Naimov Husniddin Nuriddin o’g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi landshaftlarining strukturasi, baholash va geoekologik vaziyati», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Gr233.
Ilmiy rahbar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Abdug‘aniev Olimjon Ismomiddinovich, geografiya fanlari doktori; Rafiqova Nodira A’zamovna, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi mintaqasini bir butun geotizim sifatida geoekologik vaziyatini baholash va barqaror rivojlanishi bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi mintaqasi landshaft xususiyatlari, geoekologik vaziyati, bioxilma-xillikning o‘zgarib borishi nuqtai nazardan o‘ziga xos alohida geotizim ekanligi asoslangan, o‘zaro taqqoslash va kartografik manbalar yaratish orqali boshqa hududlar landshaftlaridan tubdan farq qiluvchi belgilari hamda ichki tafovutlari aniqlangan;
 Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi mintaqasida landshaft transformatsiyasi erosti va erusti suvlarining ifloslanishi, tuproq va o‘simlik degredatsiyasi asosida uch bosqichga (1990, 2005, 2023-yillar) bo‘lib davrlashtirilgan  hamda geoekologik vaziyati baholangan;
 tog‘oldi landshaftlarining antropogen bosim va tabiiy geografik omillar ta’sirida o‘zgarishi natijasida vujudga kelgan landshaft-ekologik vaziyatdan kelib chiqib, Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi mintaqasi 4 ta geoekologik rayonga ajratilgan, har bir rayon geoekologik jihatdan tavsiflangan va rayonlashtirish kartasi yaratilgan;
 sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va kosmik suratlar asosida Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi mintaqasi landshaftlari, tabiiy geografik sharoiti va geoekologik vaziyati ArcGIS dasturi orqali yirik (1: 100 000) masshtabli landshaft va landshaftlar o‘zgarishini baholash, o‘simlik xaritasi va o‘simlik degredatsiyasi, tuproq xaritasi va tuproq degredatsiyasi, geoekologik xaritalari yaratilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi  landshaftlarining sutrukturasi, baholash va geoekologik vaziyatini tahlil qilish hamda geoekologik jihatdan rayonlashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi mintaqasi landshaft xususiyatlari, geoekologik vaziyati, bioxilma-xillikning o‘zgarib borishi nuqtai nazardan o‘ziga xos alohida geotizim ekanligining asoslari, o‘zaro taqqoslash va kartografik manbalar yaratish orqali boshqa hududlar landshaftlaridan tubdan farq qiluvchi belgilari hamda ichki tafovutlarining geografik oqibatlarini ifodalovchi ishlanmalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligining 2024 yil 25 sentyabrdagi 03-03/3-9383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi landshaftlarida vujudga kelgan noxush ekologik vaziyatlarni bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi mintaqasida landshaft transformatsiyasi erosti va erusti suvlarining ifloslanishi, tuproq va o‘simlik degredatsiyasi asosidagi davrlashtirishlari hamda geoekologik vaziyatining baholashlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligining 2024 yil  25 sentyabrdagi 03-03/3-9383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi hududlarida olib borilgan ilmiy  tadqiqot natijalari  asosida  qishloq xo‘jalik ekinlarini landshaft va tuproq tiplariga maqbul joylashtirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan;
tog‘oldi landshaftlarining antropogen bosim va tabiiy geografik omillar ta’sirida o‘zgarishi natijasida vujudga kelgan landshaft-ekologik vaziyatdan kelib chiqib, Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi mintaqasi 4 ta geoekologik rayonlarining rayonlashtirish xaritasi va ishlab chiqilgan chora-tadbirlardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligining  2024 yil 25-sentyabrdagi 03-03/3-9383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi mintaqasidagi geoekologik vaziyatni baholash va mavjud muammolarni tizimli ravishda oldini olish, transchegaraviy strategik dasturlar ishlab chiqish imkonini bergan;
sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi mintaqasi landshaftlari, tabiiy geografik sharoiti va geoekologik vaziyati ArcGIS dasturi orqali yaratilgan yirik (1: 100 000) masshtabli landshaft va landshaftlar o‘zgarishini baholash, o‘simlik va o‘simlik degredatsiyasi, tuproq va tuproq degredatsiyasi xaritalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligining  2024 yil  25 sentyabrdagi 03-03/3-9383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi mintaqasining o‘rganish noqulay hududlaridagi vaziyatini baholash, tahlil qilish va kuzatilayotgan jarayonlarga oid yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish