Sultanova Nodiraxon Burxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «”Umumiy Er bilimi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarda talabalarning kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (geografiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7901.
Ilmiy rahbar: Saparov Kalandar Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor .
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Eshquvvatov Bekzod Bekqulovich, geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent..
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Umumiy Er bilimi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni innovatsion texnologiyalar integratsiyasi asosida bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarini kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Umumiy Er bilimi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni loyihalashtirish jarayonida ilg‘or xorijiy tajribalarning metodologik tendensiyalari asosida talabalarni kasbga yo‘naltirib o‘qitish bilan bog‘liq innovatsion muhitini yaratish, geografiya ta’limi mazmunini intensiv tarzda kengaytirish, tayanch va fanga doir kompetensiyalar bilan integrativ, refleksiv aloqalarini ta’minlash, ierarxik tuzilishdagi mashqlar hamda interfaol ta’lim texnologiyalaridan adaptiv holda foydalanish barqarorligini diagnostikalash asosida aniqlashtirilgan;
“Umumiy Er bilimi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish davomida kompetensiyaviy yondashuvlarga asoslangan holda talabalarning innovatsion, kreativ fikrlashlariga imkon beradigan standart va nostandart topshiriqlar, kognitiv fikrlashning moslashuvchanligi kabi sifatlar bilan identivligini ta’minlash, fanlararo oʻzaro aloqadorlikni amaliy-funksional, refleksiv, korreksion integratsiyalash, oddiydan murakkablikka qarab bosqichli algoritmiga adaptativ omillarining o‘zaro bog‘liqligi asosida ishlab chiqilgan;
“Umumiy Er bilimi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarda bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining o‘quv-bilish va kasbiy faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari bilish motivatsiyasini ketma-ketligini ta’minlash, kreativ fikrlash elementlarini innovatsion faoliyatiga adaptiv va amaliy yo‘nalganlik didaktika tamoyil sifatida kiritish, kasbiy va shaxsiy kompetensiyalaridan noodatiy(kutilmagan) vaziyatlarda qo‘llay olishga qaratilgan innovatsion va raqamli axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy faoliyatini shakllantirishda “Umumiy Er bilimi” fanidan o‘zlashtirish darajalari, baholash mezonlari, mazmuni, o‘zaro bog‘liq jihatlarini belgilovchi kasbiy-pedagogik ko‘rsatkichlari motivatsion, tashkiliy va o‘quv metodik ta’minotini hamda mashg‘ulotlarni unifikatsiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Umumiy Er bilimi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarda talabalarning kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Umumiy Er bilimi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari va metodik xususiyatlari talabalarni kasbga yo‘naltirib o‘qitish bilan bog‘liq ilg‘or tajribalar asosida geografiya ta’limi mazmunini nazariy va amaliy jihatdan kengaytirish, fanga va kasbga yo‘naltirishga oid xusisuy ko‘nikmalar tayanch kompetensiyalar bilan integrativ qayta aloqasini ta’minlash, tabiiy-ilmiy savodxonlikka va kasbiy-shaxsiy tayyorgarlikka qo‘yilgan minimum talablarga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy Er bilimi” nomli o‘quv qo‘lanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531-son buyrug‘i asosida berilgan 531-316-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
Umumiy Er bilimidan amaliy mashg‘ulotlarni faoliyatli, pompetensiyaviy, innovatsion, kreativ fikrlashg imkon beradigan hamda ierarxik, izchillik, oddiydan murakkablikka o‘tish prinsiplari asosida topshiriqlar tizimini ishlab chiqishga oid tavsiyalar “Umumiy Er bilimi (amaliy mashg‘ulotlat) nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi 314-son buyrug‘i asosida berilgan 416565810541135068-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, amaliy mashg‘ulotlarda bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtiruvchi topshiriqlar tizimini ishlab chiqishga erishilgan;
“Umumiy Er bilimi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarda bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining o‘quv bilish faoliyatini faollashtirish va kasbiy faoliyatini rivojlantirish imkoniyatini beradigan faol va interfaol texnologiyalar asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Geografiya o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i asosida berilgan 418-009-raqamli nashr ruhsatnomasi). Natijada, talabalarning amaliy mashg‘ulotlarda o‘quv bilish faoliyatini va kasbiy faoliyatga tayyorlashning metodik tizimini takomillashtirish smaradorligi oshgan;
“Umumiy Er bilimi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish va tashxislash mazmuni ta’lim berish sifati, kognetiv soha, kommunikativ va motivatsion daraja, o‘z-o‘zini kasbiy-shaxsiy rivojlantirish, mustaqil fikrlash, modellashtirish mezonlarining o‘zaro bog‘liqligi asosida “Bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish modeli”ga oid takliflardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” (2017-2020-yy) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida yaratilgan didaktik materiallar mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 12 iyundagi 11-05-3298/04-sonli dalolatnoma). Natijada, “Umumiy Er bilimi”dan amaliy mashg‘ulotlarni kasbga yo‘naltirib o‘qitish imkoni yaratilgan;
“Umumiy Er bilimi” fanidan talabalarni kasbga yo‘naltirib o‘qitishning maxsus tanlab olingan pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, keys topshiriqlari, talabalar bilimini baholashning nostandart usullari, mahorat darslari, ta’limni tashkil etishning individual, kichik guruhlarda va yalpi o‘qitish shakllari integratsiyasiga asoslangan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish o‘quv-metodik ta’minotini yaratishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlari ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2022 yil 17 martdagi 06-31-608-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, geografiya ta’limining ommalashuvi va auditoriyasiniG kengayishiga xizmat qilgan.