop o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich professional ta’lim muassasalari matematika ta’limida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantiruvchi metodik tizimini takomillashtirish, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4448.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Akmalov Abbos Akramovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Saidova Mohinur Jonpo‘latovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ergashov Jamshid Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti/
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich professional ta’lim muassasalari matematika ta’limida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantiruvchi metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasb-hunar maktablarida matematikani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning metodik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganilgan holda kasbiga yo‘naltirib o‘qitishda fanlararo aloqadorlikka asoslanish va dars jarayonlarini tashkil etishni takomillashtirish bosqichlari aniqlangan;
matematika darslarini tashkil etishda o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantiruvchi o‘quv elementlari (maqsad, mazmun, metod, shakl va vositalar)ning xususiyatlariga mos ravishda takomillashtirilgan;
matematika darslarida nazariy ma’lumotlarni, qonun va qoidalarni o‘rganishda, bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilishda asosiy o‘rinda turuvchi masalalarning kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatiga e’tibor qaratilib, kasbiy mazmunli masalalar va kasbiy kompetensiyaviy masalalar tushunchalari alohida ajratilgan va metodik xususiyatlari ishlab chiqilgan.
takomillashtirilgan metodik tizimga asoslangan dars jarayonlarini tashkil etish orqali o‘quvchilarning matematik va kasbiy kompetensiyalarini shakllanganlik darajalari qiyosiy, tahliliy va ijodiy mezonlar asosida natijalari aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich professional ta’lim muassasalari matematika ta’limida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantiruvchi metodik tizimini takomillashtirish mavzusidagi ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
kasb-hunar maktablarida matematikani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning metodik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganilgan holda kasbiga yo‘naltirib o‘qitishda fanlararo aloqadorlikka asoslanish va dars jarayonlarini tashkil etishni takomillashtirish bosqichlarini aniqlashga oid tavsiyalar “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining matematik kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq qilish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7567/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, kasb-hunar maktablari o‘quvchilari egallashi lozim bo‘lgan kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv materiallarini tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha metodik xususiyatlarini aniqlashtirishga erishilgan;
matematika darslarini tashkil etishda o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantiruvchi o‘quv elementlari (maqsad, mazmun, metod, shakl va vositalar)ning xususiyatlariga mos ravishda takomillashtirilgan, nazariy jihatdan tayyorlangan takliflar “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining matematik kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq qilish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7567/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, kasb-hunar maktablarida o‘quvchilarning matematika ta’limi jarayonida kasbiy kompetensiyalarini shakllantiruvchi usul va vositalarini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
matematika darslarida nazariy ma’lumotlarni, qonun va qoidalarni o‘rganishda, bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilishda asosiy o‘rinda turuvchi masalalarning kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatiga e’tibor qaratilib, kasbiy mazmunli masalalar va kasbiy kompetensiyaviy masalalar tushunchalari alohida ajratilgan va metodik xususiyatlari ishlab chiqilgan tavsiyalar “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining matematik kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq qilish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7567/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, kasb-hunar maktablarida matematika ta’limi jarayonida masalalarning kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatlarini aniqlash va metodik xususiyatlarini ishlab chiqish samaradorligi oshgan;
takomillashtirilgan metodik tizimga asoslangan dars jarayonlarini tashkil etish orqali o‘quvchilarning matematik va kasbiy kompetensiyalarini shakllanganlik darajalari qiyosiy, tahliliy va ijodiy mezonlar asosida natijalari aniqlashtirishga oid xulosalar “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining matematik kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq qilish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-05-7567/04 raqamli ma’lumotnomasi).. Natijada, ishlab chiqilgan metodik tizimning samaradorligini tekshirish uchun tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, o‘tkazish hamda o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijasining tahlillariga ko‘ra o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishga erishilgan.