Bekmirzaev Shuxratjon Bekmirza o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik hajmli seyalkaning g‘altakli ekish apparatini takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4494.
  Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Normirzaev Abduqayum Raximberdievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xudoyarov Anvarjon Nazirjonovich, texnika fanlari doktori, professor,  Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi makkajo‘xori va dukkakli urug‘larni agrotexnik talablarga mos ekish sifatini oshirish  uchun kichik hajmli seyalkaning g‘altakli ekish apparatini takomillashtirish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kichik hajmli seyalkaning mexanik ekish apparati g‘altagidagi urug‘ uyasining kengligi, uzunligi va chuqurligini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar urug‘larning shakli va o‘lchamlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan; 
kichik hajmli seyalkaning mexanik ekish apparatini g‘altagi uyasidan chiqgan urug‘ning absolyut tezligini va ko‘chishini aniqlash imkonini beradigan analitik ifoda oqimdagi urug‘ harakatiga qarshilik koeffisientini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan hamda ularni vaqtga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan; 
ekiladigan urug‘larni mexanik ekish apparatidan chiqib tuproqqa tushish vaqti, balandligi va yo‘lini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar havoning qarshiligi, urug‘ning midel kesim yuzasi, uchish burchagi va boshlang‘ich tezligini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan; 
kichik hajmli seyalkaning mexanik ekish apparati g‘altagining aylanishlar soni, g‘altakdagi urug‘ uyalari soni, qaytargich va g‘altak orasidagi masofa hamda harakat tezligining maqbul qiymatlari unga qo‘yilgan agrotexnik talablarni sifatli bajarilishini ta’minlash shartlaridan kelib chiqqan holda, tajribalarni matematik rejalashtirish usulida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik hajmli seyalkaning g‘altakli ekish apparatini takomillashtirish va parametrlarini asoslash mavzusida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
mexanik ekish apparati bilan jihozlangan kichik hajmli seyalkaning tajriba nusxasini ishlab chiqish uchun konstruktorlik xujjatlari (texnik topshiriq va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2024-yil 7-avgustdagi 05/04-04-370-son ma’lumotnoma). Natijada, g‘altakli ekish apparati bilan jihozlangan makkajo‘xori va dukkakli urug‘larni ekadigan kichik hajmli seyalkaning tajriba nusxasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
g‘altakli mexanik ekish apparati bilan jihozlangan kichik hajmli seyalka Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Zumrad-Ibrat” fermer xo‘jaligi va Uychi tumanidagi “Gulzora-Rustamjon” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2024-yil 7-avgustdagi  05/04-04-370-son ma’lumotnoma). Natijada, kichik hajmli seyalka qo‘llanilganda mavjud ekish seyalkalariga nisbatan urug‘ sarfini 20-30 foizga kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish