Xudoyberdiev Rahmatillo Fozilliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlarni uzatish tizimlarida boshqaruv hisoblash vositalarining ishlash jarayonlarini baholash modellari va algoritmlari”, 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4868.
Ilmiy rahbar: Sadullaeva Shaxlo Azimbaevna, fizika matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01
Rasmiy opponentlar: Kabulov Anvar Vosilevich, texnika fanlari doktori, professor, Shukurov Kamoliddin Elbobo oʻgʻli, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Axborotlarni uzatish tizimlarida boshqaruv hisoblash vositalarining ishlash jarayonlarining vaqt xarakteristikalarini (o‘tkazuvchanlik qobiliyatini) baholashning modellari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- bir va ko‘p protsessorli boshqaruv hisoblash vositalarida dasturlarni ishlash jarayonlari, ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasiga asoslangan holda, bir va ko‘p tugunli bir chiziqli ko‘p fazali tizimlar shaklidagi analitik modellar ishlab chiqilgan;
- texnologik dasturlarning belgilangan va dinamik ustuvorliklarga ega turli tuzilmali boshqaruv hisoblash vositalari ishlash jarayonlarini imitatsion modellashtirish algoritmlari ishlab chiqilgan;
- axborot uzatish tizimini loyihalash bosqichida boshqaruv hisoblash vositalarini vaqt xarakteristikalarini baholash bosqichlarini o‘z ichiga olgan algoritm ishlab chiqilgan;
- axborotlarni uzatish tizimlarida boshqaruv hisoblash vositalarining ichki dasturiy ta’minoti samaradorligini baholash mezonlari va tamoyillari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan axborot uzatish tizimini loyihalash bosqichida boshqaruv hisoblash vositalarini tanlash va o‘tkazuvchanlik qobiliyatini baholash bosqichlarini o‘z ichiga olgan algoritm asosida:
Muborak gazni qayta ishlash zavodining 14-sonli sexining oltingugurtni tozalash bloklarining texnologik jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi, shuningdek Muborak neft va gaz qazib olish boshqarmasi “Alan” konida gazni kompleks tayyorlash qurilmalari uchun axborot uzatish tizimi tugunlarini loyihalash jarayonida BHVlarining real ishlash xususiyatini hisobga olgan holda qimmatbaho dala tajribalarini o‘tkazmasdan tanlashda ishlatilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 23-oktyabrdagi 33-8/7166-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish jarayonida, loyihalash vaqtini 20-30 foizga qisqartirish imkonini berdi;
ishlab chiqilgan analitik va imitatsion modellar, shuningdek, texnologik dasturlarning belgilangan va dinamik nisbiy ustuvorlikka ega boshqaruvchi hisoblash vositalarining turli tuzilmalari uchun statistik modellashtirish algoritmlari “Marcos soft” MChJda loyihalashtirilayotgan istiqbolli mahalliy ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarining hisoblash vositalari o‘tkazuvchanlik qobiliyatini baholash uchun foydalanilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 23-oktyabrdagi 33-8/7166-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, axborotlarni uzatish tizimidagi BHVlarining parametrlarini optimal tanlash, hamda loyihalash vaqtini 20% ga qisqartirish imkonini berdi, shuningdek, loyihalashtirilayotgan mahalliy axborotlarni uzatish tizimi ishlashining ishonchlilik darajasini 15-20% ga oshirdi.