Abdullaev Baxodirjon Maxamadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy madaniyat elementlarini shakllantirish metodikasi” (Ixtisoslashtirilgan maktablar misolida),  13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (huquqiy ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped2710
Ilmiy rahbar: Qodirova Feruza Usmonovna,  pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Raximova Xurshida Sadikovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; Abdullaeva Nasibaxon Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Imkoniyati cheklangan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy madaniyat elementlarini shakllantirishning samarali usullarini aniqlash, texnologiyalarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy madaniyat elementlarini shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari huquqiy lug‘atni o‘rgatishga mo‘ljallangan prognostik-diagnostik ta’sir, maqsadga differensial yoʻnalganlik tamoyillarini “oila-mahalla-ta’lim-huquqiy targ‘ibot” hamkorlik strategiyasi mazmuniga daktil belgilar ustuvorligida singdirish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy madaniyatning shakllanganlik darajalarini baholash mezonlari  huquqiy ong, bilim,  kompetensiyalarning dinamik o‘sishini ta’minlovchi ijtimoiy keyslarni pedagogik ta’sirning  korreksiya bosqichiga adaptiv kiritish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari huquqiy madaniyatini shakllantirishda o‘zaro hamkorlik muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan interfaol metodlar o‘quv jarayonidagi kommunikativ , motivatsion faoliyat shakllarining integratsiyalashuviga ko‘ra takomillashtirilgan hamda matnni oldindan belgilangan parametrlarga joylashtirish asosida o‘quvchilarda tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan maqsadli mashqlar ishlab chiqilgan va metodik tavsiyalar yaratilgan.
huquqiy ta’lim  funksiyalari (ijtimoiy-psixologik, pedagogik, ma’naviy-ma’ri-fiy funksiyalari)ni huquqiy manfaatlarga mo‘ljal olishga tayyorlash algoritmiga yoʻnaltirilgan kasbga, ta’limga, shaxslararo munosabatlarga o‘rgatuvchi kompleks ta’sir (takomillashtiruvchi: hayotiy ko‘nikmalar, akademik tayanch kompetensiyalar; korreksion, tuzatuvchi, yumshatuvchi)ni blok-tuzilmalar bo‘yicha optimallashtirish asosida o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni shakllantirishning integrativ metodik modeli ishlab chiqilgan;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini shakllantirish texnologiyalari  huquqiy ta’lim va targ‘ibotning korreksion yo‘naltirilgan integrativ-klasterli topshiriqlarini o‘quvchilarning eshitish va nutqiy faoliyati monitoringi bo‘yicha optimallashtirish vositasida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy madaniyat elementlarini shakllantirish (kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar misolida) bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:    
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy madaniyat elementlarini shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari huquqiy lug‘atni o‘rgatishga mo‘ljallangan prognostik-diagnostik ta’sir, maqsadga differensial yoʻnalganlik tamoyillarini “oila-mahalla-ta’lim-huquqiy targ‘ibot” hamkorlik strategiyasi mazmuniga daktil belgilar ustuvorligida singdirishga oid tavsiyalar “Maxsus pedagogika asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan tasdiqlangan 68-774-raqamli guvohnoma). Natijada ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini shakllantirishning nazariy asoslariga oid ma’lumotlarni kadrlar tayyorlash tizimida qo‘llashga erishish imkoniyati yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy madaniyat elementlarining shakllanganlik darajalarini baholash mezonlari huquqiy ong, bilim,  kompetensiyalarning dinamik o‘sishini ta’minlovchi ijtimoiy keyslarni pedagogik ta’sirning  korreksiya bosqichiga adaptiv kiritishga doir takliflar “Pedagogik va psixologik korreksion ish tizimi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘iga asosan tasdiqlangan 94-541sonli guvohnoma). Natijada o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini shakllanti-rishda korreksion-pedagogik ta’sirning psixologik yo‘nalganligini ta’minlashga erishilgan;
o‘quvchilarda huquqiy madaniyat elementlarini shakllantirishning integrativ metodik modeli huquqiy ta’lim  funksiyalari (ijtimoiy-psixologik, pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy)ni huquqiy manfaatlarga mo‘ljal olishga tayyorlash algoritmiga yoʻnal-tirilgan kasbga, ta’limga, shaxslararo munosabatlarga o‘rgatuvchi kompleks ta’sir (takomillashtiruvchi: hayotiy ko‘nikmalar, akademik tayanch kompetensiyalar; korreksion: tuzatuvchi, yumshatuvchi)ni blok-tuzilmalar bo‘yicha optimallashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Milliy  teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradioka-nalida efirga uzatilgan “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompani-yasining  2022-yil 25-avgustdagi №04-36-1391-sonli ma’lumotnomasi). Natijada huquqiy madaniyatni shakllantirishga oid metodik tavsiyalarning keng joriy etilishiga sharoit yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish