O‘ralov G‘aybulla Aliqulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo vohasida tarixiy-madaniy meros obektlaring turizm salohiyatini oshirish masalalari: muammo va echimlar (1991-2023 yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.1.PhD/Tar.1338 
Ilmiy rahbar: Xasanov Akram Mo‘minovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, Nabi Xushvaqov Olimovich; arxitektura bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Melikulov G‘ayrat Abdug‘afforovich. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo vohasi tarixi-madaniy meros obektlarida turizm salohiyatini oshirishni ilmiy jihatdan tahlil etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Shahrisabz va Qarshi shaharlarining 2700 yilligi munosabati bilan vohadagi moddiy madaniy meros obeklarining qaytadan ta’mirlanishi tufayli ularni ziyorat qiluvchilar soni oshib, bu madaniy meros obektlari mahalliy aholi doimiy ravishda ziyorat uchun boradigan muqaddas qadamjolar, ruhiy poklanish hamda ma’naviy yuksalish maskanlariga aylangani, mazkur qadamjolarning tarbiyaviy – ma’naviy salohiyatini yanada oshirish orqali ichki turizm rivoj topa boshlagani dalillangan;
Qashqadaryo vohasi yirik muqaddas ziyoratgohlar Shahrisabz shahridagi Oqsaroy, Dorussiyodat, Doruttilovat, Mavlono Xo‘jagiy Imkanagiy, Kitob tumanidagi Hazrati Bashir, Qamashi tumanidagi Katta Langar, Qarshi shaxridagi Ko‘kgumbaz, Odina, Abu Ubayda ibn Jarroh, Qarshi tumanidagi Hazrati imom Mu’in, Kasbi tumanidagi Sulton Mirhaydar, Koson tumanidagi Chusam Shayx, Muborak tumanidagi Abdulloh ibn al-Muborak Marvaziy ziyoratgohlarida ziyorat turizmining salohiyati yuqori ekanligi, bu esa respublika madaniy-tarixiy turizm rivojlanishida katta ahamiyatga ega ekanligi asoslangan; 
Qashqadaryo viloyati madaniy meros obektlarida 2019-2021 yillarda Odina masjidi, Xo‘ja Shamsiddin Halvoniy maqbarasi, Qarshi qal’a darvozasi, Shahrisabz qal’a devori, Abdulazizxon madrasasi, Mahmud ibn Aminboy uyi, Xusam ota majmuasi, Kitob masjidi, Yodgor Valloma madrasasi, Pandiron masjidi, Mushkul ota maqbarasi, Xo‘ja Isparos masjidlarining loyiha – smeta ishlari tasdiqlanib, manzilli dasturga asosan mablag‘lar ajratilib, ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani, Qamashi tumanidagi “Langar ota” maqbarasi atroflarini va ziyoratgohga olib boruvchi yo‘llarda keng ko‘lamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi natijasida yurtimiz tarixi, madaniyatining xorijga ko‘rsatish orqali iqtisodiyot rivojiga katta hissa qo‘shayotgani isbotlangan; 
Qashqadaryo vohasidagi ziyoratgohlarning tarixiy-geografik joylashishi hudud ekologiyasi, millatning sog‘lom rivojlanishi yo‘llarini belgilab olish maqsadlariga xizmat qiluvchi, ekoturistik hamda davolovchi xususiyat sifatidagi Kitob tumani “Hazrati Bashir ziyoratgohi”, “Ne’matulloh Valiy ziyoratgohi”, “Oq suv ziyoratgohi”, Yakkabog‘ tumanidagi “Chillabuloq” kabi muqaddas ziyoratgohlarning xalqimiz ma’naviy hayotidagi rolini inkor etuvchi bir yoqlama mutaasiblik nuqtai nazaridan qarashlarga qarshi xolisona tarixiylik asosida xulosalar berilib, ularning o‘zlikni anglash, milliy mafkurani shakllantirish va turizmni rivojlantirishdagi roli dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo vohasidagi tarixiy-madaniy meros obektlarida turichtik salohiyatni oshirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Shahrisabz va Qarshi shaharlarining 2700 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyatidagi moddiy madaniy meros obektlarining qaytadan ta’mirlashnishi sabab ziyorat qiluvchilar soni oshib, muqaddas qadamjolar ruhiy poklanish, ma’naviy yuksalish maskaniga aylanganligi kabi ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ko‘rgazmalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 23 martdagi 02-10/854-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo vohasidagi mavjud qadamjo va ziyoratgohlar tarixi aks ettirilgan, voha moddiy madaniyati tarixiga bag‘ishlangan buklet va flayerlar xorijiy va mahalliy sayyohlarga vohaning me’morchilik va ziyorat turizmi, ziyorat odobi bo‘yicha xulosalar chiqarish imkonini bergan.
Qashqadaryo vohasi muqaddas ziyoratgohlar Shahrisabz shahridagi Oqsaroy, Dorussiyodat, Doruttilovat, Mavlono Xo‘jagiy Imkanagiy, Kitob tumanidagi Hazrati Bashir, Qamashi tumanidagi Katta Langar, Qarshi tumanidagi Hazrati imom Mu’in, Kasbi tumanidagi Sulton Mir Haydar kabi ziyoratgohlarda madaniy-tarixiy turizmni rivojlantirish katta ahamiyatga ega ekanligi haqidagi tarixiy ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ko‘rgazmalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 23 martdagi 02-10/854-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeylarga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlarga Qashqadaryo vohasining qadamjo va ziyoratgohlari, arxeologik obektlari tarixini keng jamoatchilik va yoshlarga o‘rgatishda va targ‘ib etishda, shuningdek, viloyatda ziyorat turizmi salohiyatini oshirishga xizmat qilgan.
Qashqadaryo vohasidagi ziyoratgohlarning tarixiy-geografik joylanishi hudud ekologiyasi, millatning sog‘lom rivojlanishi yo‘llarini belgilab olish maqsadlariga xizmat qiluvchi ekoturistik hamda davolovchi xususiyatga ega ziyoratgohlar tarixi va ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil 3 apreldagi 02-31/-503-son ma’lumotnomasi). Natijada Kitob tumanidagi “Hazrati Bashir” ziyoratgohi, “Ne’matulloh Valiy” ziyoratgohi, “Oq suv” ziyoratgohi, Yakkabog‘ tumanidagi “Chillabuloq” kabi ziyoratgohlarning xalqimiz ma’naviy hayotidagi rolini inkor etuvchi bir yoqlama mutaassiblik nuqtai nazardan qarashlarga qarshi xolisona tarixiylik asosida xulosalar berilgan.
Qashqadaryo vohasidagi ziyoratgoh va qadamjolar (Abu Ubayda ibn al-Jarroh ziyortagohi, Hazrati Qusam shayx ota ziyoratgohi va boshqa) tarixiy madaniy meros obektlari tarixi va ziyorat turizmini vohada rivojlantirish omillari va ziyorat to‘g‘risidagi ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil 3 apreldagi 02-31/-503-son ma’lumotnomasi). Natijada Nasafiy, Naxshabiy, Keshiy nisbalari bilan mashhur bo‘lgan tasavvuf kabi islom ilmlarining rivojlanishida katta hissa qo‘shgan, hozirda ular mangu joylashgan manzil ziyorat va muqaddas qadamjo sifatida mahalliy aholi orasida foydalanib kelinayotgan shaxslarning ilmiy merosini tadqiq qilish, Qashqadaryo vohasi tarixini o‘rganish, turizm salohiyatini oshirish bilan bir qatorda, olimlarning islom ilmlari va madanyaitida tutgan o‘rnini aniqlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish