Sirojiddinova Yaxshigul Ismatillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Olovbardosh matoning sifat ko‘rsatkichlarini baholash uslubini takomillashtirish” 05.06.01 - “To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarish materialshunosligi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2024.3.PhD/T4912 
          Ilmiy rahbar: Xamraeva Sanovar Ataevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaxmedova Munisa Xakimdjanovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Axmedov Akmal Axmedovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta va xrizotil tola tarkibli matoning olovbardosh xususiyatini oshirishda iplarga emulsiyalashni qo‘llash va sifat ko‘rsatkichlarini baholash uslubini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
TP-2000 asbobining harakatlanuvchi gorelka saplosining diametri, isitish elementli panelini himoya stoli orasidagi masofa va issiqlik oqimi zichligi parametrlarini optimallashtirish asosida asbobda to‘qimachilik matolarining olovbardoshlilik xususiyatini aniqlash  uslubi takomillashtirilgan;
paxta va xrizotil tolalarini aralashtirish orqali yigirilgan iplar sirtini emulsiyalash yo‘li bilan hosil qilingan qoplam   evaziga matoda olovbardosh xususiyati  oshganligi aniqlangan;
o‘t o‘chiruvchi xodimlarning olovdan qutqaruv harakati tufayli maxsus kiyimning bukilishdan tiklanishi bosim kuchi, ishqalanish koeffisenti, tanda va arqoq yo‘nalishi bo‘yicha bukilish burchagiga bog‘liqligi hamda taqqosiy qiymatlar orasidagi farqning sezilarli bo‘lmaganligi matoning olov ta’sirida bukilgan joyinida o‘zini shaklini  yo‘qotmaganligi aniqlangan;
kiruvchi omillar ta’sirida emulsiyalangan paxta va xrizotil tola tarkibli iplardan olingan matoda olovbardoshlik xususiyati o‘zgarishining regression modellari kichik kvadratlar usulini qo‘llash orqali olingan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta va xrizotil xomashyo va turli tarkibli emulsiyalovchi moddalar asosida olingan matoning olovbardosh xususiyatini oshirish natijasida: 
paxta va xrizotil tola aralashmali, yuqori haroratga chidamli, olovbardosh mato uchun mo‘ljallangan ip olish usuli Toshkent shahar Shayhontoxur tumani “REAL TEX TOShKENT” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 10 sentyabrdagi №03/26-2451-son ma’lumotnomasi). Natijada, ipning olovbardoshlik xususiyatini 700°C gacha oshirishga erishilgan;
tabiiy aralash tolali olovbardosh matoning sifat ko‘rsatkichini baholashning takomillashtilgan uslubi Namangan shahri “MUShTARIY-Ai LTD” MChJ korxonasida AT-100-5M to‘quv dastgohida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 10 sentyabrdagi №03/26-2451-son ma’lumotnomasi). Natijada,  paxta va xrizotil tola tarkibli iplarni emulsiyalash orqali olingan matoning olovbardoshlilik xususiyatining 700°C haroratgacha aniqlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish