Mengliev Faxriddin Valievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)”, “12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu778.
Ilmiy rahbar: Xujakulov Siyovush Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Adina Gulyamovna, yuridik fanlar doktori, professor; Ziyodullaev Muzaffar Ziyodullaevich, yuridik fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolar jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida o‘rtacha og‘ir, og‘ir tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganida (vafot etganida) Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablag‘lari hisobidan bir martalik nafaqa shaklida rag‘batlantirilishi lozimligi asoslangan;
jinoyat salmog‘i yuqori bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘inlariga tegishli viloyat hokimlarining qarorlariga asosan ichki ishlar, milliy gvardiya hamda prokuratura organlarining hududiy rahbarlarini biriktirish va ularga ushbu hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha aniq manzilli choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilanishi lozimligi asoslangan;
jinoyat sodir qilishga moyilligi bor og‘ir ahvoldagi shaxslar, ayniqsa, voyaga etmagan va yoshlarni vakolatli davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari va huquqni muhofaza qilish organlari vakillariga individual biriktirish zarurligi asoslangan;
hududlarda ijtimoiy profilaktika obektlarini aniq toifalarga ajratgan holda ular bilan amalga oshiriladigan ishlarni manzilli tarzda belgilash lozimligi asoslangan;
uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish va bunda huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga moyil bo‘lgan hamda jinoyat sodir etgan uyushmagan yoshlarning bandligini taʼminlash uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratish lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
fuqaro jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki vaqtida o‘rtacha og‘ir, og‘ir tan jarohati olgan (etkazilgan)da, shuningdek halok bo‘lganida (vafot etganida) huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ rahbarining taqdimnomasi asosida chiqarilgan idoralararo komissiya qaroriga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan rag‘batlantirilishi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 36-son qarori bilan Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni 178-band bilan to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kotibiyatining Axborot-tahlili va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 26-yanvardagi 12/1-1949-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtirok etgan fuqarolarning mahalliy byudjetlar mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ijtimoiy himoya qilishning huquqiy tartibini belgilashga xizmat qilgan;
jinoyat salmog‘i yuqori bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘inlariga ichki ishlar, milliy gvardiya hamda prokuratura organlarining rahbarlarini biriktirish haqidagi takliflardan Surxondaryo viloyat hokimining 2023-yil 14-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 13-sentyabrdagi 468/33-son qarorining ijrosi haqida”gi 486-8-0-Q/23-son qarorining 1 va 2-ilovalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat hokimligining 2023-yil 30-noyabrdagi 01/11-198-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi Surxondaryo viloyatining jinoyat salmog‘i yuqori bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jinoyat sodir qilishga moyilligi bor og‘ir ahvoldagi shaxslar, ayniqsa, voyaga etmagan va yoshlarni vakolatli davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillariga individual biriktirish lozimligi haqidagi taklifdan Surxondaryo viloyat hokimining 2023-yil 14-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 13-sentyabrdagi 468/33-son qarorining ijrosi haqida”gi 486-8-0-Q/23-son qarorining 1 va 2-ilovalarini ishlab chiqishda foyda¬lanilgan (Surxondaryo viloyat hokimligining 2023-yil 30-noyabrdagi 01/11-198-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi Surxondaryo viloyatida jinoyat sodir qilishga moyilligi bor og‘ir ahvoldagi shaxslar, ayniqsa, voyaga etmagan va yoshlar bilan huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasini samarali tashkil etish, bu borada ushbu toifadagi shaxslarni jamoatchilik tuzilmalari va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillariga individual biriktirish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organining rolini belgilash va mustahkamlashga xizmat qilgan;
ijtimoiy profilaktika obektlarini 16 ta alohida toifaga ajratgan holda ular bilan amalga oshiriladigan ishlarni manzilli tarzda belgilash lozimligi haqidagi taklifdan Surxondaryo viloyat hokimining 2023-yil 22-sentyabrdagi “Surxondaryo viloyati hududida kelgusida jinoyatlarni jilovlash va alohida toifadagi shaxslar bilan “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida hamkorlikdagi profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish to‘g‘risida”gi 434-8-0-Q/23-son qarorining 1 va 2-ilovalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat hokimligining 2023-yil 30-noyabrdagi 01/11-198-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi Surxondaryo viloyatida ijtimoiy profilaktika obektlariga nisbatan olib borilayotgan profilaktikaning ta’sirchanligini oshirish maqsadida profilaktik chora-tadbirlarni manzilli ishlab chiqish va amalga oshirilishini mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ta’minlanishiga yo‘naltirilgan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarning amaliyotga joriy etilishiga xizmat qilgan;
uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish va bunda huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga moyil bo‘lgan hamda jinoyat sodir etgan uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratish zarurligi haqidagi taklifdan Surxondaryo viloyat hokimining 2023-yil 22-sentyabrdagi “Surxondaryo viloyati hududida kelgusida jinoyatlarni jilovlash va alohida toifadagi shaxslar bilan “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida hamkorlikdagi profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish to‘g‘risida”gi 434-8-0-Q/23-son qarorining 1 va 2-ilovalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat hokimligining 2023-yil 30-noyabrdagi 01/11-198-son ma’lumotnomasi).  Ushbu taklifning joriy etilishi Surxondaryo viloyatida mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruvi va nazorati ostida huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga moyil bo‘lgan hamda jinoyat sodir etgan uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish