Otamirzaeva Moxigul Xakimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Shimoliy Farg‘ona daryo havzasi landshaftlarining antropogen transformatsiyasi va kartalashtirish», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Gr216.
Ilmiy rahbar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07. 
Rasmiy opponentlar: Rafikov Vahob Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor; Alimqulov Nusratulla Raxmonqulovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Osh davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoliy Farg‘ona daryo havzalari landshaftlarini bir butun tizim sifatida ajratish, ularning transformatsiyalashuvi va landshaft-ekologik vaziyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shimoliy Farg‘ona daryo havzalarining chegaralari Raqamli Balandlik Modeliga (DEM) ega masofadan zondlash (SRTM kosmik tasvirlari) asosida hamda landshaftlarning antropogen transformatsiya jarayonini tuproq qoplami va erdan foydalanish (Sentenel 2) kartalari orqali 2017-2023 yillardagi oʻzgarishlari aniqlangan;
Pochchaotasoy, G‘ovasoy, Kosonsoy daryo havzalarining 1: 600000 masshtabli landshaft transformatsiyalashuvi hamda 1: 300000 mashtabli seliteb va agrolandshaftlarga transformatsiyalangan fatsiyalari kartalari zamonaviy GIS dasturlaridan foydalangan holda yaratilgan;
Shimoliy Farg‘ona daryo havzalari landshaftlarining antropogen transformatsiyalashuvi natijasida tarkib topayotgan landshaft-ekologik vaziyat va daryo havzalarining ifloslanishi aniqlangan hamda ularning optimallashtirish yo‘l-yo‘riqlari ishlab chiqilgan;
Shimoliy Farg‘ona daryo havzalari yonbag‘irlari qiyaligiga ko‘ra 5 ta turga va 4 ta landshaft-ekologik rayonga ajratilgan hamda landshaft-ekologik jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shimoliy Farg‘ona daryo havzalari landshaftlarining antropogen transformatsiya va kartalashtirish boʻyicha olingan natijalar asosida: 
Shimoliy Farg‘ona daryo havzalarining suvayirgich chegaralari hamda landshaftlarning antropogen transformatsiyalashuvidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 28 noyabrdagi-03-03/3-11635-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, daryo havzalari landshaftlarining antropogen transformatsiyalashuvini aniqlash hamda hudud er va suv resurslarini muhofaza qilish rejalarini takomillashtirish imkonini bergan;
Shimoliy Farg‘ona daryo havzalarining 1: 600000 masshtabli landshaft transformatsiya kartalari hamda 1: 300000 mashtabli seliteb va agrolandshaftlarga transformatsiyalangan fatsiyalari kartasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 28 noyabrdagi-03-03/3-11635-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan fatsiyalar kartasi orqali daryo havzalari landshaftlarining oʻzgarganlik darajasini aniqlash imkonini bergan;
Shimoliy Farg‘ona daryo havzalari landshaftlarning antropogen transformatsiyasi asosida landshaft-ekologik vaziyatlarning vujudga kelishi, kollektor drenaj va chiqarib yuborilgan suvlarning daryo suvlariga qoʻshilishi, daryo suvlari ifloslanishini kamaytirishga daryo havzalarining qattiq qatlamli yuzalar bilan qoplanish darajasidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatida amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 28 noyabrdagi-03-03/3-11635-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, majmuali ifloslantiruvchi moddalar indexsi boʻyicha er usti suvlarining ifloslanish darajasini aniqlash va daryo havzalari hamda suvlari ifloslanishini kamaytirish yoʻl-yoʻriqlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Shimoliy Farg‘ona daryo havzalari landshaft-ekologik rayonlarga ajratilgan, landshaft-ekologik sharoiti baholangan, online platformalar (Copernicus EU, Earth Explorer, Google Earth, Google Maps) kosmik tasvirlari hamda ma’lumotlaridan foydalanilib Arc GIS kabi zamonaviy dasturlar imkoniyatlari asosida ishlab chiqilgan kartalar hamda daryo havzalarining tabiatini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatida foydalanish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 28 noyabrdagi-03-03/3-11635-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, daryo havzalari landshaft-ekologik rayonlarga ajratilib, har bir rayon tavsiflangan va landshaft-ekologik sharoitini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish