Murodxo‘jaeva Komola Botirxo‘ja qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yangi tarkibli maxsus kiyimbop to‘qimalarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish”, 05.06.02 - “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam  B2025.1.PhD/T5206 
Ilmiy rahbar: Sadikova Naima Raxmatovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Matismailov Sayfulla Lalashbaevich,  texnika fanlari doktori, professor; Doniyorov Bektosh Baxodirovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi xomashyodan yangi kiyimbop maxsus to‘qimalarni olish texnologiyasini takomillashtirish va ularni to‘quv dastgohlarida hosil bo‘lish jarayonini muqobillashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tanda iplarini ohorlash jarayoni o‘rniga ilk marotaba emulsiyalashni kiritish asosida ikkilamchi xomashyodan maxsus kiyimbop to‘qimalarni olish texnologiyasi takomillashtirilgan; 
tanda va arqoq iplari orasidagi masofani kamayishini inobatga oluvchi koeffisientlarni kiritish hisobiga berilgan sirt zichligi bo‘yicha to‘qimani loyihalash usuli taranglik kuchlari ta’sirini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
yaratilgan maxsus kiyimbop to‘qimalarining texnologik ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlarini kompleks baholash yordamida xomashyo tarkibining ta’sir darajasi  aniqlangan;
ikkilamchi xomashyo tarkibli maxsus kiyimbop to‘qimani to‘quv dastgohida shakllanish texnologik omillarini yangi muqobil qiymatlari qurilgan regression modellar asosida ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yangi tarkibli maxsus to‘qimani yaratish va uni to‘quv dastgohida hosil bo‘lish jarayonini muqobillash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: 
yangi maxsus to‘qimlarni ishlab chiqarishning muqobil texnolgik parametrlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “ShAMS” XK va “MITTI”XK ishlab chiqarish korxonalarida tadbiq etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 10-yanvar №03/25-69 son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimaning ishqalanishga chidamliligi 17,4 %, arqoq bo‘yicha uzilish kuchi 26,5%, tanda bo‘yicha uzilish kuchi 8,7% oshishiga erishilgan hamda  kiyimbop maxsus matolar assortimentini kengaytirish va yangi assortimentdagi to‘qima matolarini ishlab chiqarish uchun ikkilamchi xomashyo foydalanish hisobiga ishlab shiqarilayotgan quruvchilar uchun maxsus kiyimbop to‘qimalar tannarxini 58,5% ga pasaytirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish