Xasanov Abdushohid Abdurashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarni fanlararo aloqadorlik vositasida kasbiy faoliyatga tayyorlashning metodik tizimi”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped327.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Shodiev Rizamat Davranovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasb-hunar kollejlarida bo‘lajak kichik mutaxassislarni fanlararo aloqadorlik vositasida kasbiy faoliyatga tayyorlashning metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasb-hunar kollejlarida bank ishi tayyorlov yo‘nalishi o‘quv rejacidagi umumkasbiy va maxsus fanlarning ichki va tashqi aloqadorligini sinergetik yondashuv asosida chuqurlashtirish orqali o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik imkoniyatlari (motivatsion, kognitiv, refleksiv va tanqidiy baholash) kengaytirilgan;
bank ishi tayyorlov yo‘nalishlarida tashkil etiladigan o‘quv jarayonning pedagogik shart-sharoitlarini integrativ va loyihalashtirish asosida takomillashtirish orqali kasb-hunar kollejlarida bo‘lajak kichik mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishning tashkiliy-tuzilmaviy (mazmuniy, motivatsion, protsessual va natijaviy) modeli ishlab chiqilgan;
kasb-hunar kollejlari bank ishi tayyorlov yo‘nalishi o‘quv rejasining umumkasbiy va maxsus fanlarni fanlararo aloqadorlik vositasida o‘qitishda mavzulararo kesishuvchi (gorizontal va vertikal) integratsiyalar asosida bo‘lajak kichik mutaxassislarning kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasi takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning kasbiy kompetentlik sifat ko‘rsatkichlari (tahliliy-baholash, boshqarish va ijodiylik)ni shakllantirishga imkon beruvchi o‘quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqish orqali tayyorgarlik darajalarini mustaqil ravishda baholash mezonlari (axborotli, faoliyatli va novatorlik) takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarni fanlararo aloqadorlik vositasida kasbiy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bo‘yicha fanlararo aloqadorlik vositasida bo‘lajak kichik mutaxassislarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasiga oid bank ishi tayyorlov yo‘nalishi uchun “Ish joylarini kompyuterlashtirish” fanining o‘quv-uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan hamda amaliyotga tatbiq qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 dekabrdagi 89-03-4170-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodika iqtisod sohasi, bank ishi tayyorlov yo‘nalishi kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kasb-hunar kollejlarida bo‘lajak kichik mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishning tashkiliy-tuzilmaviy modeli asosida “Bank ishi”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Moliya”, “Sug‘urta ishi” tayyorlov yo‘nalishi o‘quvchilari uchun “Ish joylarini kompyuterlashtirish” fanining o‘quv-uslubiy ta’minoti mazmuniga singdirilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 dekabrdagi 89-03-4170-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv materiallari kasb-hunar kollejlarining iqtisod sohasi yo‘nalishlari o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarni fanlararo aloqadorlik vositasida kasbiy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirish asosida kasb-hunar kollejlarining “Bank ishi”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Moliya”, “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishi o‘quvchilari uchun “Ish joylarini kompyuterlashtirish” fanini fanlararo aloqadorlik vositasida o‘qitish bo‘yicha elektron va o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 dekabrdagi 89-03-4170-son ma’lumotnomasi). Mazkur elektron va o‘quv qo‘llanmalar kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilarini fanlararo aloqadorlik vositasi kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida kasbiy motivatsiyani shakllantirishga xizmat qilgan.