Meliqulov Bobir Murodullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda Millatlararo Munosabatlarning Rivojlanishi” (1991 – 2023 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tar.1567
Ilmiy rahbar: Indiaminova Shoira Amriddinovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari nomzodi, professor Bo‘riev Achil; tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xomitov Ravshan.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston sharoitida millatlararo munosabatlar tarixi mavzusini tarixiy tahlil qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston hududlarida tarixning barcha davrlarida etnik turli-tuman xalqlar va elatlar yashaganligi, ular o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning ildizlari qadimgi yo‘llar paydo bo‘lgan davrlardan boshlanganligi, ushbu aloqalar asosida diniy va dunyoviy bag‘rikenglik fazilatlari, g‘oyalari shakillanib borganligi dalillangan;
O‘zbekistonning geografik joylashuvi jihatdan Markaziy Osiyoda qulay makonda bo‘lganligi sababli mintaqa xalqlari ijtimoiy va madaniy jihatdan umumiy an’analarga ega bo‘lganligi bag‘rikenglik g‘oyalarining mintaqa xalqlari orasida yanada chuqurroq kirib borganligi ko‘rsatib berilgan;
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida millatlararo munosabatlarni tartibga solishda qonunchilik asoslarining mustahkamlanishi, tashkiliy choralarni hal etib barcha xalqlarning yashash kafolatini bergani millatlararo munosabatlarda ijobiy ta’sir qilgani asoslab berilgan;
O‘zbekiston rivojlanishining yangi bosqichida millatlararo bag‘rikenglik va totuvlik yanada dolzarb bo‘lib borayotganligi, ushbu munosabatlarni yanada mustahkamlash takliflari, ayniqsa yoshlarimiz tafakkurida millatlararo do‘stlik va hamjihatlikning konstruktiv ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarning rivojlanishini tadqiq etishga doir ilmiy natijalari asosida:
O‘zbekiston tarixida ko‘p millatli xalqlar o‘rtasidagi totuvlik hamda bag‘rikenglik munosabatlarining tarixiy tahliliga oid ilmiy yangiliklardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq keng foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 29-noyabrdagi № 02-22/1316-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Yangi O‘zekistonda millatlararo hamjihatlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targ‘ibot etishga xizmat qilgan.
O‘zbekistonning geografik joylashuvi, savdo yo‘llarining kesishgan joyi bo‘lishi, turli madaniyatlar va xalqlar o‘rtasida o‘zaro aloqalar o‘rnatilishiga zamin yaratganligiga oid taklif va tavsiyalarga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida nashr etilgan “O‘zbekiston-bag‘rikeng diyor” kitobalbomini tayyorlashda samarali foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 23-noyabrdagi № 02/535-son ma’lumotnomasi). Natijada millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilgan.
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida millatlararo munosabatlarni tartibga solish hamda millatlar o‘rtasidagi totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar tarixiy-strategik nuqtai nazardan dalillanganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2022-yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasining 6 bandida ko‘rsatilgan turkum tadbirlarni tashkil etish va yoshlar orasida turli madaniy va ilmiy mavzularda tanlovlar o‘tkazish kabi dasturlarni amalga oshirishda keng foydalanilgan. (“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashining 2023- yil 19-iyun 01-17/60 son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy tadqiqot ishi natijalarining ilmiy, amaliy hamda metodologik jihatlari, taklif va tavsiyalaridan partiya yo‘l xaritasining Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda ta’lim va tarbiya uyg‘unligiga erishish maqsadida o‘quv dasturlarini xorijiy tajriba asosida takomillashtirish kabi bandlarining ijrosini amalga oshirishda keng qo‘llanilgan.
Yangi O‘zbekiston sharoitida millatlararo munosabatlar va siyosiy islohotlar, ayniqsa, yoshlar tafakkurida ona Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirishda millatlararo do‘stlik va hamjihatlikning konstruktiv ahamiyati asoslab berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasida 2024-uil 8-aprel kuni efirga uzatilgan “O‘zbekiston - umumiy uyimiz”, “Biz birgamiz” dasturlari, shuningdek, tegishliliga ko‘ra “Taqdimot” ko‘rsatuvining navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. Natijada, millatlararo munosabatlarning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligining ijtimoiy-siyosiy ahamiyati yoritilgan.