Pirmatov Barkamoljon Gayratjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Professional ta’lim jarayonida o‘qitishning innovatsion vositalaridan foydalanish metodikasi” 13.00.05–“Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7283
Ilmiy rahbar: Musaev Jahongir Payozovich — pedagogika fanlar doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Beknazarova Saida Safibullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Professional ta’lim jarayonida o‘qitishning innovatsion vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida innovatsion ta’lim vositalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari axborot, didaktik, motivatsion, nazorat funksiyalarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim jarayonida smart-texnologiyalardan foydalanishning didaktik modeli maqsadli, tarkibiy, protsessual, refleksiv komponentlar mazmunini interaktivlik, multimedialik, tasviriylik, onglilik va ijodiy faollik tamoyillariga ko‘ra ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida innovatsion ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasi SMART Notebook dasturiy ta’minoti va interaktiv SMART Lab laboratoriyasini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim jarayonida innovatsion ta’lim vositalaridan foydalanish samaradorligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari o‘quvchining o‘zlashtirishini SMART Response tizimida nazorat qilish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Professional ta’lim jarayonida innovatsion ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida innovatsion ta’lim vositalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlariga oid taklif va tavsiyalaridan asosida professional ta’lim jarayonida innovatsion ta’lim vositalaridan foydalanishning metodik ta’minoti yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 11-dekabrdagi 02/01-01-138-sonli ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
professional ta’lim jarayonida smart-texnologiyalardan foydalanishning didaktik modelini takomillashtirishga oid takliflari asosida maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida innovatsion ta’lim vositalaridan foydalanish texnologiyasi yaratilgan va o‘quv jarayonida qo‘llanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 11-dekabrdagi 02/01-01-138-sonli ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilgan;
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida innovatsion ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasiga oid takliflari asosida “Professional ta’lim jarayonida innovatsion ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlangan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 11-dekabrdagi 02/01-01-138-sonli ma’lumotnomasi). Natijada professional ta’lim muassasalarida o‘qitish metodikasi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.